Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


322 
Sonetlar


*
 
Kim qulay soatda tug‘ilgan ekan, 
Shuhratu davlatdan baland dimog‘i. 
Menga iltifotni tole kim qilgan, 
Menga muhabbatdir baxtlar bulog‘i. 
Shahzoda mahrami, bekning ulfati, 
Vallomat lutfidan sharob ichadi, 
Qachonkim, oftob botib ketadi, 
Kungaboqarning ham zari uchadi. 
Zafarlar erkasi mashhur sarkarda, 
Oxiri urushda engilsa bir kun, 
Butun xizmatlari puch bo‘lar birdan, 
Uning shum qismati sokitlik, surgun, 
Mening unvonimga yo‘q zavol kuni: 
Sevdimu, sevaman, sevarlar meni. 
* * * 
Dunyodan, falakdan bo‘lsam darg‘azab, 
Boshimga kelganda falokat qator, 
Men garang va loqayd samoga qarab, 
Yalinaman, ammo bu hech qilmas kor. 
Sho‘rlik qismatimdan nuqul noliyman, 
San’atda, ijodda sovrinlar olgan, 
Elning arzandasi umidga to‘lgan 
Baxtlilar o‘rnida bo‘lsaydim, deyman. 


323 
Shu damda bexosdan kelasan yodga, 
O‘zim sustligimni qarg‘ayman paqqos, 
Bo‘ysunmay falakka va samovatga, 
Ruhim to‘rg‘ay kabi qiladi parvoz. 
Sening sevging bilan xotirang bilan 
Dunyo shohlarining biridan zo‘rman. 
* * * 
Birov rosa maqtanadi nasabi bilan, 
Birov boylik, birov mulki, bisoti bilan, 
Birov kuchi, birov temir asabi bilan, 
Birov lochin, iskovich it va oti bilan. 
Odamlarda har xil havas, ishqibozlik bor, 
Ammo har kim uchun faqat bittasi afzal. 
Men bir narsa bilan bo‘ldim g‘oyat baxtiyor, 
Faqat o‘sha taqdirimni qila oldi hal. 
Sening sevging qimmatroqdir javohirlardan, 
Qadrliroq erur shohlar toju taxtidan. 
Go‘zalroqdir zarbof libos, oltinu zardan, 
Yoqimliroq ovchilarning omad bixtidan. 
Ha, istasang hammasini olishing mumkin, 
Meni mangu gadolikka solishing mumkin. 
(
Uyg‘un tarjimasi



324 
* * * 
Fe’lingda pinhonki nohaqlik, yolg‘on, –
Oqlamoqqa majbur qilmog‘ing bekor. 
Undan ko‘ra sindir kuchni kuch bilan, 
Makr ila sen meni etma yarador. 
O‘zgani sev, ammo uchrashgan zamon 
Ko‘zlaringni mendan olib qochma hech.
Ishqing saqlaguvchi ko‘ksim beqalqon 
Kipriklaring garchi yalang‘och qilich. 
Ko‘zlaring qudrati o‘zingga ayon, 
Mendan nigohingni uzib, oqibat –
O‘zgalarning ko‘ksin olarsan nishon, 
Ki menga ko‘rsatmoq bo‘larsan shafqat. 
O, shafqatingni qo‘y! Nigohing mayli 
O‘ldirsa o‘ldirsin ishqim tufayli. 
(Yusuf Shomansur tarjimasi) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə