A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Qon  aylanish  sistemasi
.  Yurak  uch  kameradan  -  2  ta  yurak 
bo’lmasi  va  bitta  yurak  qorinchasidan  iborat.  Ikkala  yurak  bo’lmasi 
yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali tutashadi, o’ng yurak 
bo’lmasi  bilan  venoz  sinus,  yurak  qorinchasidan  keyingi  arterial  konus 
joylashadi.  Arterial  konusdan  3  juft  arteriya  yoylari  chiqadi.  Birinchi 
juftli  baliqlarning  jabraga  olib  keluvchi  arteriyalarining  birinchi  jufti 


106 
 
bo’lib,  uyqu  arteriyasi  deyiladi  va  arterial  qonni  bosh  qismiga  olib 
boradi.  Uyqu  arteriyasi  arterial  konusning  qorin  tomonidan  chiqadi. 
Ikkinchi juft chap va o’ng aorta yoylari deyiladi. 
Aorta yoylaridan oldin oyoqlarga arterial qon olib boruvchi umrov 
osti arteriyalari chiqadi. Chap va o’ng aorta yoylari yurakdan pastroqda 
o’zaro qo’shilib, toq orqa aortani hosil qiladi va xamma ichki organlarni  
va keyingi oyoqlarni qon bilan ta’minlaydi.  
Venoz  qon  gavdaning  keyingi  qismidan  va  orqa  oyoqlaridan 
buyrakning  bir  juft  qopqoq  venasi  bilan  bitta  qorin  venasiga  yig’iladi. 
Buyrakdan  chiqqan  qon  keyingi  kavak  venani  hosil  qiladi.  Keyingi  
kavak  vena,  qorin  venasi  va  bir  juft  jigar  venasi  bilan  birlashib,  vena 
sinusiga ochiladi. 
O’pkalardan toza arterial qon o’pka venasi nomi bilan chap yurak 
bo’lmasiga  qo’yiladi.  Yurak  bo’lmalarining  qisqarishidan  qon  umumiy 
teshik orqali yurak qorinchasiga o’tadi. 
Shunday  qilib,  amfibiyalarda  2  ta  qon  aylanish  doirasi  farq 
qilinadi: 
1. Katta qon aylanish doirasi: 
Yurak-arteriya  kapillyarlari  bo’ylab  butun  tanaga  kapillyarlar  orqali 
vena bilan o’ng yurak bo’lmasiga. 
2. Kichik qon aylanish doirasi: 
Yurakdan o’pka kapillyar-arteriyasi  va undan kapillyar o’pka venasi va 
chap yurak bo’lmasiga. 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə