|
 A s daminov, B. S. SalimovAjratish va ko’payish organlariA s daminov, B. S. SalimovAjratish va ko’payish organlari.
Ajratish organi bo’lib, bel
bo’limida joylashgan juft chanoq buyragi xizmat qiladi. Buyrak
loviyasimon shaklda bo’ladi. Yuza qismi po’stloq, ichki mag’iz
qatlamlaridan tashkil topgan. Mag’iz qatlami bir qancha yig’uvchi
naylardagi iborat va bu yerga po’stloq qavat naylari ochiladi. Buyrak
jomidan siydik yo’liga ochiladi, siydik yo’li esa siydik pufagiga
ochiladi. Siydik pufagidan siydik tanosil teshigi orqali tashqariga
chiqariladi.
Erkaklarining ko’payish organi bo’lib tana bo’shlig’ida joylashgan
bir juft urug’don xizmat qiladi. Urug’donda pishib yetilgan urug’
xujayralari urug’ yo’li bilan kopulyativ organi orqali tashqariga
chiqariladi.
Urg’ochilarining ko’payish organi bo’lib tana bo’shilig’ida
joylashgan juft tuxumdonlar hisoblanadi. Pishib yetilgan tuxum tana
bo’shlig’iga tushadi. U yerdan tuxum yo’lining fallopiy naychasiga
tushib, keyin bachadonga boradi. Bachadon tanosil kanaliga aylanadi.
|
|
|