|
A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. Salimov3-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Sinf - infuzoriyalar
Darsning maqsadi:
Eng sodda hayvonlar tipining yuqori darajada taraqqiy
etgan sinfi infuzoriyalarning tuzilishi va xarakterli xususiyatlari bilan tanishib chiqish.
Kerakli jixozlar:
Turli infuzoriyalarning tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar,
mikroskop, pichan ivitmasidan tayyorlangan kultura, mikropreparat.
V A Z I F A
1.
Bir tomchi ko‘lmak suvdan vaqtincha preparat tayyorlab, eng keng tarqalgan
infuzoriya parametsiya – Paramecium caudatum – ni topish. Uni shakli, harakatini
kuzatish. Tuzilishini sxemasini chizish.
2.
Infuzoriyalarning ko‘payish usullarini o‘rganish va jinsiy ko‘payish sxemasini
chizish.
3.
Tayyor preparat yordamida parazit infuzoriya Balantidiya – Balantidium coli
tuzilishi bilan tanishib chiqish va rasmini chizish.
4.
Simbiont infuzoriyalardan kavshovchi xayvonlarning oshqozonida yashovchi
ofrioskoletsidlarni tayyor preparatini mikroskop ostida kuzatish. Rasmini chizish.
Infuzoriyalar shaklining doimiy bo‘lishi, yadrolar dualizimi (katta va kichik
yadrolar) ning mavjudligi, harakat organellalari vazifasini kiprikchalarning o‘tashi
xarakterlidir. Undan tashqari kiprikli infuzoriyalarning qolgan organoidlari ham bir
muncha murakkab tuzilgan. Hozirgi vaqtda infuzoriyalarining mingdan ortiq turi
fanga ma’lum. Ularning bir qanchasi dengiz va okeanlarda, ko‘pchiligi turli chuchuk
suvlarda va nam tuproqlarda hayot kechirsa, ba’zi turlari odam va xayvonlarda
parazitlik qiladi, ba’zilari esa simbiont holatda hayot kechiradilar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|