42
9-M A SH G‘ U L O T
Mavzu:
Sinf Nematodalar – Nematodes
Darsning maqsadi.
Birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar tipining
xarakterli xususiyatlari bilan tanishib chiqish. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida
parazitlik qiluvchi ayrim nematodlarning tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Askaridaning tashqi va ichki organlarini aks ettiruvchi
jadvallar, ho‘l preparatlar (ot paraskaridasi, cho‘chqa askaridasi, tovuq
askaridiyasi) mikroskop, quruq mikropreparatlar, askaridalarning tuxumlari.
V A Z I F A
1.
Turli turga oid askaridalarning tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqish.
2.
Erkak va urg‘ochi otlar paraskaridasining tashqi tuzilishi bilan tanishish,
ularni bir biridan farqlash va rasmini chizish.
3.
Askaridaning
ko‘ndalang kesimidan tayyorlangan mikropreparatini
mikroskopning kichik ob’ektivi ostida o‘rganish va sxemasini chizish.
4.
Yorilgan askaridalar yordamida ularning ichki tuzilishi: ovqat hazm qilish,
ajratish va jinsiy sistemasini o‘rganish va sxemasini chizish.
5.
Zoonematodalarning tuxum va lichinkalarining mikroskopda kuzatish.
Askaridaning taraqqiyotini o‘rganish va sxemasini chizib olish.
6.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida parazitlik qiluvchi zoonematodalardan o‘pka
qil qurti – Dictyocaulus F.ilaria, qil bosh gijja – Trichocephalis ovis larni makro
va mikropreparatlar yordamida o‘rganish, erkak va o‘rg‘ochilarini tuzilishiga ko‘ra
bir-biridan farqlash, rasmlarini chizish.
Dostları ilə paylaş: