Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə13/24
tarix15.04.2022
ölçüsü202,5 Kb.
#85482
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
maktab.d nikoh va oila tushinchasi

Arifmetik amallar.

Yordamchi maktabda matematika o`qitish dasturida belgilanganidek qo`shish va ayirish amallari bilan tanishtirish 1-sinfda 2 soni o`rganilgandan keyin kiritiladi.

Ko`paytirish va bo`lish amallari esa 3-sinfda tanishtiriladi.

100 ichidagi yozma hisoblarni o`rganishda avvalo, arifmetik amallarning yozilishidagi aniqlikka, hisoblarning to`g`riligiga va yechimning to`g`riligiga, hisoblash uquvini shaklantirishga e’tibor qaratiladi. Bunda o`quvchilarning ishini muntazam ravishda mukammal tahlil qilish yordam beradi.

O`quvchilarda hisoblash uquvini shaklantirishda mustaqil ishlar kata ta’sir ko`rsatadi. Shu sababli har bir darsda o`quvchilarning o`zlashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda alohida vazifalar berish joiz.

Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarning yozma ishlarini sinfda, ayniqsa, individual mashg`ulotlarda tahlil qilish yordamchi maktabda amaliy shart bo`lib, bu tahlil jarayonida xatolarning sababi ochiladi, o`qituvchi tomonidan tushuntirib berilgach o`quvchi o`z xatosini anglab yetadi va xatolar to`grilanadi.

Arifmetik amallarni yechish masalasini hosil qilishda o`qituvchining amallarni yozish, namunasi, ularning qanday ketma-ketlikda yechilishini tushuntirib borishi asosiy vosita hisoblanadi.

Matematika darslarida boshlang`ich sinf o`quvchilaridan muntazam ravishda doimo so`rab turish qat’iy hisoblanadi. O`quvchilarni arifmetik misol va masalalarning yechishda to`liq tushuntirib o`rgatish lozim, yordamchi maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchining savollari yordamida bo`lsa, 5-sinfdan boshlab o`quvchilar buni mustaqil bajarishga o`rganishlari lozim.

Matematika darslarida misol va masalalarni yechishdagi fikr yuritishlari ularda nutq va tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi, topshiriqni ongli ravishda bajarishga o`z-o`zini nazorat qilishga o`rganadi. Bu aqli zaif bolalarning umumiy rivojlanishi uchun juda muhimdir.

Agar o`qituvchi ba’zi o`quvchilarning yozma hisoblashda doimiy ravishda xatoga yo`l qo`ymasliklarini sezsa, u holda individual mashg`ulotlarni tashkil etish vazifasini o`tkazib turishi kerakki buning natijasida mavjud xatolatni oldini olishga erishishi mumkin.




Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə