|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. Salimov
24-rasm.
Ko’p qillilar. Neyridaning bosh qismi va ko’ndalang kesimi.
Kam qillilar sinfi - Oligochaeta
Yomg‘ir chuvalchanglarining
uzunligi 15-30sm bo‘ladi. Ba’zi bir tropik
mamlakatlarda yashovchi vakillarining tanasi uzunligi, hatto 2m ga etadi. Ularning
tanalari bir hil (gomonom) bo‘g‘imlardan tashkil topgan bo‘lib, tashqi metameriyasi
ichki metameriyasiga to‘g‘ri keladi. Har qaysi bo‘g‘imning tashqi tomonida 8 tadan
ingichka tukchalar bor. Voyaga etgan chuvalchangning 31-37 bo‘g‘imlarida bezli
hujayralarni o‘z ichiga olgan belbog‘ bo‘ladi. Yomg‘ir chuvalchangida belbog‘chasi
27-32 bo‘g‘imlarida bo‘ladi. Belbog‘ ko‘payish vaqtida bir necha tuxumlarni ustidan
qoplab pilla hosil qilishda ishtirok qiladi. Tananing oldingi qismida bosh o‘simtasi
(kuragi) – prostomium mavjud. Tananing eng oxirgi xalqasida anal teshigi joylashgan
qismi pigidium deb ataladi. Tananing 6-7 bo‘g‘imidan boshqa qolgan hamma
bo‘g‘imlar oralig‘ida, elka tomonida maxsus teshiklar elka poralari bo‘lib ulardan tana
bo‘shlig‘ining suyuqligi chiqib turadi va chuvalchangni tuproq qatlamlarida harakatini
ancha engillashtirishga yordam beradi. Kam qillilarda parapodiyalar yo‘q.
Yomg‘ir chuvalchangining 14- bo‘g‘imida bir juft urg‘ochilik, 15- bo‘g‘imida
bir juft erkaklik jinsiy teshigi ochiladi. Erkaklik jinsiy teshigidan to belboqqacha
boradigan egatcha bor. Jinsiy qo‘shilish vaqtida bu egatchadan belboqqa qarab urug‘
oqadi.
Yomg‘r chuvalchanglari bir guruh oilalardan iborat. Ular orasida lyumbrisidlar
(Lumbricidae) oilasi vakillari keng tarqalishga ega.
|
|
|