Abdulla Avloniy asarlarida ta’lim va tarbiyaga oid qarashlar Nodira Saidova



Yüklə 266,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.03.2023
ölçüsü266,11 Kb.
#103296
  1   2   3
abdulla-avloniy-asarlarida-ta-lim-va-tarbiyaga-oid-qarashlar (1)



Abdulla Avloniy asarlarida ta’lim va tarbiyaga oid qarashlar 
Nodira Saidova
 
Buxoro davlat universiteti 
Annotatsiya: 
Avloniy hayoti va ijodi haqida maktab darsligida berilgan. Bu 
maqolada Avloniy haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi. Bu ma’lumotlar o’zbek 
adabiyotining buyuk allomasi - Avloniy hayoti va ijodining yorqin qirralarini, uning 
pedagogik faoliyatini, adabiyotga qo’shgan hissasini kengroq ochib berishga yordam 
beradi. 
Kalit so’zlar:
darslik, muallim, maktab, vatan, jaholat, g’aflat istiqbol axloq, 
tarbiya, odob. 
Thoughts on education in the works of Abdullah Avloni
 
Nodira Saidova
 
Bukhara State University
Abstract: 
About Avloni's life and work is provided in the school textbook. This 
article provides additional information about Avloni. This information will help to 
reveal more about the life and work of the great scholar of Uzbek literature - Avloni, 
his pedagogical activity, his contribution to literature. 
Keywords:
textbook, teacher, school, homeland, ignorance, future ethics, 
upbringing, manners. 
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun-
mohiyatiga ko’ra asosiy e’tibor ta’lim sifati va ta’lim beruvchining har tomonlama 
mukammal bo’lishiga qaratilgan bir paytda, bilimlar poydevori sanalgan maktab 
asosiy o’rin egallaydi. Maktab bu-kichik bir boshqarma. Unda ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchining o’ziga xos bo’lgan talab va majburiyatlari mavjud. Zamonaviy 
o’qituvchi eng avval mas’uliyatli va namunali muomala odobiga ega bo’lishi lozim. 
Shu bilan birga o’quvchilarini seva olishi, ya’ni bolajon bo’lishi, o’quvchisining 
tuyg’usini his qila olish darajasida psixolog bo’lishi kerak. 
Barkamol va har tomonlama salohiyatli yoshlarni tarbiyalash masalasi har bir 
ijodkor asarlarining bosh g’oyasi sanaladi.Bolaning shaxs sifatida voyaga yetishi eng 
birinchi oilaga borib taqaladi. U asosan oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida 
shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tayanchi sanaladi. Har bir yoshni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
562


shunday tarbiyalash zarurki, toki u yaxshi o’qishi bilan eng yuksak pog’onaga 
ko’tarilsin. 
Odob-axloq, tarbiya tushunchalarini o’z asarlarining asosiy poydevori sifatida 
ilgari surgan, o’zbek dramaturgiyasi va teatrining yangicha maorifi va matbuotining 
asoschilaridan sanalmish Addulla Avloniy 1878-1934 yillarda yashab ijod etgan. 
Arab va fors tillarini yoshlikdagi mustaqil mutolaa vaqtida egallagan. Hijron taxallusi 
bilan she’rlar bitgan. Avloniy matbuot ishlarida faol ishtirok etish bilan birga 
“Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud 
axloq”, “Ikkinchi muallim” kabi darslik va o’qish kitoblarini yaratgan. Adibning 
“Ikkinchi muallim” kitobi “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Mazkur 
kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi. Ijodkor o’z she’rida maktabning 
ulug’ dargoh ekanligiga urg’u beradi: 
Maktab sizni inson qilur, 
Maktab hayot ehson qilur 
Maktab g’ami vayron qilur 
G’ayrat qilib o’qing o’g’lon!
Maktabdadur ilm-u kamol 
Maktabdadur husn-u hilol 
Maktabdadur milliy xayol 
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon! 
Shoir bu misralar orqali maktabni insonning najotkori, kishilarni komillik va 
kamolot sari yetaklovchi kuch sifatida talqin qiladi. Jumladan, shoirning “Ikkinchi 
muallim” dagi “Maktabga da’vat” she’rida ham muallif bevosita yosh kitobxonga 
murojaat qilib yozadi: 
Boqdi Gunash panjaradan bizlara, 
Yotma deyur barcha o’g’il qizlara. 
Nolayi faryod qilib barcha qush: 
Maktabingiz vaqti,-deyur sizlara. 
Boshladi har kirn o’z ishin ishlara, 
Siz-da turing, maktabingiz izlara. 
Siz-da kitoblarni(ng) oling shavq ila, 
Tez yuguring ilm yo’lin gezlara. 
Shoir ta’kidida tongning otishi,shirin uyqudan ko’z ochishi o’z va ramziy ma’no 
kasb etgan. Avvalo, saharda chiqqan quyosh o’zining harir ro’molini endigina olgan 
bir paytda, panjaradan mo’ralab, uxlab yotgan bolakayni o’z nurlari bilan erkalab 
uyg’otishi, shuningdek, tong qushlarning parvozi, chug’urchiqlanishi, bolariyu 
buzoqlarni erta uyg’otib, kundalik “mashg’ulotiga undagani kabi kichkintoy o’g’il-
qizlarga ham kitob-daftarni qo’lga olib, ilm yo’lini izlashga da’vat etayotgani 
anglashiladi. Bundan tashqari, she’r mazmunida jaholat va g’aflat uyqusidan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
563


uyg’onish, o’zligini anglash tuyg’usi,milliy g’urur va iftixor tuyg’usi ham mavjud. 
Shoirning “Ikkinchi muallim”dagi “Maktab” she’rida ham yosh kitobxonlar - maktab 
o’quvchilariga murojaati seziladi: 
Maktab uyi-dorul-omon, 
Maktab hayoti jovidon, 
Maktab safoyi qalbi jon, 
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon! 
She’rda maktab tinchlik, omonlik uyi, hayot manbai, qalblarga yaxshilik, 
ravshanlik keltiruvchi joy sifatida tasvirlanishi bilan birga, u axloq-odob uyi, 
Allohning ehsoni va bir ajib gulshan sifatida talqin etiladi. Muallifning “Maktab 
gulisnoni” kitobidagi “Maktab” she’rida ham ushbu fikrlar mantiqan davom etadi: 
Firdavsi jinon maktab, nodonlarajon maktab, 
Bilgan kishiga qadrin, bir dorulomon maktab. 
Johillara g’am maktab, yalqovlara kam maktab, 
Husnixat kishilarga chin ruhi ravon maktab. 
Jonim, o’qungiz maktab, boru yo’qingiz maktab, 
Sizlar uchun, avlodim, bog’u guliston maktab. 
Shunga o’xshash, “Maktab” nomli she’r A.Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy 
she’rlardan 2-juzv” kitobida ham uchrashi bejiz emas. Unda maktab ta’rifining 
yanada yangi qirralari bo’rtib turadi: 
Maktabdur oftobi jahon, saodating, 
Maktabdur osmoni zamon, sabovating... 
Maktab nasimi subh kabi fikra jon verar, 
Maktab hayoti ziynatidur odamiyating... 
Avloniy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar maktab darsliklaridan ham o’rin 
olgan. Ko’rinadiki, she’rlar mavzu jihatdan bir, ammo ularning talqini, badiiy ifodasi 
murakkablasha borgan. Birinchi she’rda shoir yosh kitobxonni o’qishga, ilm- 
ma’rifatga targ’ib qilsa, ikkinchi she’rda maktabning kimlarga foydayu, qanday 
kishilarga zarar ekani qiyoslanadi; uchinchi she’rda esa maktabning alohida 
manfaatlari xususida emas, balki millat, xalq va yurtga keltiradigan foydalari tilga 
olinadi. 
A.Avloniy bolalarga samimiy fikrlarini o’ynoqi satrlarda tasvirlash bilan birga, 
Vatan va uning qismati bilan bog’liq jiddiy mulohazalarni-da bayon etadi. Jumladan, 
“Vatan” nomli she’rida ona-yurtning noz-ne’matlari, boyliklari ta’rif- tavsif etiladi. 
Shu bilan birga, onaday aziz, mushfiq go’sha haqidagi qayg’uli nola yangraydi: 
Chunki bola tarbiyasida vatanparvarlik g’oyalari muhim o’rin tutadi. Ijodkor vatanni 
onaga qiyoslaydi. O’z onasini ardoqlagan,uni himoya qila olgan bolagina vatanini 
ham yovuz kuchlardan himoya qila oladi degan fikrni ilgari suradi. 
Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan! 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
564


Javlon urib yashaydurgon xonamizsan! 
Seni sotmoq mumkinmidur, o’zing o’yla, 
Tiling bo’lsa, hasratlaring tuzuk so’ylaL
Sotib-sotib qoladurmiz g’amga botib, 
Boyqush kabi vayronada yotib-yotib. 
Shoir o’tmishda ma’rifat gulshani bo’lgan yurtimizning jaholat botqog’iga 
botganidan afsuslar chekib, vatanimiz tobora vayronaga aylanayotgani, ilm- 
ma’rifatga oshno qalblargina bunday balodan qutulishini ta’kidlaydi. Shu ma’noda 
shoirning “Ilmga targ’ib”, “Jaholat”, “Istiqboldan orzularim”, “Millatga salom” 
she’rlari millat farzandlariga xitob tarzida bitilgan. Umuman, A.Avloniy “Birinchi 
muallim” va “Ikkinchi muallim” kitoblarida yosh kitobxonlar tafakkuriga mos ilm 
xosiyati va ilmsizlik oqibati to’g’risida pandnoma tarzidagi satrlami bitgan bo’lsa, 
“Maktab gulistoni”dagi she’r, hikoya va masallarda ijtimoiy dolzarb muammolami 
ham qamrab olishi oydinlashadi. Ayniqsa,”Saxiylik” va “Baxillik” nomli hikoyalari 
maktabda tahsil olayotgan bolalar duyoqarashida katta ta’sir ko’rsatadi. Birinchi 
hikoyada Said ismli bolaning maktab yo’lida bir faqir kishini uchratib qolganligi va 
yoshgina bolaning bag’ri kengligi hikoya qilinadi. Bu voqeadan xabar topgan otasi 
Saidni mukofotlaydi. Bu o’rinda bola tarbiyasida saxiylik va bag’rikenglik g’oyalari 
tarannum etiladi.Ikkinchi hikoyada esa baxillikning yomon oqibatlari bir badavlat 
kishi misolida talqin etiladi, uning baxilligi, ziqnaligi va pastkashligi qoralanadi. 
Bunday asarlar orqali yosh avlodni ma’rifatga da’vat etish bilan birga, ularni 
vatanparvar, o’z millatiga, yurtiga sadoqatli qilib tarbiyalash maqsadi yetakchi o’rin 
egallaydi. Umuman olib qaraganda, adabiyot pedagogika fani bilan uzviy bog’liq. 
Adabiyotda yozilgan har qanday asar mazmunida kelajak avlod tarbiyasi yotadi. 
XULOSA 
Ushbu maqola o’zbek adabiyotining buyuk allomasi - Avloniy hayoti va 
ijodining yorqin qirralarini, uning pedagogik faoliyatini, adabiyotga qo’shgan 
hissasini kengroq ochib berishga yordam beradi. Shu bilan birga, maktab darsligida 
mavjud bo’lmagan qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu uchun bu maqola 
ahamiyatlidir. 

Yüklə 266,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə