Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Ko`nikma, malakaga ega bo`lishi kerak



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə22/24
tarix15.04.2022
ölçüsü202,5 Kb.
#85482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
maktab.d nikoh va oila tushinchasi

Ko`nikma, malakaga ega bo`lishi kerak:

  • 100 ichidagi sonlar ketma-ketligi, ularni yozish, o`qish, taqqoslashni;

  • xonadan o`tmasdan 100 ichida qo`shish va ayirishgni ustun shaklida yozish bilan hisoblay olishni;

  • o`rganilgan 1-2 amalli qo`shish va ayirishga doir masalalarni yechishni;

  • ko`paytirish jadvalidan foydalanishni;

  • narxi 20 so`mgacha bo`lgan narsalarni sotib olish bilan bog`liq hisoblashga doir masalalar yechish.

Geometrik shakllar, ularni o`lchashda o`quvchi quyidagilarni bilishi kerak:

  • atamalar: to`g`ri burchak, to`g`ri to`rtburchak, aylana, aylana markazini;

  • belgilashlar: santimetr (sm), metr (m), kilogramm (kg), metr (m)ni.

Ushbu berilgan nuqtalardan chiziqlarni chizish orqali o’quvchilarda chiziqlar va nuqtalar haqida tushunchalarni shakillantirib boriladi.

Yordamchi maktabning 1-sinf o’quvchilarga sanoq cho’plardan sanashni o’rgatish,shuningdek ushbu sanoq cho’plarda foydalangan holda turli xil shakillar yasash orqali ularda elementar tarzda geometrik shakllar haqidagi bilim va malakalar, tushunchalar shakllantirilib boriladi. Albatta bu ishlar darslar davomida amalga oshirilib boriladi .

1-sinf o’quvchilariga birinchi o’nlik haqidagi bilim va malaka shakillantirish davomida qo’shish va ayirish amalga oid misollar masalalar yechish malakasi shakillantirib boriladi.O’quvchilarda birinchi qo’shiluvchi, ikkinchi qo’shiluvchi, yig’ndi haqidagi mate matik tushuncha shakllantirilib boriladi.SHuningdek kamayuvchi, ayriluvchi va ayirma haqidagi matematik tushunchalar haqida ham va malakalar xosil qilinadi.

Bu tushunchalar misollar, yechish asosida mustahkamlanib boriladi.

Yordamchi maktabning 2-sinfda 1-sinfda o’rganilgan matematik bilim masalalar tushunchalar mustahkamlanib boriladi.Shuningdek 2-sinfda 20 ichida bir xonali sonlarning atalishi va ketma-ketligi haqidagi bilim va malakalardan shakillantirib boriladi.

2-sinfdan boshlab 2 xonali sonlar 11,12,13,14,15,16,17,18,19,20,sonlari xosil bo’lishi ushbu sonlarga oid misollar yechish haqidagi bilim va malakalar berib boriladi.

SHuningdek uzulik o’lchovlari, santimetr,metr haqidagi tushunchalar beriladi. Jumladan uzunlik, kenglik,balandlik,metr,detsimetr va santimetr bilan o’lchanishi tushintirilib, ushbu tushunchalar amaliy ishlar orqali o’quvchilarda mustahkamlanib boriladi. Albatta bu kerakli jihozlardan unumli foydalanib borish lozim.

Yordamchi maktabning 2-sinfida o’quvchilarga bo’lganlar haqida tushuncha berilib boriladi.Bunda bo’lganni uchi,tomonlari haqida giometrik tushunchalar shakillantirib boriladi.O’quvchilarga ushbu burchak shakillari chizish malakasi ham o’rgatib boriladi.

Shuningdek o’quvchilarga burchaklarni solishtirib o’tkir va o’tmas burchak haqida ham tushunchalar beriladi.2-sinfda o’quvchilarga masala tuzish ushbu masalalarni sharti asosida yechish haqida tushunchalar ham berib boriladi. Masalalarni shartini o’quvchilar tezda tushunavermaydi, yoki qiyinchilik bilan tushiniladilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga kerakli jihozlar asosida,masala shartlarini tushuntirib borish lozim.

Shuningdek 2-sinfda doira, kvadirat, uchburchak haqida shuning SM DM kabi ishoralar haqida tushunchalar beriladi. Ushbu tushunchalarni shakillantirishda o’quvchilarga yetarli tushunchalarni berib borish talab etiladi.O’quvchilarga vaqt berish sutka haqida ham tushuncha beriladi vaqt berishga oid misol, masalalar yechish orqali o’quvchilarda vaqt tushunchasi mustaxkamlanib boriladi.

20ichidagi sonlar xaqidagi tushunchalarni mustaxkamlash uchun 20gacha 2talab sanash 20sonidan 2tadan kamayib borish sanash usullari o’rgatilib boriladi va shu usulda sanash o’quvchilarda shakillantiradi. Shu bilan o’quvchilarga to’rtalab, beshtalab sanash malakasi ham o’rgatilib boriladi. 2-sinf davomida o’quvchilarda 20ichida misol masalalar yechish, qo’shish va ayirish amallariga oid tushunchalar giometrik shakillar haqidagi bilim va malakalar tushunchalar o’quvchilarda o’quv yili davomida shakillantirib boriladi.

1 M.Saidaliyeva, F.Muzaffarova “Yordamchi maktabda matematika o’qitish maxsus dasturi” Respublika ta’lim markazi 2009y 3-9 bet

2 M.Soatov “Yordamchi matabda matematika o’qitish uslubyati” 1993y 68-74 bet

3 M.Jumaboyeva “Alohida yordamga muhtoj bolalar koriksiya pedagokekasining o’rni Toshkent 2009y 13-14bet.

SHuningdek 2-sinfda o’quvchilarga o’nliklar va birliklar haqida ham tushunchalar berilad. Buni sanoq cho’pdan foydalangan holda tushuntirish mumkin. O’qituvchi bir qo’liga yani chap qo’liga o’nta sanoq cho’pi olib o’quvchilarga ko’rsatib o’nta cho’p ekanligi aytadi yani o’nlik ekanligi, so’ngra bitta cho’pni olib, qo’shsak nechta bo’lishini so’raydi 11 deb o’quvchilar javob berishadi. Bunda o’qituvchi o’nlikka bitta birlikni qo’shdek deb izohlab beradi. Demak o’qituvchi o’quvchilarga ushbu misol asosida 10 ta cho’pni o’nlik bo’lishini, bitta qo’shilgan cho’p birlikni tashkil etishini tushuntirishi mumkin. SHu tarzda bitta o’nlikka 2ta, 3ta,4ta va hokozo cho’plarni qo’shib berish asosida o’nlik va birlik xona birliklari haqida tushuncha hosil qilinadi.

Yordamchi maktabning 3-sinfidan boshlab o’quvchilarga 100 ichida qo’shish va ayirish amali bo’yicha misol va masalalar yechish tushunchalari shakillantirib boriladi. SHuningdek 100 ichida nomirlashni o’rganishda o’quvchilar xona jadvali bilan tanishadilar.

O’qituvchi o’quvchilarni yangi atama”xona soni” so’zi bilan tushuntiradi birliklar birinchi xonaga tegishli ular sondan o’ngdan birinchi o’ringa yoziladi, o’nliklar ikkinchi xonaga tegishli, o’ngdan ikkinchi xonaga yoziladi, yuzliklar esa uchinchi xonaga tegishli,o’ngdan uchinchi xonaga yoziladi. Ushbu xona birliklari haqida o’quvchilarga shu tarizdagi misollar asosida tushunchalari mustaxkamlanib boriladi.

Yordamchi maktabni 3-sinfdan boshlab ko’paytirish va bo’lish amali bo’yicha misollar, masalalar yechish asosida tushuncha va malakalar shakllantirilib boriladi. O’quvchilarga ko’paytirish amalini o’rgatishda 20-ichida 2,3,4,5talab sanash asosida tushuntirish mumkin. Masalan:

2+2+2+2+2+2+2=6.2=12 4+4+4+4+4=4.5=20

3+3+3+3+3+3=3.6=18 5+5+5+5=5.4=20

Ko’paytirish ishorasini(.) haqida tushucha beriladi. Bunda qo’shiluvchilarni, qo’shiluvchilarni soniga ko’paytirish orqali o’quvchilarda ko’paytirish amali haqida tushuncha berilib boradi.Bo’lish amalini o’rgatishda ham berilgan misollar, ditaktik ko’rgazmalar asosida o’rgatilib boriladi. Masalan:

2:2=1 4:2=2 6:2=3 8:2=4…….20:2=10

Bo’lish ishorasi (:) haqida o’quvchilarga, qo’llash usullari tuhuntiriladi.

O’quvchilarga ko’paytirish va bo’lish amali birgalikda o’rgatilib boriladi. Bu amallarga oid misollar va masalalar yechish yordami maktab o’quchilarda ancha qiyinchilik to’g’diradi. Shuning uchun o’quvchilarga bu borada tushuncha berishda o’quvchilarni bilish xususiyatlarini hisobga olgan holda yetarli ishlar olib borilishi lozim.Tushuntirishda hayotiy misollar, o’quvchilarni tushunadigan holatlarda tushunchalar berib, ko’nikma va malakalar shakllantirilib boriladi.

O’qtuvchi o’quvchilarga quyidagi ko’paytirish va bo’lish jadvalini o’rgatib, ularda bu to’g’risida tushuncha hosil qilish lozim.

Boshlang’ich 3-4sinf o’quvchilarda ko’paytirish va bo’lish amaliga oid misollar va masalalar yechish malakalari shakllantirib borish orqali ularning bilish faolyati rivojlantirilib boriladi. Ayniqsa bu borada o’quvchilarga karra jadvalini ongli ravishda o’lashtirib olishga erishishi lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf xonalariga karra jadvalini chiqarib qo’yish maqsadga muvofiq ishlardan biri hisoblanadi. Yordamchi maktabning 3-4 sinflarida geometrik shakllar, burchaklar, to’rtburchak, aylana, uzunlik,og’irlik birliklari va boshqa matematik, geometrik tushunchalar shakllantirilib boriladi. Albatta o’quvchilar bu matematik va geometrik tushunchalarni matematik egallab borishda o’quv darsligida berilgan talimiy materiallarni o’qituvchining yordami asosida o’zlashtirilib borishlari orqali erishib boradilar shu tariqa o’quvchilarda matematik bilim va malakalar shakllanib ularning bilish faolyatlarida ijobiy o’zgarishlar bo’lib boradi.

Matematika darslarida o’qitilish usullari va vositalarini foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari.

O’qitish usullari dedaktikada o’ituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati tushuniladi.Bu jarayon davomida o’qituvchi o’zida yillar davomida o’qtuvchi yillar davomida to’plagan tajribasini bilimini o’quvchilarga beradi,o’quvchilar shu asosda o’zlarida zarur bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirib, o’zlashtirib borishadi.

O’qitish usullarini tanlash bir qator omilar bilan izohlanadi. Bular asosan quyidagilar:taraqqiyotning hozirgi bosqichida maktabning o’rni va vazifalari,o’uv predmeti, o’rganilayotgan mavzuning mazmuni, o’quvchilarning yoshi va rivojlanish darajasi, shuningdek ularning materialni o’zlashtirishga tayorgarlik darajasi.

O’qitish usullarini tanlashda tayanch maktablarida o’quvchilarni ma’lum bir aniq kasbni tanlashga, ijtimoiy moslashtirishga o’qitishning karriksion yunaltirilganligi o’zining tasir kuchini ko’rsatadi.

O’quvchilarni yangi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish jarayonida hikoya usuli qo’llaniladi. Matematikani o’qitish metodikasida ushbu usul bilimlarni bayon qilish usuli deb nomlanadi. Ushbu usul bilan birgalikda maktabga suxbat usulidan ham keng foydalaniladi. Suxbat davomida o’qtuvchi o’quvchilarga savollar beradi.

Bu savollarga bo’ladigan javoblar esa to’plangan bilimlar asosida bo’lishi nazarda tutiladi. Yillar davomida to’plangan bilim va tajribasiga tayangan holda o’tuvchi o’quvchining yangi bilim va ko’nikmalarini shaklantirib boradi.

Yangi malumotlarni to’plash va ularni mustaxkamlashga, zarur ko’nikma va malakalarni shaklantirib, ularni mukamallashtirib borishga mustaqil ishlash usuli asos bo’ladi. Ko’p o’rinllarda o’qtuvchi usulni qo’llab, o’quvchilarni mustaqil ravishda nazariy bilimlarni amalyotda qo’llash ham imkoniyat yaratib beradi.

Shunday qilib, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda amalga faoliyatini qanday tashkillashtirishga bog’liq bo’lgan holda, o’qitishning quyidagi usullarnitakidlash mumkin:Bilimlarni bayon qilish, suhbat mustaqil ravishda ishlash.

Didaktik o’qitish usullari bilimlar manbaiga bog’liq bo’lgan holda ham tasnif qilinadi. Ushbu tasnif asosida so’zlashuv usullari ( hikoya qilish yoki bilimlarni bayon qilish suhbatda, darslik yoki boshqa nashr qilingan matereallar asosida ishlash ),ko’rgazmali usullar ( predmetlarni yoki ularning tasvirini namoyish qilish kuzatib borish), amalyot usullari ( o’lchash,geometric feguralarni chizish,yasash, aplekatsiya va boshqalar) farqlanadi.

O’quvchilarning o’quv faolyatiningqanday tashkillatiriganligiga bog’liq bo’lgan holda (reprodutietiv, reproduktiv faoliyat )quyidagi usullar ajrstib turadi:- tushuntirish –tasvirli usul –bunda o’qituvchi o’quvchilarga dastlab o’quv materiali bo’yicha malumotlarni namunasini beradi, so’ng esa shu malumotlarni ishlangan misollar asosida harakatlarni, vazifalarni bajarishni talab qiladi:-qisman izlanish usuli-bu vaziyatda o’quvchilar berilgan vazifalarni hal qilish yo’llarini izlaydi. O’qituvchi berilgan vazifalarni ayrim bo’laklarga bo’ladi.Berilgan misollarni yechishni xam qo’shishni qisman o’qituvchi ko’rsatib beradi, qolgan qismini esa o’quvchilarni o’zlari mustaqil ravishda bajarishlari lozim bo’ladi.

Tadqiqot usuli- o’quvchilarning ijodiy faolyatida ular uchun yangi bo’lgan muammolarni xal qilishiga yo’naltirilgan usul hisoblanadi.

Maktabdagi o’qitish jarayonida yo’qorida ko’rsatib o’tilgan usullar majmunni kuzatib boramiz. Yordamchi boshlang’ich maktablarda matematikani o’qitishda ananaviy ko’rgazmali tushuntirish usullari bilan bir qatorda bazi samarali usullar xam keng joriy qilinmoqda. Bular orasida ayniqsa qisman izlanish muammoli holatlarni xal etish usuli keng qo’llanmoqda.Bilimlarni muammoli o’rganish shunday ko’rinishki, bu holatda o’qituvchi malum muammoni o’rtaga qo’yadi. O’quvchilar ushbu muammoga javob izlash jarayonida o’zlarining bilim darajasining kamchiligini anglab yetishadi.Shundan so’ng o’quvchi ushbu muammoni qanday bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatib beradi.

O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirish jarayonida uning o’tgan zarilardagi mavzular bilan uzbiy bog’likligini taminlab borishi lozim.

Mavzular bog’liqlikni taminlashda o’qituvchi mavjud bilishga va tajribasiga tayangan xolda xar bir mavzuning o’ziga xos alohida xususiyatini ham ko’rsatib borishi lozim. Bu o’rinda u ko’rgazmalikka etibor beradi yani o’quv qo’llanmalarini illo’stratib jadvallardan didaktiv yo’nalishdagi tarqatma materiallaridan sxemalar va chizmalardan keng foydalaniladi. Yordamchi maktablarda yangi mavzuni tushuntiriish juda xam davomi xarakterda bo’lmasligi lozim ayniqsa boshlang’ich sinflarda .O’qituvchi xar bir mavzuni mantiq jihatdan tugallangan bo’laklarga bo’lib o’rgatib borishi zarur. Ko’p o’rinlarda o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi ko’rgazmali qurollarning namoyish qilishi didaktik materion bilan amaliy jihatdan ishlash tarzda xam tanishtiriladi.

Yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o’qituvchi suhbat usulini qo’llaydi.U shunday savollar yexamasini tayyorlashi lozimki o’quvchilar ushbu savollar bilan nafaqat oldingi mavzularni tez esiga tushuradi balki ularda kuzatuvchanligi malakasi oldindan o’ylangan suhbatnining asosiy mavzusini qamrab olgan savollar bo’lishi zarur .Shuni ham aytish joizki ushbu savollarda ketma ketlik izchillik aniqlik ixromlik tamihlangan bo’yicha zarur.

O’quvchilar bilan frontal ishlarni tashkillashtirishda xar bir o’quvchining individual imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.

Usullarni tanlash o’qitishning konkret shart sharoitlari bilan aniqlanadi Ammo o’qituvchi dars jarayonida o’qitishning qaysi usulini qo’llashdan qatiy nazar u o’quvchilarning psixofizik xususiyatlarni xisobga olishi xar bir o’qitish usuliga mos ravishda ko’rgazmali qurollardan texnek o’quv vositalaridab keng foydalanishi lozim.

Yordamchi maktab boshlang’ich sinflarida matematikani o’qitish tayorgarlik, mashg’ulotlaridan boshlanadi. Ushbu mashg’ulotlarning zaruryati 1-sinfga o’qishga kelayotgan o’quvchilarning ham ruhiy feziologik tomonidan,ham jismoniy tomondan bir hil emasligi bilan izohlanadi.

Tayyorgarlik davrining asosiy vazifalari birinchidan bolalarda shu vaqtgacha mavjud bo’lgan bilim darajasini aniqlash, ikkinchidan, sestematik matematika kursini o’rgatishgatayyorgarlikka, uchinchidan, jamoat joylarida o’zini tutish qoidalarini o’zlashtirishga o’rgatish (eshitish,to’g’ri tushinish va o’qituvchining ko’rsatmalarini bajarish, partada to’g’ri o’tirish, turish, partadan tashqariga chiqish, o’qituvchining topshirig’ini takrorlash, savollar berish, o’qituvchi bergan savollarga javob berish va xokozo).

Bular esa o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash imkoniyatlarini ancha yengillashtiradi.O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab prepedevtik davr 1-2 oy, yani deyarli butun birinchi chorak davrida davom etish mumkin. O’quvchilar bu davrda boshqa tassavurlar bilanbir qatorda predmetlarning miqdorini, xajmini aniqlab beruvchi asoratlarini ham o’zlashtirib olishlari lozim. Masalan:kata-kichkina, kattaroq-kickinaroq, uzunligi teng,uzun-qisqa, uzunligi teng, baland-past, balandroq-pastroq, balandligi teng , keng-tor, kengroq-torroq,kengligi teng va hakozo.

O’qituvchi yana shuni aniqlashizarurki o’quvchilar sanashni bilishadimi va nechagacha sanay oladi.

Bu o’rinda u shuncha ahamiyat berishi zarurki,o’quvchilar sonlarning nomlarini konkret predmetlarning miqdorini ko’rsatish bilian taqqoslay olishadimi yoki yo’qmi.

Yana shuni takidlash joizki o’uvchilar qay tarzda predmetlar guruhini tenglashtira oladi. Bundan tashqari o’quvchilar raqamni tartib bilan va aralash holda to’g’ri ayta olishlari, raqam va sonlarni o’zaro taqqoslab bilishlari, shuningdek, geometrik feguralar( aylana, doira, kvadrat, uchburchak, to’g’ri burchak, ko’p burchak va hokozo) haqidagi bilimlari ham tekshiruvdan o’tkaziladi.

Birinchi o’nlikdagi sonlar va ular bilan bajariladigan amallar birinchi o’quv yili davomida o’rganiladi.O’quvchilar 1-o’nlikdagi har bir son bilan alohida-alohida tanishishadi. Har bir sonning hosil bo’lishi uning yozuvda raqam bilan ifodalanishi, ushbu songacha hisob, predmetlar ko’pligini taqqoslash va raqamlar,sonlarning natural qatorida har bir sonning o’rni, sonlar tarkibi, shuningdek sonlarning kata-kichikligi atroflicha o’rganiladi.

Yordamchi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sonlar haqidagi tushunchalarni shaklantirish, hisoblash va sanash haqida hamda sonlarning o’ziga hos hususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lish murakkab masalalardan hisoblanadi.Bu muomoni o’qituvchi darslarda ko’rgazmali vositalardan keng foydalangan holda, har bir o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda va o’zining bu borada yillar davomida ortirilgan tajribasiga tayanib hal qilish mumkin.

Kuzatilayotgan hodisalarni past darajada umumlashtirish shunga olib keladiki, rivojlanishida ruxiy nuqsoni bo’lgan bollalarda son va hisob haqidagi tushunchalar juda sekinlik bilan rivojlanadi.

Birinchi sinfga o’qishga kelgan bolalar, odatda, miqdor sonlarning nomlanishini malum darajada bilishsada sonlarning nomlanishi ko’p orinlarda predmetlarni ko’rsatishga to’g’ri tushmaydi.

Masalan:oltini aytib, ikkinchi yoki uchinchi predmetni ko’rsatadilar.

Yordamchi maktab boshlang’ich sinfning o’quvchisi shu narsani doimo esda saqlashi lozimki, ko’rgazmali qurollar ham matematik tushunchalarni o’zlashtirishni to’liq taminlab berolmaydi. Shu sababli predmet amaliy faoliyatda keng foydalanishi lozim.

Ayrim bolalar o’qituvchining ishlashini diqqat bilan kuzatishga muhtoj bo’ladi,shundan so’ngo’quvchilardan biri o’qtuvchi nima qilganini takrorlaydi, qolganlar esa o’zini dedaktik materiali bilan ishlaydi.Og’zaki nomerlash bilan dastlabki tanishuv uchun uch-besh dars talab qilinadi. O’quvchilar 11……20 gacha bo’lgan sonlarning hosil bo’lishi bilan yigirmagacha bittadan sanashni ushbu tartibga to’g’ri va teskari hisoblashni, shuningdek, o’n bir yigirmagacha bo’lgan sonlarning onlik tarkibini o’rganib borishlari zarur. Buo’rinda o’quvchilarning yozma nomerlash bilantanishishga tayyor deb hisoblash mumkin.

Sonlarning yozma nomerlashni o’rgatishda bo’yoq juda qulay hisoblanadi.Bunda o’quvchilar sonlarininig tarkibini, o’nliklar va birliklarni o’rnini aniq ko’radilar.Birliklarni bir rangda,o’nliklarni boshqa bir rangda bo’yab tasvirlash maqsadga muvofiqdir.

O’quvchilar 1……..20 gachatartib bo’yicha yoza bilishlari o’uvchilarning sonlarni aralash aytishiniyoziy bilishlari zarur.

Sonlarning birdan yigirmagacha bo’lgan jadvali birichi va ikkinchi o’nlikdagi sonlarni taqqoslashga ularning yozilishi va tallafuzidagi o’xshash hamda farqli tomonlarini ajratib olishga yordam beradi.Birlikni bildiruvchi raqamlar boshqa rangda tasvirlanadi.

Ushbu jadvalda yana bir narsani ko’rsatish juda qulayki, 1-9 bo’lgan sonlar bir belgi bilan, 10-20gacha bo’lgan ikki belgi bilan ifodalangan, shuning uchun ular bir honali sonlar va ikki xonali sonlar deb o’zoro farqlanadi.

O’qituvchi shundan so’ng ushbu mavzuga tegishli eng kata va eng kichik sonniko’rsatishni o’quvchilardan so’radi. Shundan so’ng sonlarni tenglashtirish o’rgatiladi. O’quvchilar quyidagi qoidani o’zlashtiradilar: malum bir sondan chap tomonda turgan sonlar undan kichkina o’ng tomonda bo’ladigan sonlar esa undan kattadir.

Ikkinchi o’nlikka tegishli sonlar kattaligi bo’yicha tenglashtiriladi:qaysisonning kattaligi kata sonda nechta birlik borligi va kichkina sonda nechta son yetishmayotganligi aniqlanadi.

Bundan tashqari o’quvchilar taqqoslash belgilarini( > < ) to’g’ri qo’yishga o’rgatadigan topshiriqlar ham muhimdir.

Malum bir sonning sonlar natural qatoridagi o’rni haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun yozilmagan sonlarni va qo’shni sonlarni toppish haqidagi misollar ham ko’rib chiqiladi.Ikkinchi o’nlikdagi sonlar bilan ishlash davomida ongli hisoblash ko’nikmalarini mustahkamlash zarur.Birinchi o’nlikdagi sonlarni o’rganishdagi singari, bu o’rinda ham tartib bo’yicha sanashga alohida etibor beriladi.

Yordamchi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari yuzgacha bo’lgan sonlarni o’rganishlarida malum qiyinchiliklar uchraydi. Yuzgacha bo’lgan sonlarni nomerlashni o’rganish davrida o’nlik sestemasining tushuntiriladi.10-ta oddiy hisoblash birliklaridan yani hisoblash birligi yuzlik hosil bo’ladi. Mana shu qonuniyatni aqli zaif bo’lgan bolalar malum darajada qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar.Bu yerda asoslangan ko’rgazma bazasi, birinchi,ikkinchi o’nlikdagi sonlarni va 21-99 oralig’idan sonlarni taqqoslash talab qilinadi.Masalan:2 va 20 ,2 va 12, 1, 10 100,va hokozo.O’quvchilar to’liq o’nliklarning talaffuzida va ularning ketma-ketligida ham ayniqsa ularning to’g’ri va teskari hisoblashda malum bir qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Ular qiyinchilik bilan qirq va to’qson sonlarini eslab qolishadi.Ko’p o’rinlarda o’quvchilar o’xshash sonlarni chalkash talaffuz qiladi.Masalan:yigirma sakkiz, yigirma to’qqiz, yigirma,o’n kabi.,

Ayniqsa bolalar teskari hisoblashda teng guruhli sonlar bilan qo’shish va ayirishda muamoli vaziyatlar yuzaga keladi.Bundan tashqari ko’pgina sonlarni nomerlashni o’rganish jarayonida sonda raqamlarning pazision joylashishi rejalashtirib qo’yiladi:Masalan 35 soni o’rniga 53 sonini yozishadi.Sonlarni sanashda o’quvchilar avval birliklarni, keyin o’nliklarni talaffuz qiladi. Ayrim o’quvchilar yangi o’nliklarni o’zlashtirgach uzoq mudrab 100 sonini hosil qilishda muomoli vaziyatlarga duch keladi.Bir xil o’quvchilar esa og’zaki o’zlashtirgach yozma nomerlashda qiyinchilik bo’ladi. ayrimlari esa aksincha sonlar qatorini to’g’ri yozishadi, og’zaki hisoblashda esa xatolarga yo’l qo’yishadi.Bu muomoli vaziyatlarning bosh sababi esa o’qituvchi darslarda ko’rgazmali qurollarga yetarlicha axamiyat bermasligida malum bir mavzularni mustahkamlash uchun mashqlarga etibor bermasligida ko’rinadi.

Yuzgacha bo’lgan sonlarni nomirlashni o’rganishdagi izchillik quyidagicha bo’ladi 10va20gacha bo’lgan sonlarni nomirlashni takrorlash yahlit o’nliklarni nomirkashni o’rganish 21-99bo’lgan sonlarni nomirlashni o’rganishda albatta og’zini so’ng yozma ravishda o’quvchilarga o’rgatib boriladi Yordamchi maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik bilim va malakalarini o’zlashtirishlariga ko’maklahishuchun darslarda ko’rsatma qo’llanmalar o’yin va didatik materiallarni keng qo’llashi lozim.

O’qtuvchi zaruriy ko’rsatma materiallarini toyyorlash ishida aloxida etibor bergan holda o’rgatisgi lozim Hozirgi kunda xarbiy o’quv fanlari uchun aloxida ko’rsatma jixozlari chiqarilmoqda. Shuningdek mmatematika darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan sifatli jihozlar tayyorlanib chiqarilmoqda bu jihozlarsiz Yordamchi maktabda mmatematika o’qitishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga ko’ra ham o’qituvchi izlanuvchan bo’lib o’z farzantlariga zaruriy jihozlardan foydalanib borishi kerak bo’lsa o’qituvchi ijodkorlik qilib zaruriy ko’rgazma vositalarini toyyorlab dars o’tish jarayonida foydalanib borishi lozim. Jumladan 1sinf o’quvchilariga birinchi o’nlikni o’rgatishda quyidaginarsali qo’llanmalardan foydalanishi mumlin

a) tevarak atrofdagi narsalar sinf mebili o’quv qurollari tabiy materiallar (mevalar sabzavotlar )

b)Turli xil geometric shakllar.

g) meva sabzavot o’simliklari qo’ziqorinlar hayvonlar qushlar va xonadagilarning andazali ko’rinishi.

2. Ko’rsatma qo’llanmasi

a)Sabzavot o’simliklari mevalar hayvonlar samolyotlar mashinalar o’yinchoqlar ifodalangan rasmlar ishlish.

b)1-10gacha bo’lgan narsalar to’plamining rasmi

v)sonni feguralash

g) sonni vazifalari

d)kesma raqam va belgilar yig’indisi

4 Raqamlar turi chizilgan jadvali vositalari ayniqsa o’quvchilarda sonlarni shakllantirishga keng va unimli foydalanishi taltb qiladi. Boshlang’ich sinflarida keying sinflarda o’quvchilarni bilim faolyatini hisobga olgan holda. Xamda matematik o’qitish maxsus geometriyalari talablari asosida kerakli jixozli ko’rgazmalar tayyolanib dars jarayonlarida qo’llanilib borilishi lozim. Jumladan sonlarni o’qitishda keying o’nliklar haqida tushuncha berishga 2talab 3talab beshtalab va hokazo sanash usullariga oid ko’rgazmalarni o’qituvchi tomonidan sifatli tayyorlanib mamatemtika darslarida qo’llanilib boriladi .Shuningdek o’quvchilarni darsga qiziqishini oshirish mamatemtikbilim va malakalar tushunchalarni yetarli shakllantirishda taxmin vositalaridan unumli foydalanib borishi lozim. Yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida ko’rgazma vositalarining qo’llanishi o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki o’qituvchi xar bir mamatemtika darsida mavzuga moil kerakli jihozdan foydalanishi foydalangan jihozlar o’quvchining bilim faolyatiga mos bo’lishi, hamda tayyorlangan jihozlar bolalarni qiziqtiradigan sodda, o’quvchilar tushunishiga svinon beradigan bo’lishi kerak. Darsda foydalangan xarbiy dedaktiv jihozlar o’quvchilarni mamatemtik bilim olishlariga ijobiy yordam beradigan bo’lishi lozim.

II bob 3-savol Mavzu: Yordamchi maktab boshlang’ich sinflarida o’quvchilarni matematik savodxonlikga o’rgatishda olib boriladigan korriksion ishlar.

O’quvchilarni matematik savodxonlikga o’rgatishda olib boriladigan korriksion ishlar.

Aqli zaif bolalarni o’quv faolyatini rivolantirishda korriksion ishlar alohida o’ringa va ahamyatga egadir.Hozirgi payta yordamchi maktab o’quvchilari bilan har bir darsda korriksion ishlarni olib borish muximligi isbotlangan. Bunda asosiy diqatni bolaning turli hil bolalar faolyatiga qaratilgan fikrlarni rivojlantirishga qaratish lozim. Maxsus atrof-muxit bilan tanishtirish darslari, matematik tasavurlarni shakillantirish ham shular jumlasidandir.

Koriksion ishlarni boshlang’ich bosqichlarida aqli zaif bolada fikrlashning ko’rgazmali shakillaridan foydalanib borish kerak.

Koriksion ishda faolyatning har hil turlariga tayanib maxsus ta’limiy usul va usullardan foydalanish; qiiqarli didaktik o’yinlar, ta’limiy ko’rgazmalar, va boshqa usullarda foydalangan holda ish olib borish lozim. Allbatta yordamchi maktabni boshlang’ich sinflarida darslarda korreksion ishlarni olib borishda o’quvchilarni bilim faoliyati, ruhiy rivojlanishi, fikriy diqqati,hotirasi kabi tomonlardagi nuqsonlarni hisobga olib borish muhimdir. Aqli zaif o’quvchi bilan korreksion ishlarni olib borish ancha qiyin ish. Bolaning nuqsonligi qanday bo’lishdan qat’iy nazar unga o’qituvchi oddiy , tabiiy munosabatda bo’lish kerak.

Shuningdek o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar muvaffaqqiyatli bo’lishi uchun o’qituvchi- defektolog; logoped, shifokor, psixolog vaota-ona bilan hamkorlikda ishlash lozim.Demak boshlang’ich sinf o’qituvchisi matematika darslarda o’quvchilardagi nuqsonlikni bartaraf etish, darslarda samarali o’zlashtirish uchun ta’lim jarayonida xamkorlik ishini yo’lga qo’yib borish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. O’quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ; rivojlantiruvchi korreksion ishlarning asosiy vazifasi aqli zaif boladi turli xil nuqsonlarni tuzatish, o’tilayotgan darslarni iloji boricha toliq o’zlashtirishga erishgan holda , savodxonlikni yaxshilash, ularda yozish, o’qish, hisoblash malakalari bo’yicha ko’nikma hosil qilishga erishish.Bu ishda yordamchi maktabni har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisidan alohida e’tiborni, o’zi o’tayotgan darslarga ijodiy yondashishni talab qiladi.O’qituvchi o’tilayotgan har bir darsni qiziqarli, o’quvchilarni turli xil xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tishga harakat qilish lozim.Demak yordamchi maktabning boshlang’ich sinf o’qiyuvchisi mayematika darslarini o’tishda metodik matematik tayyorgarlikka ega bo’lishi lozim.Metodik-matematik tayorgarlik deyilganda, biz uni ilmiy dunyo kurashi asosida matematik o’qitish metodikasi bo’yicha umumiy psixologik- pedagokik va matematik tayorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayorlanishni tushunamiz. Bunday tayorlanish vazifasini matematikadan boshlang’ich talim sohasida malum bilim va o’quvchilarni egallash va o’quvchilarni bu o’qitish orqali tarbiyalashi, o’zlashtirishi kiradi. O’quvchilarni matematik bilimlarni egallashi uchun darslar jarayonida turli hil talimiy usullardan foydalanishni taqqozo qiladi.

Yordamchi maktabni boshlang’ich sinf o’qiyuvchilarini aqliy rivojlanish hususiyatlaridan kelib chiqqan holda matematika darslarida savodxonlikni egallashlarida har bir darsda korreksion talimiy rivojlantiruvchi ishlarni olib borish zarur. Dars davomida koriksion ishlarni olib borish maqsadli, rejali asosida olib boriladi. Hattoki boshlang’ich sinf o’quvchisi kundalik dars rejasi tuzish va yozishda albatda olib boriladigan koriksion ishni kiritgan holda, dars davomida qo’llashi lozim. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida koriksion tarbiyaviy ishlar 1-sinfdan boshlab olib boriladi.

Jumladan 1-sinfda raqamlarni bilish va bu to’g’risida ko’nikma malaka hosil qilish uchun quydagi koriksion ishlarni dars davomid qo’lash mumkin.

1.Kesma shakilda berilgan 1dan 10 gacha bo’lgan raqamlarni tartibsiz holdan tartibli holatga keltirish. Masalan:10,8,2,7,3,5,4,1,6,9. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.

2.Kesma raqamlarni to’g’ri va teskari qo’yib sanash vazifasi beriladi.

3.O’quvchilarda geometrik shakillar haqida tushuncha hosil qilishda quyidagi koriksion ishni olib borish mumkin.

Har hil o’lchamdagi 3ta ko’pdan uchburchak yasash.

Yordamchi maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilarida fikrlash idrokni yetarli emasligi bazi matematik topshiriqlarni qiyinchilik bilan bajaradilar. Ayniqsa raqamlarni o’z o’rnida aytish, qo’llash ularda qiyinroq shuning uchun o’quvc hilardagi bu kamchiliklarni tuzatib borish uchun quyidagi korriksion ishlarni olib borish mumkin. Ushbu kataklarni raqamlar bilan to’ldirish yani tushurib qoldirilgan sonlarni qo’yib sanash va yozdirish

Ushbu koriksion ish sinfdagi sanashni to’liq bilmaydigan, raqamlarni o’rnini almashtirb yuboradigan o’quvchilar bilan olib borilsa o’quvchilarda raqamlar to’g’risidagi bilimlari mustaxkamlanadi.

O’quvchilarda qo’shish amalini mustahkamlash uchun quyidagi bo’sh kataklarni to’ldirish asosida hisoblashni o’rgatish.

Ushbu koriksion-talimiy ishda o’quvchilarda nomalum sonlar toppish, ularni o’rniga qo’yish malakasi mustahkamlanib borila.

Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini o’tishda, ularda raqamlar, geometric shakillar misollar yechish malakalarini shakillantirishda polisinsorlik prinsipi yoki tamoyilida foydalanish orqali korriksion ish olib borish mumkin. Bunda o’quvchilarda ko’rish, eshitish, sezish bilan birgalikda teri sezgilari yani barmoq sezgilari orqali o’quvchilarni matematik savodxonligini oshirish mumkin. Teri sezgilari orqali o’rgatishda quyidagi ko’rgazmali jihozlardan foydalangan holda korriksion ish olib borish mumkin. Korriksion ish uchun jihozlar qumli qog’ozdan tayorlanadi. Bunda qumli qog’ozdan raqamlarni kesma shakillari qirqib tayorlanadi.Tayorlanayotgan kesma shakli yozma shakilda tayorlanishi kerak.

Misollar yechilish ko’rinishlari ham qumli qog’ozdan tayorlanishi mumkin. Shuningdek o’quvchilarda geometrik shakillar bilan tanishtirishda, ularda bu sohada ko’nikma va malakani shakillantirishda qumli qog’ozdan turli hil geometric shakillar yani uchburchaklar, burchaklar, to’rtburchaklar, kvadrat, doira, aylana kabilarni tayorlanadi. Ushbu tayorlangan geometric shakillar ustidan o’quvchilar barmoqlarini yurg’izib ko’rishgandan so’ng o’quvchilarda geometrik shakillar to’g’risida tishuncha hosil bo’lishi mumkin.

Qumli qog’ozdan tayorlangan har bir ko’rgazma jihoz ustidan yordamchi maktabni boshlang’ich sinf o’quvchisi barmoqlari bilan yani raqamlar, misollarni yechilish ko’rinishi, geometik shakillar, qo’shish(+) ayirish(-) ko’paytirish(*) bo’lish(:) amallarini ishoralarini ko’rinishlari ustidan, shuningdek kata- kichik, teng “>”,”<”(=) ishoralarini barmoq sezish orqali his qilish bunda har bir his qilingan belgi, shakillarni ko’rinish aksi bosh meyyada aks etadi.Shu tariqa o’quvchilarda matematik savodxonlik bo’yicha bilim malakalari bilish faolyatida mustahkamlanib boriladi. Yuqorida aytilgan ko’rgazmalarni boshlang’ich sinf o’qtuvchisi o’z ish faolyatida qo’lab, dars jarayonida foydalanilib borilsa o’quvchilarnimatematik savodxonlikni egallashlarida ijobiy natijalar berishi mumkin.

Shuningdek o’quvchilarga raqamlarni o’gatishda qo’l terisiga yoki o’quvchini yelka qismiga o’sha o’rgatayotgan raqamini o’qituvchi tomonidan yozish orqali.Bunday usulda o’rgatishni sinfdagi o’quvchilar o’zaro bajarish orqali ham raqamlarni o’rganishlari mumkin. Boshlang’ich sinflarda misollar yechish malakasini mustahkamlashda, quyidagi korreksion ish usulidan foydalanish mumkin.

Bu ko’rinishdagi ko’rgazmali jihozni o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarni matematik savodhonliklarini hisobga olgan holda tarqatish material sifatida ham foydalanish mumkin. Yordamchi maktabda matematika darslarida didaktik o’yinlar orqali o’quvchilarda korreksion talimini rivojlantirish ishlari ham muhim ahamiyatga anegadir.Didaktik o’yinlarda o’quvchilar fikrlashning asosiy jarayonlari tahlil, taqqoslash, hulosa chiqarish va hokozalar rivojlantiriladi. Yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida o’qitish jarayonida didaktik o’yinlar o’rgatish maqsadlarida o’ylab topiladi, o’quvchilarni o’qitish ularda matematik bilim va malakalarni mustahkamlash, tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. Didaktik o’yinlar vaqtida paydo bo’ladigan ijobiy toyg’ular, bolalar faoliyatini faollashtiradi. O’yinda o’quvchilar o’zlari payqamagan holda juda matematik amallarni bajaradilar, sanashni mashq qiladilar, masalalar yechishni o’rganadilar.

Yordamchi maktabni matematika darslarida o’quvchilarning miqdoriy, fazoviy va vaqt tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida quyidagi didaktik o’yinlardan boshlang’ich sinf o’qituvchilar foydalanib borishlari mumkin. Allbatta bu o’yinlar hammaga ma’lum bolib, bu o’yinlarga quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin. ,,Qiziqarli hisob”, ,,Tirik raqamlar”, ,,Arfimetik loto”, ,,Doiraviy misollarr”, ,,Zinacha”, ,,Do’kon” va boshqa o’yinlar shular jumlasidandir.

Didaktik o’yinlarni o’tkazish uslubiyati o’qituvchidan katta pedagogik mahoratni talab qiladi. Darsda o’tkazilayotgan didaktik o’yinlar mazmuni o’quvchilarga yetkaza olinganda, ijobiy kattalik berish mumkin. Shuning uchun o’tkazilayotgan har bir didaktik o’yinlar o’quvchilarni bilish faoliyatlarini hisobga olingan holda o’tkazilib ularda matematik bilim va malakalarni shakllantirishda fikrlashdagi idrok etishdagi hotirasidagi passivlik holatlarini korreksionlash tuzatishga hizmat qilish lozim.

Hulosa qilib aytadigan bo’lsak yordamchi maktabni har bir darsida, yani xar bir talimiy vatarbiyaviy jarayonda yordamchi maktab o’quvchilari bilan ishlashda o’quvchilarga bilim berish,tarbiya va ular bilan koriksion ish olib uzviy bog’liq hamda olib borilishi lozim. Yordamchi maktabning har bir boshlang’ich sinf o’qituvchilar dars jarayonida o’quvchilarni bilish faoliyati psixolik rivojlanishini hisobga olgan holda o’quvchilar bilan yetarli ravishda korriksion ishlarni olib borish yo’lga qo’yib borishsa yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida o’quvchilarda matematik savodhonlikni shakillantirishga ijobiy yordam berish mumkin.

Demak dars jarayonida olib borilayotgan har bir korriksion tarbiyaviy talimiy rivojlantiruvchi ishlar yordamchi maktabni boshlang’ich sinflarda matematik bilimlarini egallashlarga hizmat qilishi lozim.




Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə