Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari Abdulla Avloniyning bolalik yillari Abdulla Avloniyning xayoti va ijodi



Yüklə 86,49 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü86,49 Kb.
#167564
  1   2   3   4
8. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari


Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.
Reja

1. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari


2. Abdulla Avloniyning bolalik yillari
3. Abdulla Avloniyning xayoti va ijodi
4 .Pedagogika tarixi


Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.


Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.

Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o‘z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo‘ladi.


Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko‘rgan va o‘zi orzu qilgan yangi o‘qitish usullari Rossiyaning turli joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.
Shakuriy do‘stlari yordamida Qo‘qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o‘qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o‘z qishlog‘i Rajabaminda 1901 yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, O‘rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy faqat o‘qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o‘z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o‘z mablag‘lari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning "Rahnamoyi savod" ("Savod chiqarish qo‘llanmasi") deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.
Shakuriy maktablar uchun «Jomi’ ul-hikoyat» (1907), «Zubdat ul-ash’or» (1907) kabi o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan. M. Behbudiy bilan birgalikda maktablar uchun dastur tuzgan.
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o‘zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o‘g‘il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o‘qita boshlagan.
1921 yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o‘qitishga katta g‘ayrat bilan kirishdi, ko‘p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi vazifalarida ishladi.
1925 yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
Abduqodir Shakuriy 1943 yilda vafot etadi.
Behbudiy 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi o’zbek dramasi edi. 3 parda, 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo’lib, o’qimagan, johil va nodon bolaning o’z otasini o’ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yo’l qo’ymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo’lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag’ishlanadi» degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan o’tkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qo’yish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanvarda sahnaga qo’yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga ko’ra yangi o’zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo’ldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtirildi. O’sha yili Behbudiy «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta o’zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to’xtadi. Shu yil 20 avgustdan u «Oyna» jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan o’zbekcha bo’lib, she’r, maqola (forscha), e’lonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yo’lga qo’yadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo’ladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adanaga o’tib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So’ng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom shaharlarida bo’ladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jurnalida bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim bo’lib, an’anaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi o’ziga xos namunasi bo’lib kelgan edi.

Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qo’shulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi o’rtachasidir», «Xurshid» gazetasi, 1906, 6-son). O’zlikni anglashni muhim biladi. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «marquq» derlar», deb yozadi («Sart so’zi majhuldur», «Oyna» jurnali, 1914, № 23). 1917 yilning oxiri 1918 yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal bo’layotgan bir paytda o’lka xalqlarini birlikka chaqiradi. Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizg’in qo’shildi. Aslida bu faoliyat 1906 yildan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodda o’tkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda bo’lib o’tgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq so’zladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. 1919 yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg’oqchilari ko’magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo’lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo’ladi. Fitrat, Cho’lpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar. O’zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent shahrida ko’cha va maktabga Behbudiy nomi qo’yilgan.




Yüklə 86,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə