Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə14/24
tarix15.04.2022
ölçüsü202,5 Kb.
#85482
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
maktab.d nikoh va oila tushinchasi

OG`ZAKI HISOBLASH.

O`quvchilarda og`zaki hisoblash ko`nikmalarini shakllantirish butun dastur davomida nazarda tutiladi. Boshlang`ich sinflarda og`zaki hisoblash turli usul va metodlarni qo`llab, sistemali mashqlar olib borish orqali o`rgatiladi.

Yordamchi maktabning sinflarida faqat misollar emas, balki uncha murakkab bo`lmagam masalalarni ham og`zaki yechishga o`rgatib boriladi. Beriladigan material mazmuni o`quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olgan holda murakkablashib boriladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi og`zaki hisoblash uquvini tarbiyalashda o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, ularning og`zaki topshiriqlarni ancha qiyinchilik bilan tushunishlarini va eslab qolishlarini ko`rib va eshitib qabul qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim. Buning uchun og`zaki hisoblash mashqlarini nihoyatda turli usullardan, rang-barang materiallardan foydalanib o`qitish mumkin. Shuningdek o`yinlardan foydalanish ham ish turlarini kengaytirishga yordam beradi. Lekin yodda tutish kerakki bu narsalar hammasi yordamchi vosita hisoblanib, asosiy maqsad o`quvchini har qanday yordamchi materillarni og`zaki hisoblashga o`rgatish kerak.

Boshlang`ich sinflardayoq og`zaki hisoblash jarayonlarini tezlastiradigan va yengillashtiradigan yo`nalishlarni o`quvchilarga ko`rsatish lozim bo`ladi. Masalan, qo`shiluvchilardan ikkinchisi katta bo`lganda o`rin almashtirish, qo`shiluvchilarni guruhlash, ko`paytiruvchilarning o`rnini almashtirish vahokazo.

Yordamchi maktablarning boshlang`ich sinflarida dasturda ko`zda tutilayotgan ko`rsatmalar aslida og`zaki hisoblashni ta’limiy arayonlarni amalga oshirishning o`quvchilarda fikrlash, xotira va bilish faolyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə