|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovKIRISH
Yer yuzida hayvonlarning 2 mln.ga yaqin turlari mavjud
bulib,ushbu turlar анатомо-morfologik jihatidan bir hujayrali, ko‘p
hujayrali, qavatsiz, ikki qavatli, uch qavatli, tana bo‘shliqsiz, birlamchi
va ikkilamchi tana bo‘shliqli, hayot tarzi jihatidan erkin yashovchi, turli
simbiont, hamda parazit va yirtqichlik yo‘liga o‘tgan guruhlarga
bo‘linadi. Zoologiyaning bunday murakkab qismini o‘zlashtirish
talabalardan egallagan nazariy bilimlarini amaliy – laboratoriya
mashg‘ulotlari bilan mustahkamlab borishni taqozo etadi.
Ushbu qo‘llanmada, asosan, Respublikamiz hududida uchraydigan,
turli sharoitlarga yashashga moslashgan hayvonlar tiplarining vakillari
berilgan. Har bir mavzuda hayvonlarning sistematikasidagi o‘rni berilib,
ularning anatomo-morfologik, biologik, ekologik xususiyatlarini, halq
xo‘jaligiga keltiradigan zarari va foydali tomonlarini o‘rganish asosiy
maqsad qilib qo‘yilgan, talabalar tomonidan egallangan bilimlarni
mustahkamlash uchun har bir amaliy mashg‘ulot ularga xos bo‘lgan
rasmlar bilan bezatilgan. Mavzu oxirida talabalar bilimini nazorat qilish
uchun mavzuga oid savollar berib borilgan. Ushbu qo‘llanma hayvonot
dunyosiga mansub eng muhim 9 ta tipni o‘z ichiga oladi va ular 24 ta
amaliy mashg‘ulot tarzida berilgan.
Qo‘llanma qishloq xo‘jalik oliygohlari bakalavr yo‘nalishi
talabalari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanmada uchrashi tabiiy bo‘lgan ayrim xato va kamchiliklar
bo‘yicha kitobxonlarning fikr – mulohozalarini hamda qo‘llanmani
sifatini yanada yaxshilash, mazmunini boyitish maqsadida beriladigan
taklif va fikrlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
|
|
|