Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari



Yüklə 447,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü447,04 Kb.
#104210
1   2   3   4
Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 959
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni avodxon 
qilish, o’zbek xotin-qizlarini o’qitish, o’qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan 
ham shug’ullangan. U 1923-1924-yillarda Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif 
bilim yurtlari mudiri, 1924-1929-yillarda Toshkent harbiy maktabida o’qituvchi, 1925-
1934-yillarda O’rta Osiyo kommunistik universiteti, O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi 
maktabida, O’rta Osiyo davlat universitetida dars bergan.
1933-yilda o’zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” tuzib, 
nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Tangriquli”, 
“Surayyo”, “Shapaloq”, “Chol”, “Ab”, “Chig’aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan 
tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she’r ijod qilgan.
Quyida ma’rifatparvar allomaning pedagogikaga, ta’lim-tarbiya masalasiga aloqador 
bo’lgan fikrlaridan bir nechtasini keltirib o’tmoqchimiz: 
1.
Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo 
falokat masalasidir.
2.
Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, 
axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim. 
3.
Tug’ib tashlash bilan bo’lmas bola, bo’lg’ay balo sizga, 
Vujudi tarbiyat topsa bo’lur ul rahnamo sizga. 
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo’lur olim, 
Buzilsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa, bo’lg’usi zolim. 
4.
Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir. 
5.
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi 
muallim olim bo’lib, amalsiz bo’lsa, bu shogirtlar axloqiga yomon ta’sir ko’rsatadi. 
6.
Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak,
Ulug’ bo’lsa lozim kelur g’am yemak. 
7.
G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.
8.
Millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oynayu hayoti uning til va 
adabiyotidir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, adib hamisha el-yurti, vatani ravnaqi
yoshlarning savodli va salohiyatli bo’lishi haqida qayg’urgan. Axloqiy, ta’limiy asarlar, 
darsliklar yozib, o’zbek ma’rifatchiligida sezilarli iz qoldirgan, milliy uyg’onish davri 
adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo’shgan Abdulla Avloniy ijodi 
bugun ham ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda. 
REFERENCES 
1.
A. Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq.
2.
B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti, Toshkemt- 2017. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 447,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə