A s daminov, B. S. Salimov


TIP: YUMSHOQ TANLILAR – MOLLUSCA



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

TIP: YUMSHOQ TANLILAR – MOLLUSCA 
 
Yumshoq tanlilar tur soni jihatidan hayvonot dunyosida bo‘g‘imoyoqlilardan 
keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu tip o‘z ichiga 100 mingdan ziyod turni oladi. 
Mollyuskalar  ikkilamchi  tana  bo‘shliqli  hayvonlar  bo‘lib,  bo‘g‘imoyoqlilar 
singari xalqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. 
Molyuskalarning  talaygina  qismida  tana  bilaterial  simmetriyaga  ega,  spiral 
shakldagi  chig‘anoqga  ega  bo‘lganlarida  tana  asemmetriya  shaklda.  Tana  barcha 
yuqori  darajada  rivojlanganlarida  segmentlashmagan.  Ikkilamchi  tana  bo‘shlig‘i 
faqat yurak atrofida yurak oldi xaltasi (perikard) shaklida saqlanib qolgan. 
Mollyuskalarning  gavdasi  bosh,  tana  va  muskulli  oyoq  qismlardan  tashkil 
topgan.  Ammo  ular  turli  sinflarda  bir  xil  rivojlanmagan  va  har  xil  shaklga  ega. 
Ko‘pchilik mollyuskalarda esa tanasi chig‘anoq bilan qoplangan. CHig‘anoq ostida 
tanani  qoplab  turuvchi  mantiya  pardasi  bo‘ladi.  CHig‘onoq  va  mantiya  pardasi 
oralig‘idagi bo‘shliq mantiya bo‘shlig‘i deyiladi. 
Bu  bo‘shliqda  nafas  olish  organlari,  ayrim  sezgi  organlar  joylashgan. 
Mantiya  pardasi  har  xil  bezlarga  boy  bo‘lib,  chig‘anoq  ham  ushbu  bezearning 
mahsulotidan paydo bo‘lgan.  Qon  aylanish  sistemasi ochiq,  nerv  sistemasi o‘zaro 
birlashgan nerv tugunlari (gangliyalardan) iborat. 
Mollyuskalarning  iqtisodiy  ahamiyati  juda  katta,  ko‘pchiligi  odamlar 
tomonidan oziq-ovqat, chorva mollari uchun chig‘anoqlardan  foydalaniladi. 


57 
 
Ba’zi  ikki  pallali  mollyuskalardan  marvarid  olinadi,  ayrimlarini 
chig‘anog‘idan  zebu-ziynat  buyulari  tayyorlanadi.  Ayrim  turlari  ekinlar 
zararkunandalari  bo‘lsa,  talaygina  turlari  odam  va  hayvonlar  uchun  xavfli  parazit 
trematodalar va nematodalarning oraliq xo‘jayinlari vazifasini bajaradi. 
Mollyuskalar tipiga bir necha sinflar kiradi, shulardan eng keng tarqalganlari 
va yuqori darajada rivojlanganlari tubandagi sinflar: 
1.
 
Qorinoyoqli mollyuskalar – Gastropoda 
2.
 
Ikki pallalilar yoki plastinka jabralilar – Bivalvia 
3.
 
Bosh oyoqlilar – Cephalopoda  
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə