A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


-bob. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishning



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

6-bob. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishning
zamonaviy shakl va usullari
6.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar uchun imtiyozlar
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqyosda jalb qilish,
xorijiy investorlarni o’z mablag’larini mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun sarflashga
qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar
yaratilgan. Ular quyidagi chizmada o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasida yaratilgan imtiyozli moliyaviy sharoitlar
73
Кўрилган зарарларнинг қопланиши учун кафолатлар
Хорижий инвесторлар капиталининг сақланиши учун кафолатлар
Солиққа тортиш тизимида уларга оид белгиланган имтиёзлар
Фойда ва даромадларни хорижга олиб чиқиб кетишнинг эркинлиги


6.1.1-chizma
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator engilliklar,
imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilishi bevosita mamlakatimizda
yuritilayotgan investitsiya siyosatining asosiy negizlaridan birini tashkil etib, o’z
ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, Respublikamizda xorijiy investorlar o’z ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkidan boj to’lovi olinmaydi,
Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarf etilayotgan xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari daromad (foyda) solig’idan 7
yil muddatga ozod etilgan, korxona jamg’armasida xorijiy investitsiya mablag’lari
hissasi 50% va undan yuqori bo’lsa, ular 2 yil muddatga daromad (foyda) solig’idan
ozod qilingan va boshqa soliq imtiyozlari belgilangan.
O’zbekistonda mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish
uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
tadbirlarini (jumladan, imtiyozlarni berish) amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga
asoslaniladi:
" tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni
ko’zlab siyosat yuritish;
" respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora
takomillashtirish;
" respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani etkazib berayotgan va
iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy
investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yuritish;
" mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan, import o’rnini
qoplovchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng
muhim ustuvor yo’nalishda jamlash.
O’zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalarning bir maromda faoliyat
yuritishi va investorlarning huquqlari himoya qilinishi uchun me’yoriy hujjatlar qabul
qilingan. Jumladan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari
to’g’risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya
74

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə