A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə91/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

5 a). Illyustrativ misol


Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari yangi mahsulot turini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bozorda ana shu mahsulot turiga juda katta talab bo‘lishi kutilayapti. Shu mahsulot turining bir birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning miqdolari quyidagicha bo‘lishi kutilayapti:


Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar:

p.b.da



To‘g‘ri moddiy (material) xarajatlar

18,50



To‘g‘ri ish haqi xarajatlari

4,25



Yordamchi materiallar

1,10



Tijorat xarajatlari

2,80



Boshqa xarajatlar

1,95







Shartli-doimiy xarajatlar:




Jihozlar va binolarning eskirishi

36 000



Reklama xarajatlari

45 000



Boshqa shartli-doimiy xarajatlar

11 400


Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari ishlab chiqarilayotgan bir dona mahsulotni 55 pul birligidan sotmoqchi.

Talab qilinadi:
  1. Marjinal usuldan foydalanib, xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun:


  2. zararsizlikning kritik nuqtasini;


  3. 70224 p.b. foyda olish uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi lozimligini toping.


  4. Yuqoridagi ana shu jadval ma’lumotlaridan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyekt 139520 p.b. foyda olishi uchun qancha mahsulot ishlab chiqarishi lozimligini toping. Faraz qiling, reklama xarajati yana 40 ming p.b.ga o‘sgan.


  5. Faraz qilaylik, 10 ming dona mahsulot turi ishlab chiqilgan. Shu holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt 131600 p.b.da foyda olishi uchun mahsulotni qaysi bahoda sotishi lozim.


  6. Marketing bo‘yicha mutaxassisning fikricha shu mahsulot turini sotish hajmini bir yilda 15 ming donaga yetishi mumkin. Agarda mahsulot birligining bahosi 52 p.b. bo‘lib, shunga to‘g‘ri keladigan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish imkoniyati bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi subyekt 251 ming p.b. foyda olishi uchun reklama xarajatlariga yana qancha qo‘shimcha mablag‘ sarflashi mumkin?




Yechimi:
1. a) Kritik nuqta = 92 400 : (55,00 – 28,60) = 92 400 : 26,40 = 3500

birlik mahsulot;


b) Mahsulot ishlab chiqarish hajmi = (92 400 + 70 224) : 26,40 = 162 624 : 26,40 = 6100 birlik mahsulot.
2. (92400 + 40000 + 139520) : 26,40 = 271920 : 26,40 = 10300

mahsulot birligi.


  1. Bu yerda mahsulot birligining kelajakda sotish bahosini «X», deb belgilab olinishi lozim.



Shunda,
10000 = (92400 + 131600) : (X - 28,60)

10000 x ( X – 28,60) = 224000


10000 x X = 224000 + 286000
X= 51 p.b. (bahosi)

  1. Bu yerda, «X» shartli-doimiy xarajatlar, deb belgilab olinishi lozim. Shunda,


15000 = (X + 251000) : (52,00 – 28,60) = (X + 251000) : 23,40


15000 x 23,40 = X + 251000
X = 15000 x (23,40) - 251000
X= 351000 - 251000 X=100000
Demak, shartli-doimiy xarajatlarning yangi miqdori – 100 ming p.b. bo‘lishi kutiladi.
100 000 – 92 400 (dastlabki shartli-doimiy xarajatlar) = 7600 p.b.. Ushbu summa, reklama uchun qo‘shimcha sarflanishi mumkin bo‘lgan mablag‘ miqdori.

    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə