A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 
 
15-M A SH G‘ U L O T 
 
Mavzu:
 
Hasharotlar sinfi – Jnsecta
  
 
Darsning  maqsadi:
  Suvarak,  may  qo‘ng‘izi  va  parazit  hashoratlarning 
tuzilishidagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish.  
Kerakli  jihozlar:
  Hasharotlar  sinfi  vakillarini  aks  ettiruvchi  quruq  va  xo‘l 
preparatlari,  suvarak,  may  qo‘ng‘izi,  sunalar,  parazit  hashoratlar  (bit,  burga)ning 
quruq preparatlari, mikroskop.  
 
                                      V A Z I F A 
 
 
 
1.
 
Qora suvarak va may qo‘ng‘izi misolida. hashorotlarni tashqi tuzilishi bilan 
tanishib chiqish va sxemasini chizish. 


77 
 
 Suvarak yoki may qung‘izini yorib ichki tuzilishi (ovqat hazm qilish, nafas olish, 
nerv, jinsiy sistemalarini o‘rganish va rasmini chizish). 
    2.  Parazit  hashoratlardan  qoramol  teri  osti  bukasi  qo‘y  va  otlarning  bo‘shliq 
so‘na (buka)larning rivojlanishini o‘rganish, rasmini chizish 
Hashoratlar  yoki  olti  oyoqlilari  sinfi  bug‘im  oyoqlilar  tipining  eng 
mukammal  taraqqiy  etgan  va  yashash    imkoniyati  bo‘lgan  barcha  muxitlarni 
egallagan eng ko‘p (1mln. dan ortiq) turni o‘z ichiga oladi. 
Hashoratlarning  tanasi    3  –  qism  -  bosh,  ko‘krak  va  qorindan  iborat.  Bosh 
bo‘limning bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan va yaxlit massani tashkil qiladi. Ko‘krak 
va qorin qismining bo‘g‘imlari esa aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak  3 va qorin 4-11 
segmentdan tashkil topgan. 
Bosh qismida 1 juft antennasi (“muylovi”) og‘iz apparati oddiy va murakkab 
ko‘zlari joylashgan. 
Ko‘krak  qismi    3  bo‘g‘imidan  tashkil  topgan,  oldingi,  o‘rta  va  keyingi 
ko‘krak bo‘g‘imlari deb ataladi. Har bo‘g‘imda bir juftdan oyoq   va ko‘pchiligida 
o‘rta  va  keyingi  ko‘krak  bug‘imlarida      1  juftdan  qanot  buladi.  Ko‘krak 
bo‘g‘imlarida joylashgan kuchli muskullar qanotlarni harakatga keltiradi. 
Qorin  qismi  gavdaning  oxirgi  bo‘g‘imi  bo‘lib,  bo‘g‘imlarining  soni  
hayvonning sistematikada tutgan o‘rniga bog‘liq. Tuban formalarda bo‘g‘inlar soni 
11  bo‘lsa,  yuqori  taraqqiy  etgan  formalarida  4  qanotlilar  va  ikki  qanotlilar 
turkumida bo‘g‘inlar soni 4 -5 ta bo‘ladi. Qorin qismida oyoqlar bo‘lmaydi. Faqat 
ba’zi bir vakillarida oyoqlarini rudimentlari yoki shakli o‘zgargan oyoqlar (serka, 
grifelka va boshqalar) ni ko‘rish mumkin.  
Suvarak  yoki  may  qo‘ng‘izi  misolida  hasharotlarni  tashqi  tuzilishini  bilan 
tanishib  chiqing.  Bosh  qismi,  ko‘krak  va  qorin  qismini  toping.  Og‘iz  apparati 
tuzilishini  o‘rganing  va  rasmini  chizing.  Tanasining  uchchala  qismida  xam 
organlarini  joylashishini  o‘rganing  va  rasmini  chizing.  Qanotlar  va  oyoqlarning 
tuzilishini o‘rganing. 
Ichi  yorilgan  suvarak  yoki  qo‘ng‘izda  ichki  organlarning  topografiyasi 
(joylashishini o‘rganing) so‘lak bezlari, qizilo‘ngach, jig‘ildonni toping.  


78 
 
 
 
42-rasm. Hashoratlarning chala (a) va to‘liq (b) metamorfoz yo‘li bilan rivojlanishi: 
a). 1-tuxumda rivojlanayotgan lichinka; 2-6-lichinkalik davrlari; 7-voyaga etgan hashorat 
b).  1-tuxum  quyayotgan  urg‘ochi  kapalak;  2-tuxumdan  chiqqan  lichinka;  3-4-pilla  va  uning 
ichidagi g‘umbak 
 
Jig‘ildondan keyin joylashgan pufakchasimon chaynovchi oshqozon joylashgan. 
Bu oshqozonda oziqa  ezilib  maydalanadi. Tomoq, qizilo‘ngach va chaynovchi 
oshqozon, oldingi ichak deb ataladi va keyingi ichak ikkalasi ektodermadan kelib 
chiqqan. O‘rta ichakni oldingi ichak bilan chegarasida bir necha pilorik o‘simtalar 
joylashgan. Keyingi ichak bilan chegara bo‘lib keyingi ichakning boshiga 
ochiluvchi ajratish organi – malpigiy naylari xizmat qiladi. Malpigiy naylarning 
soni 2 tadan 200 tagacha bo‘lishi mumkin. Malpigiy naychalarida modda hosil 
qilish protsessida paydo bo‘lgan tuzlar suvda erigan sistemaning kislotasi kristal 
shaklida cho‘kmaga tushadi suv esa qayta organizmga shimiladi. Asosan suvni 
shimilishi keyingi ichakning pufakcha deb atalgan qismida o‘tadi. 


79 
 
27-42-
43-
rasm. Hashoratning tashqi (A) va ichki (V) tuzilishi. 
A.1-antenna, 2-murakkab ko‘z, 3-oddiy ko‘zlar, 4-yuqori lab, 5-til, 6-oyoqlar,  7-qanotlar, I, 
bosh, II kukrak, III єorin 
V.1-xalqum, 2-oshqozon, 3-ichak, 4-malpigi  naychalari, 5-xalqum  atrof  nerv  xalqasi, 8-
tuxumdon, 9-yurak, 10-traxeyaning tuzilishi 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə