|
A s daminov, B. S. Salimovpartenogoniya, sistagoniya, maritogoniyaA s daminov, B. S. Salimov partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya.
Fassiolalarda embrional taraqqiyot cuvlik muhitda (nam joyda),
partenogoniya davri-chuchuk suv molliyuskasidan, sistogoniya-suvli muhitda,
maritogoniya-qishloq xo‘jalik hayvonlari va odam jigarida kechadi.
Shu davr ichida u oraliq xujayin-qorin oyoqli mollyuskaning jigariga kirishi
kerak. Jigar qurtini oraliq xo‘jayini har hil suv shilliq qurtlari (akam tukamlar)
hisoblanadi. Miratsidiy mollyuska tanasiga yorib kirib, ko‘zcha va kiprikchalarini
tashlaydi va xaltasimon sporotsistaga aylanadi. Sporotsistalar partenogenez yo‘li
bilan ko‘payadi va ulardan lichinkaning keyingi bosqich lichinkasi- rediyalar hosil
bo‘ladi. Rediyalar ham yana partenogenez yo‘li bilan ko‘payib, yangi dumli
lichinkalar serkariylarni hosil qiladi. Yetilgan, serkariylar mollyuska organizmidan
suvga ajralib chiqib dumlari yordamida erkin suzib yuradi. Tezda biron - bir
predmetga yopishib dumini tashlaydi va sistaga o‘ralib adoleskariyga aylanadi.
Adoleskariylar invazion lichinka hisoblanib, o‘t – xashak bilan hayvon
organizmiga tushib, uni zararlaydi. Fassiolalarni jigarda shakllanib voyaga etishi
uchun 2-4oy vaqt ketadi. Ular o‘t yo‘llarida 9 yilgacha yashashi aniqlangan.
Markaziy Osiyo sharoitida trematodalardan ikki tur fassiolalar, lansetsimon
so‘rg‘ichlar, oshqozon va turkiston qon so‘rg‘ichililari uchraydi.
O‘zbekiston sharoitida tarqalgan termatodalarning tarqalishi, biologiyasi,
ekologiyasi, chaqiradigan kasalliklari va keltiradigan zararlari akademik
J.A.Azimov va professor B.S. Salimov hamda ularning shogirdlari tomonidan
chuqur o‘rganilgan va ular bo‘yicha yangi tadqiqotlar olib borilmoqda..
Dostları ilə paylaş: |
|
|