A s daminov, B. S. Salimov


Qon  sporalilar  -  Haemasporidae



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Qon  sporalilar  -  Haemasporidae
    turkumiga  kiruvchi  sodda  hayvonlar 
parrandalar,  sut  emizuvchilar  va  shu  jumladan  odamning  qizil  qon  xujayralarida 
jigarida,  eritrotsitlarida  rivojlanishnib  jinssiz  ko‘payadi.  Bu  turkumga  kiruvchi 
parazitlar xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan ko‘payadi. Shunga ko‘ra ularning jinsiy 
ko‘payishi  qon  so‘ruvchi  hashoratlar  va  kanalarda  kechadi,  hosil  bo‘lgan 
sporozoidlarda esa spora hosil bo‘lmaydi. 
Qon  sporalilarning  tipik  vakili  bezgak  plazmodiyasi  –(plasmodium  vivax) 
dir.  Bezgak  plazmodiyasi  odamlarda  isitma  (bezgak)  kasalligini  chaqiradi.  Ularni 
yuqtiruvchisi  Anophelis  avlodiga  kiruvchi  bezgak  chivinidir.  Chivin odam  qonini 
surganda  uning  so‘lagi  bilan  bezgak  plazmodiyasining  sporazoidlari  qonga, 
qondan  esa  jigarga  o‘tib,  bu  erda  bir  necha  marta  jinssiz  ko‘payadi.  Jigar 
xo‘jayralarini  emirib  chiqqan  shizontlar  (merozoitlar)  qon  oqimiga  o‘tib 
eritrotsitlar  ichiga  kirib  oladi.  Bu  davrni  eritotsitar  shizontlar  deb  ataladi. 
Eritrotsitda  parazit  dastavval  xalqasimon  shizont  keyin  amyobasimon  shizont 
davrini o‘taydi. Amyobasimon shizontlar keyinchalik 12-20 tagacha merazoitlarga 
bo‘linib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kiradi. SHunday qilib bu 
jarayon har 48-72 soatda takrorlanib turadi.  
Odam  qonida  bundan  tashqari  vaqti  -  vaqti  bilan  erkaklik  va  urg‘ochilik 
gametoblast  (makro  va  mikrogametooblast)  lari  ham  xosil  bo‘lib  turadi.  Bezgak 
chivini  odamni  chaqqan  vaqtda  gametoblastlarni  ham  so‘rib  oladi.  CHivin 
organizmida  gametoblastlardan    makro  va  mikrogametalar  etiladi.  Otalanish 
jarayonidan  keyin  zigota,  hosil  bo‘ladi,  u  esa  yupqa  qobiq  bilan  qoplanib 
ookinetaga  aylanadi.  Ootsistadan  ichak  va  oshqozon  devorlariga  yorib  kirgan 
minglab  sporozoidlar  hosil  buladi.  Ular  chivinni  so‘lak  beziga  to‘planadi.  Ana 
shunday  chivin  odamni  chaqqan  vaqtda  bezgak  kasalini  yuqtiradi  va  sikl  yana 
takrorlanadi 


16 
 
 
4- rasm. Quyon koksidiyasining rivojlanish sikli. 
1-YOsh sporozoid, 2-trofozoid, 3-shizogoniyaning boshlanishi (o‘zakning ko‘plab 
bo‘linishi), 4-yosh merozoitlari hosil bo‘lishi. 5-hujayradan chiqqan yosh 
merozoidlar, 6-makrogametaning, va mikrogametaning rivojlanishi, 7-
mikrogameta bilan makrogametaning qo‘shilishi, 8-ootsista, 9-tashqi muhitda 
ootsistada sporozoitlarning etilishi (I-V  hayvon ichagida, v- tashqi muhitda 
parazitning rivojlanishi).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Bezgak plazmodiyasi - Plasmodium vivax ning rivojlanish sikli. 
1-chivin  sulagidagi  sporozoidlarni  odam  qonga  o‘tishi,  2-trofozoid,  3-
endotelial organlar xujayrasida jinssiz ko‘payish, 4-yosh merozoidlarning chiqishi: 
24-27 jigarda shu jarayonning takrorlanishi, 5-qondagi eritrotsitlarga kirib olish, 6-
7-amyobasimon 
trofozoidlar, 
8-jinssiz 
ko‘payish  (shizogoniya),  9-yosh 
merozoidlar,  10-12  shu  jarayonni  takrorlanishi, 13-mikro-14-makrogametoblastlar 


17 
 
va  ularni  chivin  organizmiga  qon  so‘rganda  o‘tishi,  15-makrogametani,  16-
mikrogametani  etilishi,  17-makro-va  mikrogametani  qo‘shilishi,  18-ookineta,  19-
ookinetani  chivinning  oshqozoni  tana  bo‘shlig‘iga  tushishi  va  23-sulak  bezlarida 
sporozoitlarning yig‘ilishi.  
 
Ularga  piroplazma  avlodiga  kiruvchi  P.bigeminum,  P.  ovis,  P.  canis,  P. 
caballi.  Babesi  avlodiga  kiruvchi  B.  bovis,  Theileria  avlodi  vakili  T.  annulatani 
misol keltirish mumkin. Bunday qon cporalilar yaylov kanalari orqali yuqadi, ular 
markaziy Osiyo va Kavkaz orti davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib turli kasalliklarni 
chaqiradi. Teleriya qo‘zg‘atadigan kasalliklardan 90 foizgacha qoramollarda olishi 
mumkin. 
 
 
6- rasm. Yirik shoxli hayvonlarda parazitlik qiluvchi teyleriya - Theileria annulata 
ning rivojlanishi. 
1-Endoteliy  xujayralaridagi  trofozoit,  2-3-”anor  donachasi”  deb  ataluvchi 
tanachalarning  hosil  bo‘lishi,  4-merozoitlar,  5-parazitni  eritrotsitlar  ichida 
rivojlanishi, 6-kana ichagiga qon bilan utgan merazoitlar,  
7-epiteliy xujayralarida shizogoniya, 8-kana gemolimfasidagi merozoitlar,  
9-kananing so‘lak bezidagi shizont va merozoitlar, 10-kana tuxumidagi 
merozoitlar. 
 
 
NAZORAT   SAVOLLARI: 
1. Sporalilar sinfi uchun xos bo‘lgan xarakterli morfologik belgilarni ayting. 
2. Sporalilarning taraqqiyot davrlarini ta’riflang. 
3. Koksidiyalar (eymeriyalar)ning rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?  
4. Bezgak plazmodiyasi qanday rivojlanadi.  
5.  Theileria  annulata  ning  rivojlanishi  bezgak  plazmodiyasidan  qanday  farq 
qiladi?  
 
Uyga    vazifa:  Infuzoriyalar,  ko‘p  xujayralilar  va  yassi  chuvalchanglarini  o‘qib 
kelish. 


18 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə