A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 
 
 
 


62 
 
TIP: BO‘G‘IM OYOQLILAR – ARTHROPODA 
 
Bo‘g‘imoyoqlilar hayvonot dunyosida barcha umurtqasiz hayvonlar orasiga 
eng  yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  va  keng  tarqalgan  juda  yirik  tip  bo‘lib 
hisoblanadi.  Ular  er  yuzida  mavjud  bo‘lgan  hayvonlarning  2\3  qismidan 
ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Bu tip vakillari dengiz va okeanlarda chuchuk suvlarda, 
er  ostida,  quruqlikda  va  havoda  yashashga  moslashgan.  Bo‘g‘im  oyoqlilar  uchun 
xarakterli  belgilar  tanasini  xitinli  kutikula  bilan  qoplanganligi  hamda  tana 
qismlarini  bo‘g‘imlarga  bo‘linganligidadir.  Bo‘g‘imoyoqlilarning  tanasi  3  qism-
bosh,  ko‘krak  va  qorin  qismlarga    bo‘lingan.  Ba’zi  sistematik  guruhlarida  bosh 
qism ko‘krak qismi bilan birlashib ketgan. Talaygina turlarida tana yaxlit tuzilgan.  
Bo‘g‘imoyoqlilarda  nafas  olish  organlari  yaxshi  rivojlangan  bo‘lib  suvda 
yashaydigan  vakillari    jabralar,  quruqlikda  yashaydiganlari  esa  o‘pka  va  traxeya 
naychalari yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Nerv sistemasi va 
sezgi organlari kuchli rivojlangan. Deyarli barcha bo‘g‘imoyoqlilar ayrim jinsli.

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə