A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Predetermined overhead rate



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə175/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Predetermined overhead rate – umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning oldindan belgilangan koeffitsiyenti. Kelasi davrda mazkur xarajatlarni ma’lum mahsulot, ish, xarajatlarni hisoblash boshqa obyektiga mo‘ljallash uchun oldindan hisoblangan umumishlab chiqarish xarajatlari koeffitsiyenti. Barcha umumishlab chiqarish xarajatlari taxmin qilinayotgan qiymatini texnologik jarayon turidan kelib chiqqan holda, odam-soat, mashina-soat, tayyor mahsulot birligi sifatida qo‘llaniladigan taqsimlash rejaviy bazasiga bo‘lish orqali hisoblanadi.


Prepaid expenses – kelgusi davr xarajatlari (joriy davrga tegishli bo‘lmagan, kelasi davrlarda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to‘langan mablag‘lar miqdori. Odatda, bu - sug‘urtalashga, ijaraga, gazeta va jurnallarga obunaga va yordamchi buyumlarga xarajatlar. Balansning joriy aktivlar bo‘limida joylashgan modda.


Process cost accounting system – xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usuli tizimi. Katta miqdorda mahsulotlar ishlab chiqaradigan yoki uzluksiz ishlab chiqarish sikliga ega korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bo‘yoqlar, kundalik iste’mol mollari, qishloq xo‘jaligi korxonalarida, g‘isht, alkogolsiz ichimliklar, metallurgiya ishlab chiqarishlarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tayyor mahsulot shartli birliklarini hisoblash yordamida hal etiladigan hisobot davri uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini aniqlash (equivalent units) mazkur tizimda asosiy muammoni tashkil etadi.
Processing time – ishlov berish vaqti. To‘la tayyor buyumni ishlab chiqarish uchun zaruriy vaqt haqiqiy miqdori.


Product cost – mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari. Mazkur mahsulotga tegishli barcha ishlab chiqarish xarajatlari. Uchta unsurni o‘z ichiga oladi – bevosita materiallar sarflari, bevosita mehnat xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari. Davriy joriy xarajatlar (period costs)dan farqlash lozim.


Production method – ishlab chiqarish usuli. Muayyan davr uchun uzoq muddatli aktivlarni amalda ishlatish, masalan, bosib o‘tilgan kilometrlar, ishlangan soatlar, mahsulotlar ishlab chiqilgan birliklari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usuli. Shuningdek, Activity-based depreciation, Service basis of depreciation deb yuritiladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə