Abdulhamid, [


Pedagogik treningdagi o’tiladigan turli xildagi rivojlantiruvchi o’yinlar



Yüklə 56,77 Kb.
səhifə5/5
tarix08.06.2022
ölçüsü56,77 Kb.
#89103
1   2   3   4   5
Abdulhamid,,

Pedagogik treningdagi o’tiladigan turli xildagi rivojlantiruvchi o’yinlar
Tanishuv bosqichini tashkil qilish. «Kutishlar» bosqichi
Treningni boshlashdan aw al guruh a’zolarining bir-biriga murojaat etish usulini aniqlab olish lozim bo ‘ladi. Bunda trener 4 xil variantni taklif etadi: «Sen», «Siz», «Ism», «Familiya». Odatda, o‘zbek mentalitetida ismini aytib murojaat etilishi kishilar orasida o‘zaro yaqinlik hissini vujudga keltirishi sir emas. Garchi, ba’zi idoralarda ism- sharifi bilan murojaat etish rasman tan olingan bo‘lsada, ism bilangina murojaat etish treningda ko‘pchilik tomonidan tasdiqlansa, har qanday katta mansabda ishlaydigan ishtirokchini ham ismi bilan chaqirish talab etiladi.
Treningdagi «Tanishuv» bosqichini turli xil usulda tashkil etish
mumkin, lekin mohiyat bitta bo‘ladi, ya’ni bu bosqichning mohiyati quyidagicha: Har bir ishtirokchi o ‘zini bu yerda qanday nom bilan atashlarini istasa, shunday atashi mumkin. Shu o‘rinda ular muloqot jarayonida o‘ziga yordam beradigan va halaqit beradigan sifatlarini ham aytishi lozim. Yoki ular quyidagi savollarga javob tarzida ham o‘zlarini tanishtirishlari mumkin: «Yaqinlaringiz sizni nima uchun qadrlashadi?»,
«Aynan qaysi jihatingiz o‘zingizga ko‘proq yoqadi?», «Boshqalardagi qanday hislatlami qadrlaysiz?» va hokazo. Tanishuv bosqichida har bir ishtirokchi o‘zidan oldingi ishtirokchining aytganlarini takrorlashi lozim.
Bu bosqichni ishtirokchilar shunchaki bir-birlarining ismini bilishi bilan bog‘liq boMgan rasmiyatchilik deb qabul qilmaslik kerak. Ishtirokchilaming tanishuv bosqichi — ulaming oMkazilayotgan mashg‘ulotga va ayni paytdagi muhitga moslashish jarayoni boMib, ulardagi hayajon va noqulaylik holatlarini bartaraf etishning eng yaxshi yoMidir.
Mashg‘ulot avvalida trener o ‘zini auditoriyaga tanishtirib, qaysi tashkilot, muassasadan ekanligini aytadi. Boshlovchi haqida ishtirokchilarda paydo boMgan ilk tasaw ur keyingi ishlar natijasiga, trener va gumh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar xarakteriga va albatta, mashg‘ulotning yakuniga, samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Tanishuvda ishtirokchilar doira yoki boshqa shakllarda oMirishlari mumkin.

20

Tanishuv bosqichi quyidagi maqsadlami amalga oshiradi: ishtirokchilar bir-birlarining ismini bilish bilan birga, har bir ishtirokchi o‘zidagi hislatlar haqida o‘ylab ko‘rish va buni ovoz chiqarib aytish imkoniga ega boMadi. «Qor uyumi» o‘yini orqali tashkil etilgan tanishuvda esa qo‘shnisining aytganini takrorlash eshitishning, ayniqsa, o‘zidan oldingi kishini eshitish qiyinligini his qilish imkonini beradi. Ko‘pchilik ishtirokchilar o‘zidan oldingi ishtirokchi nima deganligini eshitmaydi, chunki u eshitishdan ko‘ra o‘zi nima deyishi kerakligi haqida o‘ylaydi. Muhokamada trener tomonidan ishtirokchi «Diqqat markazida» boMganida o‘zini qanday his qilgani so‘raladi.


Tanishuv bosqichini turli usullarda tashkil qilish mumkin. Umuman trening jarayonida ko‘proq quyidagi uch xil usuldagi tanishuv bosqichlari farqlanadi.Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan
juftliklarga boMib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va hokazolaming qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga boMinayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga boMish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga boMinganlaridan so‘ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol-javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o ‘zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo‘nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim boMadi.
Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o‘zi haqida nimalami aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o ‘zi haqidagi maMumotlami videotasmaga tushirib boMganlaridan so‘ng, ulaming hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo‘yib beriladi.
Kartochkalar usuli — har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida nimani tanishtirishni istasa, o‘shani yozadi. Kartochkalami tablichkaga o ‘xshatib hamma o‘z oldiga qo‘yib qo‘yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o‘qib o‘zaro tanishadi.
Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham aytib o‘tish so‘raladi.
Treningning kutishlar bosqichida guruh a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganliklari so‘raladi. Trener ulaming kutishlarini bilib, shunga qarab o‘z ishini rejalashtiradi. Bunda gumh a’zolari aylana bo‘ylab o‘zlarining treningdan kutishlarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chiqishlari so‘raladi. Trener barcha ishtirokchilaming fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron bo‘lmasdan, xayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan so‘nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg‘ulotlami boshlashlari mumkin boMadi.
Ushbu vazifalami amalga oshirishda va turli mavzuga oid boMgan
trening jarayonida quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.
Xulq-atvor me’yorlariga rioya qilish
«Ta’qiqlangan meva».
Maqsad: Oilada, o‘zbek madaniy turmushida ta’qiqlangan xulq- atvor holatlari motivlarini aniqlash.
Materiallar: Quti, «mumkin emas» deb yozilgan ikkita tablichka.
0 ‘yinning borishi: 0 ‘yin 25 minutgacha davom etadi.
1. Boshlovchi qutini xona o‘rtasiga qo‘yadi va uning ikki tomoniga
«mumkin emas» degan yozuvlami qo‘yadi, ushbu yozuv hamma qatnashchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Quticha kun boshlanishidanoq xona o‘rtasiga qo‘yilgani ma’qul, natijada ishtirokchilaming qiziqishi ortadi, o‘yinning asosiy qismiga oMish osonlashadi. Boshlovchi o‘yin boshlanishida ishtirokchilaming qiziqishlarini oshirishi mumkin («Ha, endi, bir qiziq narsa yashirilgan- da», «Keyin ko‘rarsizlar», «Bir narsa bor-da» kabi so‘zlar bilan), lekin qutiga qaramaslik haqidagi ta’qiq o‘z kuchida turishi kerak. Ko‘p hollarda ba’zi bolalar o‘zlarini tiya olmay quti ichiga qarashga urinishadi va ta’qiqni buzishadi. So‘ngra boshlovchi ushbu mashq bilan bogMiq boMgan asosiy qismga o‘tadi va guruhga quyidagicha yo‘riqnoma beradi:
«Xona o‘rtasida kun boshidanoq chiroyli quti turibdi, uning xususiyati shundaki uning ichiga qarash mumkin emas. Bu qutiga nisbatan Sizda biron qiziqish uyg‘ongan boMsa kerak. Kelinglar, kimning ichida nima kechayotganligini tahlil qilib ko‘raylik. 0 ‘z kechinmalaringiz haqida aytib beringlar”.
Tahlil.
Boshlovchi ishtirokchilardan ular nega o‘zini shu xilda tutganligini so4raydi, ulaming harakatlaridagi asosiy sababni aniqlashga harakat qiladi. Ta’qiq haqidagi qoidani buzish qanchalik qiyin boNganligi haqida so‘raydi, o ‘zini tiyib turish oson yoki qiyin kechganligi haqida bilishga urinadi.
0 ‘yin yakuni sifatida odamlar nega ta’qiqlangan xatti- harakatlami sodir etishlari, oilaviy hayotga zid boMgan xatti-harakatlami amalga oshirishlarining sabablari aniqlanadi. Ushbu yakuniy xulosalar kichik gumhlarda ham ishlab chiqilishi mumkin.
« 0 ‘zimizni qanday tutamiz»
Maqsad: Turli xulq harakatlarini ко frib chiqish va ulaming muloqotga tegshli harakatlarining shakllanishiga ta ’sirini aniqlash.
Materiallar: toza qog‘oz, ruchka, qalam, 3 ta suratli plakat va ularga taalluqli hulq harakatlarining izohi.
Materiallarni tayyorlash: Har bir plakatning chap tomoniga u yoki bu hulq harakatini ko‘rsatuvchi tasvir tushirilgan qog‘oz yopishtiriladi. Rasmning yonida ushbu hulqning tavsiflari yozilgan.
Sust (passiv) xulq:
0 ‘z huquqlaringizni ta ’kidlash uchun hech qanday xatti-harakat qoMlamayapsiz.
0 ‘zgalami o‘zingizdan yuqori qo‘yyapsiz.
Boshqalaming xohishiga yon beryapsiz.
Sizni nimadir bezovta qilsa ham indamay turibsiz.
Doimo uzr so‘rayapsiz.
Agressiv xulq:
Boshqalami hech qancha o‘ylamay o‘z huquqlaringizni himoya qilyapsiz.
0 ‘zgalar ustidan hukmronlik qilishga urinyapsiz.
0 ‘zgalami unutib, faqat o‘zingizni o‘ylaysiz.
Boshqalar hisobiga o‘z huquqlaringizga erishyapsiz.
Ishonchli xulq.
0 ‘zgalar huquqini poymol qilmay, o‘z xuquqlaringizni himoya eta olasiz.
0 ‘zingizni va o‘zgalami hurmat qilasiz.
Tinglashni va gapirishni bilasiz.
Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz.
0 ‘zingizga ishonasiz, lekin o‘zgalami «ayblamaysiz».
0 ‘yinning borishi: 0 ‘yin 20 minut davom etadi.
Kirish. K o‘pincha o‘zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy kuchlarga qarshi turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo‘ya vaziyat va xulqlaming ishtirokchisiga aylanib qolamiz. Turli salbiy yo‘llarga kirib ketmaslik uchun biz o‘z xulq-atvorimizni, uning ichki sabablarini yaxshi tushunishimiz, xatti-harakatlarimizni nazorat qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak.Sinf uchta kichik guruhlarga boMinadi.
Hap bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko‘rsatilgan uchta suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining xatti-harakatlari, ichki holatlari va nutq xususiyatlarini izohlab bering (guruhlar ishlayotgan paytda suratlarga taalluqli tavsiflar yopib qo‘yiladi, suratlar esa ochiq qoladi).Har bir gumh tomonidan taqdim etilgan variantlami muhokama qilish.So‘ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflami o‘qib izohlaydi. Boshlovchilar o‘z xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida ko‘rgazmali namoyon etishlari mumkin.
Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko‘rinishlari tasvirlanadi. Ishtirokchilardan esa boshlovchilaming harakatlari, imo- ishora va so‘zlarini kuzatgan holda ushbu xulq ko‘rinishlarining nomlarini to ‘g‘ri topishlari so‘raladi.
Birinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi - sust holatdagi va o‘zi yaxshi tanimaydigan odamdan katta miqdordagi pulni qarz so‘rayapti.
Ikkinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi o‘ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
Ishtirokchilar orasidan ko‘ngilli bir kimsa chaqiriladi va ungaguruhdan sir tutilgan holda u o‘ynashi lozim boMgan rol va shu rolga taalluqli vaziyat aytiladi. Boshlovchi bu vaziyatda o‘ziga ishongan odamning rolini o‘ynasa, guruhning boshqa a’zosi ko‘ngilli boMib agressiv xulqli kimsaning rolini o‘ynaydi.
Shunisi ahamiyatliki, boshlovchi ishtirokchilar orasidan guruh liderlarini va guruh a ’zolari yoqtirmaydigan bolalami ajrata bilishi, tabiatan agressiv va sust xulqli ishtirokchilami aniqlab olishi zamr. Bu hoi ko‘ngillilami aniqlashda juda muhimdir - agressiv xulqli o‘smirlarga sust yoki o'ziga ishongan xulqli rollami taqdim etish ma’qul boMsa, sust xulqli o‘smirlar o‘ziga ishonganlaming rolini o‘ynashadi.
0 ‘smir o‘ziga berilgan rolni muvaffaqiyatli ijro etishi yoki ijro eta olmasligi unchalik muhim emas. Agar bu rolni yaxshi ijro eta olmasa o ‘zi yoki gumh buning sababini muhokama qilishlari mumkin, agarda rol yaxshi ijro etilsa guruh a ’zolari ushbu xulq ko‘rinishi qaysi biriga tegishli ekanligini darrov bilib olishadi.
Ishtirokchilar taqdim etilayotgan xulq ko‘rinishlarini aniqlashadi, o‘z taxminlarini izohlashadi.
«Halokatga uchragan kema»
0 ‘yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o‘zi nima?
Siz buni qanday tushunasiz?» degan savolni o‘rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi o ‘quvchilaming javoblarini flipchata yozar ekan, o ‘quvchilar tomonidan «javobgarlik» so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so‘ng javoblami qo‘shimcha yangi misollar bilan yanada boyittirishga harakat qilishi lozim.
Bu o‘rinda boshlovchi « 0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati»da javobgarlik so‘ziga qanday ta’rif berilganligini aytib o ‘tishi mumkin. Lekin lug‘atdagi so‘zning ma’nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik» tushunchasining izohidan tashqari o ‘z zimmasiga olingan «javobgarlik mas’uliyati», «javobgarlikni o‘z zimmasiga olish», o‘z bo‘ynidan javobgarlikni soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tish kerak.
Lug‘atda «javobgarlik» so‘ziga, biror narsaga javob berish, bo‘yin egish, kafil bo‘lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli o‘quvchilar uchun «javobgarlik» so‘zining ma’nosi, uning kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib, o‘zagi «javob»dan iborat «javobgarlik» so‘zi o‘zbek tilida qadimdan mavjud ekanligini, ba’zi tillarda shu jumladan, ms tilida «javobgarlik» so‘zi XIX asr oxirida paydo boMganligining qayd etilishi, so‘zning ahamiyatini va unga boMgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan o ‘quvchilaming faolligini yanada oshirish maqsadida, so‘zga tegishli izoh bermasdan aw al, o‘rtaga
«Javobgarlik» so‘zi qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo‘lgan? Qani kim javob beradi?», - deb savol tashlash o‘rinli.
«Javobgarlik» so‘zi tushunchasi haqida to‘la-to‘kis ma’lumot berilganidan so‘ng «o‘z zimmasiga javobgarlik olish»ning ahamiyati qayd etiladi keyin boshlovchi tomonidan o‘quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o‘qituvchi tomonidan quyidagi yo‘riqnoma beriladi: « 0 ‘zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek his qiling. Yong‘in tufayli yaxtaning va yuklaming ko‘p qismi nobud bo‘ldi. Yaxta asta-sekin cho‘ka boshlaydi. Zarur jihozlaming ishdan chiqqanligi sababli siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy- g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish mumkin?
Quyida yong‘indan so‘ng butun qolgan va ziyon ko‘rmagan 14 ta
jihozning ro‘yxati berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda ixtiyoringizda eshkagi bor pufakli qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a ’zolarini saqlash imkoniga ega. Shuningdek, bunday holatlarda juda zarur bo‘lgan 4 ta narsa ham omon qolgan. Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta qog‘oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz o ‘zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho‘kayotganlami ham qutqarish mumkin bo‘lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muhim hisoblangan jihoz 1-o‘ringa, keyingi muhim jihoz 2-o‘ringa, undan keyingisi 3-o‘ringa va hokazo qo‘yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlaming o ‘mi belgilanadi. Oqibatda, 14-o‘rinni unchalik ahamiyatiga ega boMmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o ‘z o‘miga qo‘yishingiz kerak bo ‘ladi.
Bunda aslo siz o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni unutmasligingiz kerak». Shundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro‘yxati havola etiladi:
Kompas.
Soqol olish uchun ko‘zgu.
5 litrli suv idish.
Baliq tutadigan to‘r.
Tinch okeani xaritalari.
Havo toNdirilgan yostiq.
2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi.
Kichik tranzistrli radio.
Akulalami qo‘rqituvchi jihoz, rapellent.
Yomg‘ir suvini yig‘ish uchun katta yuzali timqora plastik (kleenka).
Bir necha 80 S li Puerto-riko romi.
Ikki quti shokolad.
25 metr neylon yo‘g‘on arqon.
Bir yashik konserva.
0 ‘quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. 0 ‘quvchilar berilgan vazifani alohida-alohida bajarib bo‘lishganidan so‘ng birgalikda hayot uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo‘ladi.Ulaming umumiy bir to‘xtamga kelishi osonroq bo‘lishi uchun o‘quvchilarga quyidagilami tavsiya qilish mumkin:0 ‘zim-shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo‘lish, ya’ni o‘zini ustun qo‘ymasdan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qarorga ko‘ra javobgarlikni olish;bu qiyin boMsa, umumiy qaroming ma’qul jihatlarinigina qisman qabul qilish;qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlami ko‘rib chiqish.
Butun guruh yuqorida qayd etilganlaming eng muhimlarini
tanlaganidan keyin, shaxsiy natijalami guruh natijaiari bilan solishtirish va tegishli jihozlami tanlab olgan betaraf guruh fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo‘lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat:soqol olish uchun ko‘zgu: U havo va dengiz qutqaruvchilari
uchun signal berish vazifasini o‘taydi;gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin boNgan neft va gaz qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;1 yashik konserva.
«Kemaning halokatga uchrashi» mashg‘uloti tugaganidan keyin boshlovchi o‘z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og‘ir paytlarda yuzaga kelmay, bu sifat har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining asosiy xususiyatlaridan biri bo'lishi lozimligini alohida qayd etadi.
“Men hech qachon maganman”
Ishtirokchilar navbatma-navbat «Men hech qachon maganman», degan jumladan iborat gap aytishlari lozim (masalan,
«Men hech qachon parashyutdan sakramaganman», «Men hech qachon dengizda cho‘milmaganman», «Men hech qachon sigaret chekmaganman» va hokazo). Qolgan ishtirokchilar esa, aytilayotgan gaplar, agar ular uchun noto‘g‘ri bo‘Isa, barmoqlarini bukib boradilar. Ya’ni, masalan, biror ishtirokchi parashyutdan sakragan bo'lsa, bitta barmog‘ini bukadi, keyingi ishtirokchi tomonidan aytilgan gap ham uning uchun noto‘g‘ri bo‘lsa (ya’ni u dengizda cho‘milgan bo‘lsa) yana bitta barmog‘ini bukadi va hokazo. 10 ta gap aytilganidan so‘ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi bukilmasdan qolgan boMsa, o‘sha yutadi. Boshlovchi ishtirokchilami oldindan aytilayotgan gaplar hayotiy bo'lishi lozimligi va barmoqlami adolatli bukish lozimligi haqida ogohlantirishi kerak. Jins xususiyatlarini e’tiborga olmasdan gap aytgan ishtirokchi yutqazadi. Bir xil hayot tarziga ega bo'lgan odam (bukilmagan barmoqlari qancha ko‘p bo'lsa) yutadi, aksincha boy hayotiy tajribaga ega bo'lgan odam (barcha barmoqlari bukilgan) yutqizadi. 0 ‘yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap aytgunlaricha davom ettiriladi.
«Qadriyatlar»
Maqsad: Shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasi tuzilishi muhimligining ahamiyatlilik darajasini his qilish va anglash.Shart-sharoitlar: Mashq tinchlantiruvchi, bir maromdagi musiqasadolari ostida bajarilishi zarur. Bunda matn o'qiyotgan boshlovchi ovozining qanday ohangda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O'yinning borishi:
Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga o‘z hayotlaridagi eng qadrli narsalami ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib chiqishlari so'raladi. Keyin varaqlar shunday aralashtiriladiki, eng qadrlinarsa yozilgan varaq oxirida turishi kerak. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif qiladi. So‘ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasaw ur qilib ko‘rishlarini so‘raydi.
Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanday hissiyot, qanday tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif etiladi. Keyin boshlovchi mo‘’jiza ro‘y berib, qadriyatlami birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e ’lon qiladi va g‘ijimlangan qog‘ozlami birma-bir qaytarib oladi. So‘ng ishtirokchilardan qadriyatlaming yo‘qotilgan paytdagi holati va g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi qadriyatlami hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi. Agar gumh a’zolari qadriyatlami ahamiyatiga ko‘ra 0 ‘rinlarini almashtirgan boMsa, buni ham bayon qilishlari kerak. Mashg‘ulot so‘ngida boshlovchi natijalami muhokama qilib, xulosalami bayon etadi.
Diqqat! Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy
kechinmalami, zo‘riqishlami his qilishlari mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ortiqcha ovozlar boMmasligiga, ishtirokchilaming bir-biriga halaqit bermasligiga va begona odamlaming xonaga kirmasligiga e ’tibor berish lozim. Shu bilan birga boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli bo‘lishi zarur.
«Mumkin emas...»
0 ‘yinning borishi:
Gumh ikkiga boMinadi. Birinchi gumh o‘z istak-xohishlarini bayon qiladi, ikkinchi gumh esa bunga rad javobini berishi kerak. 10 minutdan keyin gumhlar o‘z o‘rinlarini almashadilar. 0 ‘yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin:Men bugun-kechqurun diskotekaga bormoqchi edim.Yo‘q, mumkin emas, kech bo‘lib qoladi.0 ‘yindan so‘ng xohishlami rad qilish uchun qoNlanilgan dalillar, ulaming sabablari va mazmuni tahlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa bo‘ladi: «Asosli va asossiz rad etishlari bor. Ko‘pincha sizga ba’zi taqiqlar asossizday tuyulishi mumkin, biroq ularda ham maqsad, mazmun borligini inkor eta olmaymiz. Agar biz istagimiznega rad etilayotganligini anglasak, tushunsak, bunga ko‘nishimiz osonroq bo‘ladi. Ba’zan o‘zimiz qilayotgan xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin boMgan kechinmalami his qilamiz».
Muloqot mavzusiga tegishli o‘yinlar
«Buzuq telefon» mashqi.
Maqsad: Ma’lumot uzatishdagi buzilishlami anglash.
Ma’lumotni anglangan holda idrok qilish va faol tinglash uslubini o‘zlashtirish.
Yo‘riqnoma: «Ushbu mashqimizda 6 kishi ishtirok etishi kerak. Bunda 5 kishi xonadan tashqarida poylab turadi, 1 kishi esa xonada qoladi. Men xonada qolgan odamga og‘zaki topshiriq aytaman. Bu odam iloji boricha hamma topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga) odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi to‘rtinchisiga va hokazo. Biz esa ma’lumotlar qanday uzatilishini kuzatib turamiz. Keyin esa xuddi shu jarayonni muhokama qilamiz».5 ta o‘quvchi xonadan chiqqanidan keyin boshlovchi qolgan 1 kishiga quyidagicha topshiriq aytadi: «Siz maktab direktorining muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilovich Sizni ancha kutdilar. Lekin, kelmaganingizdan so‘ng, sizga men orqali topshiriq aytib ketdilar. U kishi hozir bizga Yaponiya apparaturasini olish uchun hujjatlami rasmiylashtirishga ketdilar, u yerdan chiqib kengaytirilgan yig‘ilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12 gacha kelmasalar, o‘qituvchilar majlisini o‘zingiz o‘tkazar ekansiz. Bu majlisda 8 «b» sinfhing davomatini ko‘rib chiqish kerak. Keyin soat 15.00 da maktabimizga Polshadan kelayotgan mehmonlami kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya» bilan 1 ta«Damas» avtomashinasini chiqarish kerak ekan. Yana aytdilarki, soat 17.00 da XTBning ijtimoiy ta’minot bo‘limidan go‘sht keltirisharkan. Hamma o‘qituvchilarga 2 kilogrammdan go‘sht tarqatib, direktoming ulushini xolodilnikka solib qo‘ysangiz, o‘zlari kelib olib ketar ekanlar».
Shundan so‘ng ma’lumotlar birin-ketin kirib kelayotgan o‘quvchilarga uzatila boshlaydi.
Mashq so‘ngida odatda ma’lumotning buzilishi kuzatiladi.
Mashqda ishtirok etgan o‘quvchilar video yordamida ma’lumotmazmunini bilib oladilar. Shundan so‘ng o‘quvchilarga har qanday ma’lumotni birinchi manbadan olish zaruriyati aytib o‘tiladi. Ma’lumotlaming bir kishidan ikkinchi kishiga o‘tishi natijasida u qanchalik o‘zgarib ketishi paydo bo‘ladigan mish-mish gaplarga asos bo‘lishi uyushtiriladi.
Ma’lumot uzatishdagi xatolami bartaraf etish maqsadida faol
tinglashni o‘rganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yo‘riqnomasiga ko‘ra hamma o‘quvchilar uch kishilik guruhlarga bo‘linadilar. Bu guruhdagi uch o‘quvchi uch xil rolda ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi.
Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqeani aytib beradi va tinglovchi
bu voqeani iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi kerak Nazoratchining vazifasi yo‘l qo‘yilgan xatolami aytishdan iborat. Guruhdagi har bir ishtirokchi uchta roldan birortasida ishtirok etishi shart. Ushbu mashqni bajarish orqali ishtirokchilar verbalizatsiya, ya’ni faol tinglash metodini o‘zlashtiradilar.
Shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish usullari
Maqsad: Rolli o‘yin orqali hamkorlik munosabatlari haqidagi tasawurlami shakllantirish.
Boshlovchi 10 ta o‘quvchini xonaning o‘rtasiga taklif etadi. Ular ikki qator bo‘lib, bir-birlariga qarama-qarshi turishadi va ular oldiga yo‘riqnomaga binoan vazifa qo‘yiladi.
Yo‘riqnoma: «Tasawur qiling, siz ikkita maktabning vakillarisiz. Yaqinda fizika fanidan ikki kunlik olimpiada bo‘lishi kerak, lekin olimpiadaning qaerda boMishi hali aniq emas. Birinchi qator - A tomon - birinchi maktab vakillari, ikkinchi qator esa - V tomon - ikkinchi maktab vakillari. Olimpiada kimning maktabida o‘tishi hozirgi sizning harakatingizga bog‘liq. Har bir tomondagi o‘quvchi iloji boricha qarshisidagi sherigini turli xil va’dalar, takliflar bilan o‘z tomoniga og‘dirib olishga harakat qilishi kerak. Lekin bu muloqot so‘zsiz - imo- ishoralar yordamida o‘tishi kerak. Qaysi tomonga o'tilsa, olimpiada shuning maktabida o ‘tadi. Buning uchun sizga ikki minut vaqt beriladi».
0 ‘quvchilaming muloqoti tugagandan so‘ng bajarilgan vazifa tahlil etiladi. Ishtirokchilar joylariga o‘tirganlaridan keyin boshlovchi bo‘Iib o‘tgan yechim variantlarini flipchatga yozadi. Ushbu muzokaradagi munosabatlar quyidagicha boMishi mumkin.
A-В. A tomon В tomonga o‘tadi va В joyida qoladi. Munosabatlaming bu turi В nuqtai nazaridan qaraganda raqobat deb ataladi.
A-В. A tomon joyida qoladi, В tomon esa A tomoniga o‘tadi. В nuqtai nazaridan qaraganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi.
A-В. A ham В ham bir-biHarming tomoniga o‘tishmaydi va o‘z joylarida qolishadi, bu xil munosabat passivlik, ya’ni masalani hal etishdan qochish deyiladi.
A-В. To‘rtinchi munosabat tipi kompromiss deb ataladi. Bizning misolimizda olimpiada uchinchi bir maktabda o‘tkazilishi taklif etiladi.
A-В. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muammo ikkala tomonning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi. Ya’ni olimpiadaning bir kuni bir maktabda, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda o‘tadi. Bu holda ikkala tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi tomon o‘zini kamsitilgan deb his etmaydi.
Bu mashq xulosasiga ko‘ra, muloqotning hamkorlik uslubi eng
samarali va konstruktiv bo‘lib hisoblanadi.
Mashg‘ulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilardan biron-bir nizoli, muammoli vaziyatni aytish so‘raladi. Ushbu nizoli vaziyatning turli yechimlari o‘quvchilardan so‘raladi va har bir taklif etilayotgan variant biron munosabat turiga taalluqli deb topiladi.
Odatda, muammoli vaziyat yechimlaridan hamkorlikka taalluqli boMgan variant nizoni hal etishdagi konstruktiv yo‘l bo‘lib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni tahlil etish orqali о‘quvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi.
«Avtobusda»
Maqsad: 0 ‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlami ijobiy rivojlantirish.
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o‘ynaydi, qolganlar esa yoMovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o‘rindiqni egallab olib, birida o‘zi o‘tiribdi, biriga esa magnitofonini qo‘yib olgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Yo‘lovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o‘tirishga harakat qilib ko‘rishi kerak. Shart shuki - maqsadga janjalsiz erishish lozim.
«Avlodlar o‘rtasidagi nizo»
Maqsad: 0 ‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlami ijobiy rivojlantirish.
Bunda uch kishi ishtirok etadi - yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar o‘rtasida «Eh, hozirgi yoshlar...» qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Hay’at a’zolari har bir o‘quvchining harakatini baholab boradi.
«Orqadagi yozuvlar»
Ishtirokchilaming orqalariga varaq mahkamlab qo‘yiladi. Hamma ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib, uning orqasidagi qog‘ozga bu odamning nimasi o‘ziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish ham mumkin. Masalan, o‘sha odamda nimani o‘zgartirishni xohlashini yozishi mumkin.
Informatsiyani (ma’lumotni) so‘zsiz uzatish
Bu o‘yinda boshlovchi yo‘naltirib tumvchi rolini bajaradi. Boshlovchi shunday tushuntirish beradi: «Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan odamning vazifasi - guruh unga aytmoqchi bo‘Iayotgan ma’lumotni anglab olishdan iborat».
Boshlovchiga eslatma: odatda o‘smirlar o‘yin muhitidan nojo‘ya xatti-harakatlami bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu o‘yinda nojo‘ya harakatlar boMishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan sho‘xlik va hazil-huzul uchun foydalanmoqchi bo‘lsa, uni o‘ynayotgan guruhning o‘zi tartibga keltirib qo‘yishi kerak. Bu usulning muhim ta’sir kuchiga egaligini hisobga olib, uni jamoatchilikdan holi va shovqin kam bo‘lgan maxsus xonalarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ishtirokchilaming hammasi doira shaklida o‘tirishadi. Qo‘llar bir- biriga birlashtirilgan bo‘ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki o‘ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo‘shqo‘llab qo‘l uzatadi. Unisi esa qoMlarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetgunicha shu holda davom etadi. Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko‘tarilishini ko‘rasiz!
Bu o‘yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun foydalidir.
Aziz mehmon o‘yini
Maqsad: a) shaxsning va xususan, protogonist (mehmon) shaxsining guruh tomonidan hurmat qilinishini tasdiqlash; b) guruhda odam bilan muomala qilish san’atini shakllantirish; v) bevosita (o‘yinni amalga oshirish orqali) guruhdagi ayrim ishtirokchilaming protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish.
Bu o‘yinda protogonist sifatida guruhdagi eng ko‘zgatashlanmaydigan, sust o‘smir tanlanadi.
Boshlovchi o‘yinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Hozir bir kishi tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib turadi. Qolganlardan 7 kishini biz har bir o‘yin qatnashchilarining ishtirokini va xulq-atvorini baholash uchun (5 balli sistemada) hakam sifatida saylaymiz. Vazifangiz nimadan iboratligini bilib oling: eshik ortidagi kishi - bizning eng aziz mehmonimiz. Tasawur qiling, u bizning respublikamiz uchun do‘st mamlakat boNgan AQSh davlatining vakili bulib, 0 ‘zbekiston va Amerika o ‘rtasida mustahkam aloqalami yo‘lga qo‘yish uchun tashrif buyurgan.
Ishtirokchilardan biri mehmonni chaqiradi, shu bilan birga unga hamrohlik va taijimonlik ham qiladi. Qolgan ishtirokchilaming har biri mehmon bilan ko‘rishishga, undan nimanidir so‘rashga, unga nimalamidir gapirib berishga harakat qilishi kerak, chunki mehmon zerikib qolmasligi kerak. Hakamlaming vazifasi: qatnashchilaming ishtirokini kuzatib borib, kimda-kim mehmon bilan quruq, betakalluf, soxta, xushomadgo‘ylarcha va odobsizlarcha munosabatda boMsa, ulaming ballarini tushirishdan iborat. Odobsizlar va ballari past bo‘lganlar o‘yindan chiqariladi. Hakamlar har bir ishtirokchining o‘rtacha bahosiga qarab, uning o‘zaro munosabatga kirishish qobiliyatiga baho beradilar».
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakamlar hay’at a’zolarini, hamrohlik qiluvchi (taijimon)ni va «mehmon»ni tanlaydi. Hamrohlik qiluvchi xonadan chiqib ketadi va bir ozdan so‘ng «mehmon»ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni doira shaklida o ‘rab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha 0 ‘tiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan ma’lum boNgan kulguli narsalar (mehmon bilan «chet tilida gaplashish» va muloqotning odatlanilmagan usuli) o‘yinga zavq bag‘ishlaydi, kulgu uyg‘otadi, lekin ta’kidlangan jiddiylik yo‘qolmaydi. Tajribalarda ma’lum bo‘lishicha, protogonist bilan muloqotda boMuvchi shaxslar o‘z munosabatlarida xazilomuz, kulguli harakatlami ham qo‘llaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar tomonidan ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qo‘yadilar. Shunday vaziyat kuzatilganda, o‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilaming bu xil (noo‘rin) harakatlarini yengilgina bo ‘lsa ham ta’kidlab o‘tishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan bosh qotirib o‘tirish shart emas, balki ishtirokchilar buni o ‘yin jarayonida o‘ylab topishlariga imkoniyat yaratish kerak.
«Avtobus» o‘yini
Maqsad: muloqot mazmunini shaxsning noverbal harakatlaridan anglash imkoniyati haqidagi tushunchalami shakllantirish. Noverbal komponentlar: imo-ishora, mimika va hissiy holatlami o‘qiy olish qobiliyatlarini aniqlash.
Boshlovchi ishtirokchilarga insonning muloqot jarayoni qanchalik boy ekanligi, u faqatgina og‘zaki muloqotdan iborat boim ay, balki so‘zlar yordamisiz uzatiladigan ma’lumotlarga ham boy ekanligi haqida aytib o‘tadi. So‘zlar yordamisiz uzatiladigan ma’lumotlar muloqotdagi noverbal komponent deyiladi. Bu xil komponentlami: imo-ishoralar, mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini muloqotga kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil komponentlami zehn bilan kuzatish va tushunish natijasida ko‘pincha suhbatdoshimiz ayta olmaydigan mayl, istaklari haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Bu xil harakatlami kuzata olish qobiliyati inson ichki olamida yuzaga kelayotgan noroziliklami oldindan sezish, suhbatdoshini
«yarimta» gapidan tushuna olish imkoniyatini beradi. Natijada, muloqot jarayonida bu xil omillami hisobga olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi va o‘zaro tushunish hissini keltirib chiqaradi.
0 ‘quvchilarda bu xil bilimlami mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif etiladi. 0 ‘quvchilar ikki qator bo‘lib bir-birlariga qarama- qarshi holda yuzma-yuz turadilar. Har bir o‘quvchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi.
Yo‘riqnoma: Tasavvur qiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga harakatnayotgan avtobusda ketayapsizlar. Avtobus oynasidan boshqa avtobusda kelayotgan tanishingizni ko‘rib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlaming o‘sha tanishingizga biron zarur, muhim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga o ‘z fikringizni tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar o‘z suhbatdoshingizni imo-ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak.
0 ‘quvchilar mashqni bajarib boMganlaridan so‘ng, boshlovchi har bir guruh ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat qiladi:
«Sherigingiz bermoqchi bo‘lgan ma’Iumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa «Siz aslida nima demoqchi edingiz?», deb so‘raladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal imo-ishora va xatti- harakatlar individual xususiyatga ega boMishi bilan birga umumiy tomonlarga ham egaligi ta’kidlab o‘tiladi. Muloqot davomida bu jarayon ishtirokchilaming nafaqat so‘zlari, balki xatti-harakatlari, yuz ifodasi, tovushidagi intonatsiyalami o‘qiy olish zarurligi haqida xulosa chiqariladi.
TANISHUV O4YINLARI
Boshlovchi ko‘rsatmasiga binoan uning o‘ng yoki chap tomonida turgan ishtirokchilardan bittasi o ‘z ismini aytadi. Dddnchisi esa birinchi ishtirokchining va o‘zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va o‘zining ismini aytadi. Shu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh a’zolarining hammasini va o‘zining ismini aytadi. Guruh a’zolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi.
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi o‘ziga taxallus (gul, meva, badiiy qahramon, planetalar nomi kabi) o‘ylab topib, keyin o‘sha taxallus bo‘yicha o‘zini tanishtiradi. Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash, emotsional tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin.
«Olma»
Qatnashuvchilar davra qurib o‘tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim... Men ...ni yaxshi ko‘raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)», - deydi va olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o‘z navbatida o‘zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. 0 ‘yin barcha ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib bo‘lgunlariga qadar davom etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo'lgan jumlalar:
Men ... yaxshi ko'raman (kishini ismi ham bo'lishi mumkin). Bolaligimda yaxshi ko'rgan ovqatim ... (kasha) edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) - ...
«Ismlar-fazilatlar»
Bu o'yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko'tarish, ishtirokchilar o'zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan, Rashid - rostgo'ylik, Murod — mardlik va hokazo).
«Juftlik asosida tanishuv»
Ishtirokchilar juft-juft b oiib 10 minut davomida bir-birlariga o'zlari haqida ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir- birlarini tanishtirgunlariga qadar davom etadi.
AHILLASHTIRUVCHI O'YINLAR
«Botqoqlik»
Buning uchun kartondan yasalgan o'irtacha kattalikda «likopchalar» kerak bo'ladi. Ulaming soni 9 ta bo'lishi kerak. Guruh a’zolari qator bo'lib, birin-ketin «tarelka»larga oyoq qo'yib, botqoqlikdan o'ta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi gumh a’zolari) qaroqchi «timsoh»lar yuradi. «Timsoh»lar «tarelka»lami olib qo'yishga shay turadila. Maqsad har bir gumh a’zosi «tarelka»lardan oyoq uzmasligi, hech bo'lmaganda bir oyoqning uchi bilan ulami bosib turishi kerak. Agar gumh a’zolari ittifoq bo'lib harakat qilsalar, mag'lubiyatsiz botqoqlikdan o'tadilar, bironta «tarelka»ni «timsoh»ga bermaydilar.
« A v to b u s »
Ishtirokchilar ikki guruhga boMinadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o ‘rindiqlari sifatida stullardan foydalanish mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib o‘tiradilar. Hamma ikki avtobusga joylashib boMgach, boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, u buzilib qolganligini ma’lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga o‘tishi kerakligini aytadi. Bu o‘yin ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni rivojlantirishga yordam beradi.
«Toping-chi, bu kim?»
Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a ’zolaridan kimningdir 10 tadan kam bo‘lmagan xarakter xususiyatlarini qog‘ozga yozadi. Lekin kim haqda yozganligini, hatto o‘g‘il yoki qiz bolaligini ham hech kimga aytmaydi. Qolgan ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqda ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh gap kim haqida ketayotganligini qanchalik tez topsa, uni ta’riflagan ishtirokchi mohir odam sifatida rag‘batlantiriladi.
«Orqama-orqa»
Ishtirokchilar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a ’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, «orqa» deydi. Shunda ishtirokchilar o‘zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. 0 ‘ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o‘rtaga chiqadi va o ‘yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini aytadi (masalan: qo‘l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo).
«G‘aram», «tepalik», «so‘qmoq»
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga boMinadilar. Har bir guruh a’zolari bir-birlarining qoMlaridan ushlab, davra quradilar. 0 ‘yin ishtirokchilarining o‘ng tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So‘qmoq» deyilganda ishtirokchilar bir qator bo‘lib o‘tirib olishlari kerak. «G‘aram» deyilganda har bir guruh 2 kichik guruhga boMinadi va bir-biriga yuzma-yuz bo‘lib, qo'llarini birlashtirib yuqoriga ko‘taradilar. «Tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir qator bo‘ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o‘tirib oladi, natijada tepaliklar ko‘rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib, eng ko‘p ball jamg‘argan g‘olib, deb topiladi.
«Qaerga, qaerga?»
Gumh a’zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o‘z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so‘ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o‘rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamiar bilan nomlangan ishtirokchilar «qaerga, qaerga?» deb bir-birlarining o‘rinlariga o‘tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o‘yinni davom ettiradi.
Yüklə 56,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə