A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Nazorat uchun savollar
1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun berilgan huquqlarni
tavsiflab bering.
2. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining
mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
3. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qanday
huquqiy asoslari mavjud?
4. O’zbekiston Respublikasi "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va
ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining mazmunini tushuntirib
bering.
5. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi
nizomning mohiyati va mazmuni nimalardan iborat?
6. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi
nizomga muvofiq chet ellik investorlarga qanday kafolatlar va himoya choralariga
ega bo’ladi?
7. Investitsiya shartnomasining tarkibiga nimalar kiradi?
56


8. Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab qanday
shartlar bo’lishi mumkin?
5-bob. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy
asoslari
5.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb
57


qilishning ob’ektiv zarurligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
«Asosiy
vazifamiz

Vatanimiz
taraqqiyoti
va
xalqimiz
farovonligini
yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda
mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSh
dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar jalb
qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan
loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshadi”
6
.
Ushbu
fikrlar
xorijiy
investitsiyalarni
jalb
qilish,
uni
iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ra vishda kengaytirib
borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi cho ralar dasturida
etakchi o’rin tutadi. Quyi dagi raqamlar bu to’g’rida eng ishonchli ma’lumotlarni
beradi: 2009-2014 yillarda modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta
jihozlashga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009 yilning 12 martida
tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun
xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va etakchi xorijiy
kompaniyalarning umumiy miqdori 22 milliard dollardan ziyod kreditlari va
investitsiyalarni jalb etish ko’zda tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19
milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80 dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va
moliyalash bo’yicha aniq manbalar belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar
imzolandi.
Bu sheriklar orasida Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB), Islom
Taraqqiyot banki (ITB) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlari alohida o’rin tutadi.
Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuksak sur’atlarini
ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek,
iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich
modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy
strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining yanada jadal
o’sib borishiga zamin yaratadi.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston
iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur
o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy
islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning
izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan,
jahon bozoriga raqobatbardosh, keng dara jada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan
6
Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – Прeзидeнт
Ислoм Кaримoвнинг 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий
ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги
маърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь.
58


chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy
omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini
ta’minlaydi.
Bu, o’z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki
O’zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qara
tilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish
hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa
— xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyaviy kreditlarni jalb etish
evaziga iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizatsiyalash, uni texnik
va texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat.
Ma’lumki, xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish va
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuqori likvidli raqobatbardosh
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish,
iqtisodiyotning
real
sektorini
jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish imkonini beradi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’tgan 2009 yilda Prezidentimiz qarorlari
asosida respublikada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va
dasturlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etildi.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va
mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi
tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir
ko’rsatmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhimligini e’tirof etish barobarida
uning iqtisodiy mohiyatini anglab etish maqsadga muvofiqdir.
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə