Abdulla Oripovning "O’zbikiston qasidasi"



Yüklə 57 Kb.
səhifə2/4
tarix03.06.2022
ölçüsü57 Kb.
#88644
1   2   3   4
Ozbekiston-qasidasi

Ma’naviyat daqiqasi: 2015 –yil mart oyida yuz bergan siyosiy voqea Prezident saylovi va uning natijalari xususida, Prezident I.A.Karimovga Prezidentlikka qayta saylanganligi munosabati bilan xorij davlatlaridan kelgan qutlov tabriklar haqida. Adabiyotga doir yangiliklar, Zulfiyahonim tavalludining 100 yilligi, Aprel oyida tavallud topgan sohibqiron Amir Temur hamda xalqimizni sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludi haqida fikrlar bildiriladi.
Ifodali o’qish mashqi: ushbu shartda o’quvchilar darslikdan tashqari yod olgan sh’erlaridan namunalar yoddan aytadilar .
Otgan mavzunu sorash: “Bumerang usulida” o’quchalardan A.Oripov hayoti va ijodi so’rab olinadi.
O’qituvchi: O’tgan darsimizda uyga berilgan qo’shimcha vazifa sifatida berilgan “Ko’rgan - bilganlarim” maqolasini kimlar o’qidi?
Inamov Aziz: A.Oripov “Ko’rgan – bilganlarim” maqolasida yozishicha, shoir tug’ilib o’sgan, bolaligi o’tgan joylar Qarshi shahridan shimolroq joydagi Qo’ng’irtov etaklaridir. Shoirning, ayniqsa, bolaligidagi yulduzli osmon go’zalligi haqida aytganlari menga juda yoqdi.
Komilova Nazokat: Shoir voyaga yetgan oilada 4 o’g’il, 4 qiz bo’lgan. Akalari Buxoro, Toshkent oily o’quv yurtlarida til-adabiyot fakultetlarida o’qishgan. Uning xotirasi nihoyatda kuchli bo’lgan.
Shokirov Abdulloh:A.Oripov she’rlar yoza boshlaganiga aynan nima turtki bo’lganini aniq aytmagan. Koproq so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganini aytgan. U maktabni oltin medal bilan bitirgach 1958- yili ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo’limiga o’qishga kirgan.
Soyibbayeva Nigora: Ko’p o’tmay shoirning she’rlari matbuotda bosila boshlaydi. Ozod Sharafiddinovning oq yo’li bilan “Sharq yulduzi”da she’rlari chiqadi. Bir kuni Maqsud Shayxzoda domla bilagidan tutib: “Shoir sizga bitta gapim bor. Ehtiyot bo’lasiz ish qilib qarsaklardan taltayib ketmasangiz bo’lgani” degan ekan.
O’qituvchi: Mana shoirning hayot yo’lini ham bilib oldik. Endi uyga vazifani “teskari test”usulida tekshiramiz. Hozir sizlarga javoblar yozilgan oq qog’ozni tarqataman. Sizlar ularga savollar tuzishingiz va ular qaytarilmasligi kerak.

  1. Erkin Vohidov

  2. Abdulla Oripov

  3. Oybek

  4. Cho’lpon


Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə