A s daminov, B. S. Salimov


TIP:  SODDA HAYVONLAR – PROTOZOA



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

TIP:  SODDA HAYVONLAR – PROTOZOA 
 
Bir  hujayrali  yoki  eng  sodda  hayvonlar  dengiz  va  okeanlarda,  ko‘llarda,  
chuchuk  suv  havzalarida  nam  tuproqda  va  boshqa  umurtqasizlar  va    umurtqalilar 
organizmida  yashashga  moslashgan.  Ular  morfologik  jihatdan  ko‘p  hujayrali 
hayvonlarning  alohida  hujayralariga  o‘xshasada,  fiziologik  jihatdan  mustaqil 
organizmlardir.  Bir  hujayrali  organizmlarni  mustaqil  hayot  kechirishi,  ko‘payishi 
uchun  ularning  tana  qismlarida  umumiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  organoidlardan 
tashqari  turli  vazifalarni  bajaruvchi  maxsus  qismlari  (organoidlari)  mavjud. 
Shunday qilib bir hujayrali organizmlar ko‘p hujayrali organizmlarga xos bo‘lgan 
barcha hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. 
Ko‘pchilik sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq 
–  pellikula  bilan  qoplangan.  Protoplazma  tiniq  va  bir  xil  tuzilishdagi  ektoplazma 
hamda  yarim  quyuq  donali  endoplazmadan  iborat.  Endoplazmada  yadro,  Golji 
apparati,  endoplazmatik  to‘r,  mitoxondriya,  ribosoma,  lizosoma  va  shunga 
o‘xshash  muhim  organoidlardan  tashqari  ovqat  hazm  qiluvchi  va  qisqaruvchi 
vakuolalar, ektoplazmada esa turlicha tuzilgan harakat organoidlari mavjud. Ayrim 
sistematik guruhlarida pellikula rivojlanmagan yoki ularda harakat, qisqaruvchi va 
hazm qiluvchi vakuolalar reduksiyaga uchragan. 
Sodda  hayvonlar  bir,  ikki  va  ko‘p  yadroli  bo‘ladi.  Yadro  hayot  faoliyati 
jarayonlarini  boshqaradi  va  ko‘payishda  hamda  irsiy  xossalarni  nasldan-naslga 
o‘tkazishda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Sodda  hayvonlarning  harakat  organoidlari 
psevdopodiyalar  (soxta  oyoqlar),  xivchinlar  va  kiprikchalardan  iborat.  Ularning 
ko‘payishi jinssiz va jinsiy yo‘l bilan boradi. Jinssiz ko‘payish oddiy (teng ikkiga) 
va murakkab (ko‘p marta) bo‘linish yo‘li bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish esa 
ko‘pchilik  turlarida  kopulyatsiya  (gametalarning  qoshilishi),  qolganlarida 
kon’yugatsiya yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Sodda hayvonlarning 20% dan ortiq 
turlari, odam va hayvonlarda parazitlik qilib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Shuning  uchun  ham  parazit  sodda  hayvonlarni  chuqur  o‘rganish  chorvachilikda, 
xususan,  veterinariyada  hamda  tibbiyot  sohasi  mutaxassislari  uchun  muhim 
ahamiyatga ega. 
Ko‘pchilik sodda hayvonlar  mikroskopik  kattalikda  bo‘lib,  mikronlar bilan 
o‘lchanadi.  Shu  bilan  birga  dengizlarda  yashaydigan  yirik  chig‘anoqli 
foraminiferalarning kattaligi 4-5 sm gacha etadi. 
Eng  sodda  hayvonlar  tipi  40.000  dan  ortiq  turni  o‘z  ichiga  olib  5  ta  sinfga 
bo‘linadi: 
1.
 
Sarkodalilar – Sarcodinae 
2.
 
Xivchinlilar – Mastigophora 
3.
 
Sporalilar – Sporozoa 
4.
 
Kipriklilar – Cihiata sen Infusorijalar-Infusoria 
5. Cnidosporidijalas 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə