Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari



Yüklə 447,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü447,04 Kb.
#104210
1   2   3   4
Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 958
bo’lib, har bir bob ta’lim-tarbiya masalasig bag’ishlanadi va biri ikkinchisini to’ldiradi. 
Muallif odamlarni xulq, hatti-harakat nuqtai nazaridan 2 guruhga bo’ladi: biri yaxshi 
xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. U bunday deydi: Axloq ulamosi 
insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishdir: agar nafs tarbiyat topib yaxshi ishlar qilurg’a 
odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo’lib, “Yaxshi xulq”, agar tarbiyatsiz o’sib, yomon ishlar 
ishlaydurg’on bo’lib ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib, “Yomon xulq” atalur. 
Abdulla Avloniy insonning fatonat, nazofat, sa’y va g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, 
ilm, sabr, hilm, idrok va zako, avf kabi xususiyatlarining hammasini “Yaxshi xulqlar” 
sarlavhasi ostida beradi.
G’azab, jaholat, razolat, safohat, hamoqat, atolat, hasad, g’iybat, ta’ma, zulm – 
bularning barini muallif “Yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi.
Abdulla Avloniy “tarbiya” sarlavhasi ostida tarbiyaning turlari haqida fikr yuritadi: 
a)
Tarbiyaning zamoni; 
b)
Badan tarbiyasi; 
c)
Fikr tarbiyasi; 
d)
Axloq tarbiyasi. 
Qolaversa, muallif til masalasiga ham alohida e’tibor beradi, tilni, axloq bilan 
bog’lab talqin qiladi.
Asar bo’limlarida yozuvchining o’z fikr va qarashlarini yanada boyitish maqsadida 
Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v, Hazrati Ali, Hazrati Umar, Imom Shofe, Aflotun, 
Ibn Sino, Suqrot, Aleksand Makedonskiy, Mavlono Rumiy, Luqmoni Hakim va yana 
boshqa ko’plab hukamolarning ibratli so’zlariga, o’gitlariga murojaat qilganiga guvoh 
bo’lamiz.
Asarda yaxshi xulqlar egasi bo’lish kerakligi, yomon odatlardan, illatlardan xazar 
qilish, go’zal xulq egasining hamisha el orasida nufuzi baland bo’lishi, axloqsiz 
kishining esa hamisha odamlar orasida yuzi qora bo’lishi asarning bosh g’oyasi qilib 
olingan. 
Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanini 
ko’rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar e’tibordan qoldirmaydi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu 
she’rlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va 
kitobga, mehnatga, tabiatga, vatanga muhabbat uyg’otishni maqsad qilib qo’ygan. 
Uning ko’pgina she’rlari zamirida Vatanni sevish g’oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida 
Vatanni soda va samimiy misrakarda tasvirlaganki, faqat o’sha o’ninchi yillarning 
o’rtalaridagina emas, balki, bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik 
zavq olishlari mumkin.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 447,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə