|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovZararli hashoratlar
.
Bukalar.
Bukalar yashash joyiga qarab bir necha xil
bo‘ladi. Jumladan oshqozon bukalari, teri osti bukalari va hakozo. Ikki qanotli
hashoratlarning bunday lichinkalari parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi.
Otlarning oshqozon bo‘kasi –
Gastrophilus intestinalis
.
Voyaga etgan
urg‘ochi bukalar tuxumlarini ot va eshaklarni oyoqlariga qo‘yadilar. Tuxumlaridan
chiqqan lichinkalar kuchli qichish paydo qiladi. Otlar qichigan joylarini tishlari
bilan qashlagan vaqtda og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tib, qizilungach orqali oshqozoniga
tushadi. Oshqozonda (9 oy davomida) bir necha marta tullab, o‘sadi. (1 mm.dan 20
mm.gacha). taraqqiyotining keyingi bosqichida oshqozondan ichakka o‘tib, hayvon
tezagi bilan tashqi muhitga tushadi.
Tuproq va gunda g‘umbakka aylanadi. Bir oydan keyin g‘umbakdan qanotli
hashorat paydo buladi. U bir oyga yaqin yashaydi. Otlarning oshqozon bukalari
tomonidan chaqiriladigan kasallik gastrofilyoz deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|