|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovQon aylanish sistemasi
yopiq. Asosiy qon tomirlariga elka va qorin aortalari
kiradi. Ular o‘zaro metamer va ko‘ndalang halqasimon qon tomirlar bilan tutashadi.
Elka aortasida qon bosh tomonga qarab, qorin aortasidan esa dum tomonga qarab
oqadi. Qizilo‘ngachni o‘rab olgan 1 - 2 bo‘g‘imdagi halqasimon qon tomirlar yurak
vazifasini bajaradi.
Siydik ajratish organlari
metanefridiyalardan iborat. Ular har bo‘g‘imda bir
juftdan metamer joylashgan bo‘lib, ikki uchi ochiq naychalardan iborat. Har bir
naychaning bir uchi tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi qo‘shni bo‘g‘imdan tashqarigi
ochiladi. Metanefridiyani oldingi uchi voronka shaklida bo‘lib, paypaslagichlar bilan
qurollangan.
Nerv sistemasi
ham metamer shaklda tuzilgan. Nerv sistemasi zanjir shaklida
bo‘lib, tomoq usti nerv halqasidan va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiri har
bir xalqadagi nerv tugunlarining bir – biri bilan ko‘ndalang va bo‘ylama nerv ustunlari
yordamida birlashish natijasida hosil bo‘lgan. Tomoq usti nerv tuguni bosh miya
funksiyasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|