A s daminov, B. S. Salimov


Qoraqurt – Latrodectus tredeccimguttatus –



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Qoraqurt – Latrodectus tredeccimguttatus – 
zaharli o‘rgimchaklardan 
biridir. Uning chaqishi odam va qishloq xo‘jalik hayvonlarining hayoti uchun 
xavflidir ular asosan loy – botqoq yoki qo‘moq bo‘lgan dashtlarda, shuvoqli o‘tli 
joylarda, buz va haydalgan erli joylarda yashaydi. O‘zbekistonda Mirzacho‘l 
zonasida Jizzax viloyati  Zomin va G‘allaorol tumanlarida Samarqand, 
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida ko‘plab uchraydi. 


72 
 
 
 
38-rasm. Qoraqurtning umumiy ko’rinishi. 
 
Urg‘ochi  qoraqurtning  bosh  –  ko‘kragi  va  duxobaga  o‘xshagan  qora 
yumaloq  qorni  bor.  Qornining  ustki  tomonida  qizil  yoki  oqish  dog‘lar  bo‘ladi. 
Kattaligi  1sm  –  dan  kattaroq.  Erkagi  urg‘ochisidan  3-4  marotaba  kichik  va  qorni 
ensiz uzunchoq bo‘lib, bosh – ko‘krak qismining eniga to‘g‘ri keladi.  
Urg‘ochi qoraqurtlar voyaga etganda o‘zi ishlab chiqqan tolalardan yasagan 
voronkasimon  uyada  yashaydi.  Erkak  qoraqurtlar  urg‘ochisini  qidirib  yurganda 
oiqlanmaydi.  Urg‘ochi  qoraqurtlarning  urug‘lanishi  iyun-iyul  oylarida  kuzatiladi. 
Qo‘shilishgandan  keyin  erkaklarini  urg‘ochilari  yeb  qo‘yadi,  qochib  qutilgan 
erkaklari  esa  sal  vaqtdan  keyin  o‘ladi.  Urug‘langan  urg‘ochilari  yangi  joyga 
ko‘chib  o‘tib  uzlariga  uya  yasaydilar.  Bu  erda  ular  tuxum  quyib  ularni  pillaga 
o‘raydilar.  Tuxum  qo‘yish  Sentyabr  oyigacha  davom  qiladi.  tuxumdan  chiqqan 
yosh  qoraqurtlar  pilla  ichida  qishlaydi.  Aprel  oyida  yosh  qoraqurtlar  pilladan 
chiqadi  va  8  marotaba  tullab  voyaga  etadi.  Qoraqurtlar  7  marotaba  tulagandan 
keyingi davrda kuchli zaharli bo‘ladi. Bunday holat qoraqurtlar asosan may – iyul 
oylarida kuzatiladi.  
Tarantul 
–  Lurosa  singoriensis  Evropani  markaziy  va  janubiy  qismi  
Markaziy  Osiyoda  tarqalgan.  Zaharining  kuchi  qoraqurtnikiga  qaraganda  ancha 
kuchsiz. Zahari odamda kuchli og‘riq chaqirishi mumkin.     
Tarantul  MDH  da  tarqalgan  urgimchaklarning  eng  yiriklaridan  biri  bo‘lib 
hisoblanadi. Gavdasining kattaligi 3-4 sm bo‘ladi. Bu urgimchakning ustki tomoni 
kulrang  qung‘ir,  pastki  tomoni  qora,  oyoqlarida  esa  sarg‘ich  ko‘ndalang  yo‘llar 
bo‘ladi. Tanasi, ayniqsa oyoqlari biroz tuklar bilan qoplangan. Odatda 60 smgacha 
uzunlikdagi  vertikal  kavlangan  uyalarda  yashaydilar.  Kechalari  ovga  chiqadi. 
Ko‘plab  zararkunanda  xasharotlarni  qirib  yuboradi.  Urg‘ochilari  100  dan  to  400 
gacha tuxum qo‘yadi. Baxorda undan bolalar chiqadi. Urg‘ochilari bir necha vaqt 


73 
 
bolalarini oyog‘iga yopishtirib yuradi.  
MDH  ni  janubiy  qismida  tirik  o‘rgimchaksimonlardan  falanga  –  Jaleodes 
araneudes (biy, ba’zibir joylarda buzoqbosh deydilar) tarqalgan bo‘lib gavdasining 
kattaligi  7  sm  gacha  yetadi.  Boshqa  o‘rgimchaklardan  tanasining  qo‘ng‘ir  sariq 
tuklar  bilan  qalin  qoplanganligi  va  pedipalpalari  ham  yurish  vazifasini  bajarish 
bilan  ajralib  turadi.  O‘zi  zaharli  emas.  Umurtqasizlar  hamda  mayda  umurtqali 
hayvonlar  bilan    oziqlanadi.  Xelitseralari  juda  kuchli.  “Tish”  larining  orasida 
qolgan ovqat qoldiqlari chirishi natijasida ba’zan “o‘lik zahri” hosil bo‘ladi. Shuni 
uchun ham ba’zan falanga chaqqan vaqtda “Maxalliy” (chaqilgan joyni) zaharlash. 
Hodisalari bo‘lib turadi.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə