Abdulla avloniy ning ilmiy pedagogik fikrlari. Reja: Kirish Taniqli o’zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy


Abdulla Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda katta xizmati



Yüklə 27,29 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü27,29 Kb.
#153564
1   2   3   4   5
ABDULLA AVLONIY NING ILMIY - PEDAGOGIK FIKRLARI.

Abdulla Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda katta xizmati
Abdulla Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir.
1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, «Turon» truppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini qo’yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Avloniy 1914-1916 yillari Farg’ona vodiysida gastrollarda bo’ladi.
Abdulla Avloniy 1917 yil to’ntarishisha qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg’or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda o’qitadigan «Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o’qitdilar. Ular o’z millatlaridan etuk olimlar, bilimdon mutaxasislar, madaniyat arboblari etishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o’quv asbob-jihozlarini o’zgartirdi, o’z qo’li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag’al kishilarning bolalari bo’lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do’stlarning ko’magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o’zi rasilik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do’konini ochadi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga ko’ra mashg’ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o’z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o’z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralaridan shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo’l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug’i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qish-yozishni o’rgatarmish, jug’rofiya, hisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’qitilarmish»,-degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik.
Maktab pastakkina, nim qorong’u bo’lib, masjid yo’lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Hayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho’qqi soqolli bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Abdulla Avloniy edi. O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo’shab, Mirobotdagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyati, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug’lab, o’z xalqini ilmli, madaniyatli bo’lishiga chaqiradi.
Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelargina edi. Shular orasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» i ham o’ziga xos o’ringa ega. «Birinchi muallim» 1917 yil to’ntarishga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Abdulla Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini shartli ravishda alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak, joiz bo’lar desak xato bo’lmas.
Kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi.
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur.
Maktab g’amini vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol.
Maktabdadur milliy hayol,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo’li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
Kitobdagi berilgan dastlabki ikki hikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb nomlangan. Birinchi hikoyada o’sha davr turmushiga xos bo’lgan voqea tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi har kuni o’g’li maktabga ketishi oldida unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo’lida faqir kishini uchratadi.
«O’g’lim, ikki kundan beri ochman, taom olib ey desam ustidagi yirtiq chopondan boshqa hech narsam yo’q»-deydi u. said qo’lidagi 10 tiyinni beradi va o’sha kunni ovqatlanmasdan o’tkazadi. Otasi o’g’lonning olijanobligidan mamnun bo’ladi. «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi.
«Baxillik» hikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko’rsatiladi.
«Bir baxil kishining uyiga bir necha do’stlari mehmon bo’lib keldi. Baxil mehmonlarni ziyofat qilish o’rniga behuda so’zlarni so’zlab o’ltiradi. Oaradan ko’p vaqt o’tgandan so’ng xizmatchisini chaqirib: «Bir taom pishgan bo’lsa, olib kel»-dedi. Shul vaqt xizmatchi bir toboqda pishgan xo’rozni olib kelgan zamon, baxil xizmatchisiga boqib: «Boshini nima qilding»-dedi. Xizmatchi: -He nodon, kishi xo’rozni boshini ham tashlarmi? Agar bir kishi tovuqning oyog’ini tashlasa, men borib olur edim. Bosh a’zolarning xo’jasidir. Xo’roz ul bosh ila qanday yaxshi qichqirar edi. Marjon kabi toji ham boshida edi. Eng shirin ya’zolaridan sanalgan tili, eng ulug’ a’zolaridan miyasi, ikki shahlo ko’zi, barchasi boshida edi. Bor, topib kel, biz emasak mehmonlarga edirurmiz, dedi»....
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asrada insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi, bir ilm-axloq haqida» fikr yuritiladi. Shu jihatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o’ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib, «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, erdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabudur»,-deydi. Uning fikricha, bolalarga axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g’oyat katta ahamiyatga ega.
O’zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogika «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir, deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to’rt bo’limga ajratadi:
1. Tarbiyaning zamoni
2. Badan tarbiyasi
3. Fikr tarbiyasi
4. Axloq tarbiyasi va bu haqida hamda uning ahamiyati to’g’risida fikr yuritiladi.
«Tarbiyaning zamoni» bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur» deb uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».

Yüklə 27,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə