A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Tashqi  ko’rinishi:
  Ilonsimon  tana  uch  qismdan  -  bosh,  tana  va 
dumdan  tashkil  topgan.  Tana  qismlari  aniq  chegarasiz  bir-biriga  o’tadi. 
Boshining ikki yon tomonida bir juft ko’zi, ular orasida toq burun teshigi 
joylashgan.  Boshining  ikki  yon  tomonida  yettitadan  jabra  teshigi  bor. 
Orqa tomonida oldingi va keyingi toq orqa suzgich qanotlari joylashgan. 
Gavdasining ostida, tana bilan dum qo’shilgan yerda chiqaruv teshigi va 
siydik tanosil teshigi joylashgan. 
     Teri  qoplagichlar  yumshoq  bo’lib,  unda  tashqi  skeletdan  asar  xam 
yo’k. Tana bir qancha hujayrali bezlar bilan qoplangan. 
     Skeleti  asosan  tog’aydan  tashkil  topgan.  O’q  skeleti  vazifasini 
umrbod  saqlanadigan  xorda  bajaradi.  Xorda  va  orqa  miya  biriktiruvchi 
to’kimali parda bilan o’ralgan. 
     Bosh  skeleti  miya  qutisi,  og’iz  oldi  voronkasi  skeleti  va  visseral 
apparat  skeletidan  iborat.  Miya  qutisi  bosh  miyani  ostidan,  yonidan  va 
qisman ustidan o’rab turadi.Visseral  skelet jabra qutisidan, skeletsimon 
tog’aydan  va  ko’z  osti  yoydan  iborat.  Jabra  qutisining  o’zi  tog’ay 
panjarasidan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog’ayi tegib turadi.

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə