A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə68/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

6 v). Vaziyatli masala



Baholarni belgilash usullari bo‘yicha
«O‘tkir» OTAJ mebellar ishlab chiqaradi. Mebellarning bahosi, ularning turlariga qarab 10 ming p.b.dan 250 ming p.b.gacha. Oxirgi o‘n yillar davomida aksiyadorlik jamiyati mebellarning bahosini belgilashda ishlab chiqarish tannarxi miqdoriga 20 foiz ustama qo‘yish tamoyiliga asoslanib kelmoqda. Xususan, yaqindagina ishlab chiqarilgan mebellarga baho belgilash quyidagicha amalga oshirilgan:

1.to‘g‘ri material xarajatlari


5 000;

2.to‘g‘ri mehnat xarajatlari

8 000;

3.umum ishlab chiqarish xarajatlari

2 000;

jami xarajatlar summasi

15 000;

4.ustama miqdori 20 foiz

3 000;

5.sotish bahosi

18 000;


Mabodo, xaridorlarni baho qanoatlantirmasa, u holda direktor mebel bahosini 5 foizgacha kamaytirishga ruxsat bergan. Shu holda ustamaning miqdori mos ravishda 15 foizni tashkil qiladi.

Aksiyadorlik jamiyatining menejeri baholar va boholarni belgilash bo‘yicha maxsus tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida qatnashib, marjinal foyda usulini yaxshi o‘rganib qaytdi. Menejer, mana shu marjinal usulning ishlab chiqarilayotgan mebellarga baho belgilashda amaldagi usulga qaraganda ancha afzal va samarali bo‘lishi mumkinligini sezdi.


Sarf-xarajatlar byudjetida umum ishlab chiqarish xarajatlari miqdori 150 ming p.b.ni tashkil qilib, uning 90 ming p.b. doimiy va 60 ming p.b. o‘zgaruvchan umum ishlab chiqarish xarajatlaridir.


Talab qilinadi:
  1. Faraz qilaylik, aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarib taklif qilayotgan mebeliga bo‘lgan har ikkala narxni ham xaridor qabul qilmadi, ya’ni mebel 18 ming p.b.ga ham, 15750 (5 foiz chegirma) p.b.ga ham sotilmayapti. Xaridor 15 ming p.b. bahoni taklif qilayapti.


  2. menejer marjinal usuldan foydalanib belgilashi mumkin bo‘lgan eng past sotuv bahosi qancha p.b. bo‘ladi?


  3. ana shu eng past sotuv bahosini xaridor qabul qilsa, u holda foyda summasi qanchani tashkil qiladi?



  1. Direktorning mebelga sotuv bahosini belgilash usuliga qaraganda menejer tavsiya qilayotgan marjinal usulning nima afzalliklari bor?


Bahoni belgilashda marjinal usulning qanday kamchiliklari bor?




    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə