A s daminov, B. S. Salimov


Sinf: boshoyoqli mollyuskalar - Cep



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Sinf: boshoyoqli mollyuskalar - Cep
l
alopoda. 
Bosh  oyoqlilar  bilateral  simmetriyaga  ega  bo‘lgan  hayvonlardir.  Ularning 
tanalari bosh va gavda qismlariga bo‘linadi. Boshining oldingi qismida og‘iz oldi 
pardasi bilan  og‘iz teshigi, uning markazida halqasimon lab joylashgan. Og‘iz bir 
juft shoxli jag‘ bilan qurollangan. Bosh qismida yana 8 yoki 10 juft paypaslagichi, 
bir  juft  yirik  ko‘zlar  joylashgan.  Ko‘zlari  tuzilish  jihatdan  sut  emizuvchi 
hayvonlarning ko‘ziga yaqin turadi. Gavda qismi turli tuman shaklda bo‘ladi. Teri 
ostida  chig‘anoqning  rudimentlari  saqlanib  qolgan.  Osminog  (8  oyoq)  da  esa 
chig‘anoq  to‘liq  yo‘qolgan.  Mantiya  bo‘shlig‘i  tirqishsimon  teshik  shaklida 
tashqariga ochiladi. 


61 
 
 
 
 
31-rasm. Xar-xil turga oid bosh oyoqli moliiuskalar 
 
 
Himoya  organlariga  kuchli  taraqqiy  etgan  paypaslagichlar,  mantiya 
bo‘shlig‘iga  tutashgan  voronkasimon  organ  –  “chiqarish  cifoni”,  va  siyoh  xaltasi 
kiradi.  
Bosh  oyoqli  mollyuskalar  dengiz  hayvonlari  bo‘lib,  ba’zilarning  kattaligi  bir 
necha metrga etadi. Ko‘pchiligi oziq – ovqat sifatida ishlatiladi. Ularning siyoh bezlari 
ishlab chiqqan mahsulotdan rassomchilikda va to‘qimachilik sanoatida foydalanilgan.  
Osminog,  kalmar  va  karakatitsalar  bosh  oyoqli  mollyuskalarning  tipik 
vakillaridir. Kafedradagi ho‘l preparatlar yordamida yuqorida nomlari ko‘rsatilgan 
mollyuskalaning tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqing.  
 
NAZORAT  SAVOLLARI: 
 
1.
 
Mollyuskalar tipi qanday sinflarga bo‘linadi?  
2.
 
O‘zbekiston  sharoitida  qorinoyoqli  va  ikki  pallali  mollyuskalarning  qaysi 
avlodlari uchraydi?  
3.
 
Mollyuskalarni  dexqonchilik,  chorvachilik,  veterinariyadagi  foydali  va  zararli 
xususiyatlarini ta’riflang.  
4.
 
CHig‘anoqlarining shakli va tuzilishini aytib bering. 
5.
 
Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi boshqa sinflardan qanday ajralib turadi.  
 
 
Uyga  vazifa:  Bo‘g‘imoyoqlilar tipini o‘qib kelish. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə