|
 A s daminov, B. S. SalimovKo‘p qillilar sinfi – PolychaetaA s daminov, B. S. Salimov
Ko‘p qillilar sinfi – Polychaeta
Nereis Qora, Azov, Oq va Barens dengizlarida keng tarqalgan chuvalchang
bo‘lib, uning morfologiyasini o‘rganish bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishini tushunib
olishda katta ahamiyatga ega. Undan tashqari nereis va boshqa ko‘p qilli halqali
chuvalchanglar baliqlar uchun oziq – ovqat ob’ekti sifatida juda diqqatga sazovordir.
Osetrasimon baliqlarning ozuqa bazasini yaxshilash maqsadida nereislarning
Nereis diver-sicolor turi o‘z vaqtida Kaspiy va Orol dengizlarida ko‘paytirilgan.
Nereis tanasining uchunligi 10-15sm. bo‘lib, yarimigacha qumga ko‘milgan
holda hayot kechiradi. Tanasi bosh, gavda va dum qismlaridan tashkil topgan. Gavdasi
80 – 100 ta bo‘g‘imdan, har bir bo‘g‘imining (birinchi bo‘g‘imdan tashqari) ikki yon
tomonida yordamchi harakat organi – parapodiyalar joylashgan. Parapodiyaning har
biri elka va qorin o‘simtalariga ajralgan. Parapodiya o‘simtalaridagi tuklar (xetalar)
ning soni sistematika nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Undan tashqari
parapodiyalar bo‘g‘imoyoqlilarning evolyusiyasini izohlashda katta ahamiyatga egadir.
Nereisning boshi haqiqiy bosh qismi va og‘iz bo‘lagidan iborat bo‘lib og‘iz
bo‘lagi ikkita bo‘g‘imning ko‘shilishidan hosil bo‘lgan. Bu erda tuyg‘u organlar
vazifasini bajaradigan birqancha tashqi o‘simtalar mavjud. Bu o‘simtalar bir juft kalta
antenna, bir juft sal yo‘g‘on va uzunroq paypaslagichlar, hamda 4 juft ingichka, uzun
mo‘ylovchalardan iborat. Bosh qismining orqa tomonida 4ta ko‘zi, undan keyingi
50
bo‘lagining
qorin
tomonida
og‘iz
teshigi
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|