|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovQon aylanish sistemasi.
Yurak 3 kamerali: 2 ta yurak bo’lmasi, 1
ta yurak qorinchasidan tashkil topgan bo’lib, ko’krak qafasining oldingi
qismida (ventral) qorin tomonda joylashgan. Yurak qorinchasi
amfibiyalarnikiday chala to’siq bilan bo’lingan bo’lib, o’ng (venoz) va
chap (arterial) qorinchaga ajralgan. Arterial konus reduksiyalangan,
venoz sinusi esa o’ng yurak bo’lmasiga qo’shilgan. Arterial sistemasida
o’zgarishlar yuz bergan. Avvalo yurak qorinchasidan mustaqil holda
uchta qon tomiri chiqadi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum,
chanoq va son venalariga yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga
kirib, buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi va ulardan keyingi toq
venani hosil kiladi. Qolgan venoz qon qorin venasiga yig’iladi, jigarda
jigar qopqa venasini hosil qiladi. Jigarda venoz qon keyingi kovak
venaga qo’yiladi. Keyingi kovak vena o’ng yurak bo’lmasiga qo’yiladi.
Gavdaning bosh qismidan venoz qon juft buyinturuq venaga qo’yilsa,
oldingi oyoqlardan umrovosti venalariga to’planadi. Bular qushilib, juft
oldingi kovak venani hosil qiladi. O’pkalarda qon o’pka venasi nomi
bilan kelib, chap yurak bo’lmasiga ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|