A s daminov, B. S. Salimov


Infuzoriyalar tipik vakili parametsiya



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Infuzoriyalar tipik vakili parametsiya 
(tufelka) – P. caudatum bilan tanishish 
uchun  parametsiyalar  ko‘paytirilgan  ifloslangan  suvdan  bir-ikki  tomchi  olib  buyum 
shishachasiga  tomiziladi.  Harakatlanib  yurgan  tufelkalarning  tezligini  biroz 
pasaytirish  uchun  ustiga  2-3  ta  paxta  tolasi  qo‘yib,  qoplag‘ich  oyna  bilan  yopiladi. 
Dastavval mikroskopning kichik ob’ektivi yordamida tufelkaning shakli va harakatini 
kuzating.  So‘ngra  bironta  tufelkani  harakati  va  tuzilishini  katta  ob’ektiv  yordamida 
o‘rganing.  Tufelkaning  tanasining  chetida  kiprikchalarning  harakatini  ko‘rish. 
Tufelkani  og‘iz  oldi  chuqurchasi  (peristomani)ni  toping.  Peristomani  o‘rab  turgan 
tukchalarning  biroz  yug‘on  va  uzunligiga  e’tibor  bering.  Sitoplazmada  ozuqa 
vakuolalari yaxshi ko‘rinadi. Tanasining ikki tomonidagi qisqaruvchi vakuolalarining 
ishini  kuzating.  Markaziy  rezervuar  qisqargan  vaqtda  vakuolalarga    olib  keluvchi 
kanallar  yaxshi  ko‘rinadi.  Oldingi  va  keyingi  kanallar  navbat  bilan  qisqarib  turadi. 
Suv temperaturasi 16
0
 S bo‘lganda vakuolalar minutiga uch marotaba qisqaradi.  
 
Tufelkaning markazida ikkita yadrosi joylashgan bo‘lib, loviya shaklidagi katta 
yadrosi makronukleus va yumaloq kichik yadrosi mikronukleus deyiladi. Tufelkaning 


19 
 
yadrolarini  va  ektoplazmasida  joylashgan  himoya  funksiyasini  bajaruvchi  maxsus 
organellalari  –  trixotsistalarni  ko‘rish  uchun  preparatga  1%  sirka  kislotasining 
eritmasi va metilen yashil eritmasi bilan ta’sir qilish kerak. Bunda infuzoriyalar sirka 
kislotasi  ta’sirida  trixotsistlarini  chiqarib  tashlaydilar,  metilen  yashili  esa  yadrolarni 
bo‘yaydi. Trixotsistlar va yadrolarni kuzating va tufelkaning rasmini chizing.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə