|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. Salimov
TIP: HALQALI CHUVALCHANGLAR - ANNELIDES
Halqali
yoki
selomik
chuvalchanglar,
barcha
tiplarga
mansub
chuvalchanglar orasida eng progressiv taraqqiy etgan guruhdir. Hozirgi vaqtda bu
tipga 8000 - dan ortiq tur kirib, barchasi uchun eng harakterli bo‘lgan
hususiyatlardan biri tanasining metamer halqalardan tashkil topganligidadir.
Ko‘pchiligida sirtqi metameriya ichki metameriyaga ham to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik
ichki organlari ham metamer tuzilishiga ega. Ularning nerv sistemasi zanjir
shaklida va qorin tomonda joylashgan talaygina turlarida parapodiya o‘simtalari
paydo bo‘lgan. Ular yopiq qon aylanishi sistemasiga ikkilamchi tana bo‘shliq –
selomga ega. Ajratish sistemasini metanefridiyalardan tashkil topganligi bilan ham
boshqa tipga oid chuvalchanglardan ajralib turadi.
48
Halqali chuvalchanglar 4-ta sinfni o‘z ichiga oladi:
1.
Ko‘p qillilar- Polychaeta
2.
Kam qillilar – Oligochaeta
3.
Zuluklar – Hirudinae
4.
Exiuridlar – Echiuridinae.
Halqali chuvalchanglar juda keng tarqalishga ega. Ular dengiz va chuchuk
suvlarda hamda nam tuproqlarda, chirindilar orasida uchraydi. Ba’zi vakillari esa
parazitlik yo‘li bilan ham hayot kechiradi.
|
|
|