Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi. Reja



Yüklə 104,58 Kb.
səhifə5/6
tarix03.08.2018
ölçüsü104,58 Kb.
#60624
1   2   3   4   5   6

Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar.

12-MAVZU: ODIL YOQUBOVNING HAYOTI

VA ADABIY FAOLIYATI.

KO’HNA DUNYO” ROMANI.

Odil Yoqubov tabiatan faol, jamoatchi shaxs. U jamoat ishlariga hayotini tikka, shu yo’lda qurbon ota farzandi. Bolalikdanoq 30-yillarning talotumlari, so’ng urush davri suronlari qo’ynida, odamlar orasida mashaqqatli mehnat jabhalarida toblangan, faqat oilaviy hayotdagi ko’rgiliklar emas, el-yurt tashvishlari bilan yonib yashashga o’rgangan. Ikkinchi jahon urushining oxirgi yillarida yoshiga bir yosh qo’shib, o’z arizasiga ko’ra armiya xizmatiga kirib, Uzoq Sharqlardagi janglarda ishtirok etgan; uning talabalik yillari, turli tahririyatlardagi xizmatlari, “Literaturnaya gazeta”dagi muxbirlik, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”ga bos muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, sobiq Ittifoq Oliy Sovetining deputati sifatida jo’shqin, fidokoronafaoliyati bilan el-yurtda katta shuhrat qozongan. Hozir keksalik chog’ida ham Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo’mitasi raisi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidentidek mas’uliyati va sharafli vazifalarni ado etib kelayotir.

Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish – adibning bosh shiori. Yonib yashagan odamlar – asarlarining bosh qahramoni. Uni elga tanitgan “Muqaddas”, “Er boshiga ish tushsa”, “Izlayman”, “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo”, “Bir koshona sirlari” asarlari qahramonlari olovqalb odamlardir, ular bamisoli ko’z oldingizda yonib, o’zgalarni kuydirib, yondirib ko’ngil o’kinchlari, armonlari, faryodlari bilan o’quvchi-tomoshabin qalbiga o’t soluvchi otash, taftiga dosh berish mushkul alanganing o’zginasidir.


Ko’hna dunyo” romani. Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asarlar tarixiy romanlari – “Ulug’bek xazinasi” bilan “Ko’hna dunyo” bo’ladi. Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko’ra “Odil Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romanining markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davri ruradi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib aktual ma’no bag’ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo’yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko’rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o’tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo’ladi. U tarixga bugungi nuqtayi nazaridan qaraydi”.

Bu so’zlarda “Ko’hna dunyo” romanining tub mohiyati ochib berilgan. Darhaqiqat, bu roman, avvalo, ulug’ allomalar Ibn Sino va Beruniy taqdiri, ular yashagan davr haqida bahs etadi. Ammo u bizdagi mavjud tarixiy-biografik romanlardan, jumladan, “Navoiy”, “Yulduzli tunlar” poetikasidan farq qiladi. Xuddi avvalgi tarixiy romani “Ulug’bek xazinasi”da bo’lgani kabi bu yerda ham qahramonlari hayotini xronologik tarzda hikoya qilish yo’lidan bormaydi, ikkala alloma hayotidagi jiddiy bir palla – bor-yo’g’i bir oydan ortiq davr hodisalarini qalamga oladi. Qahramonlar hayotidagi bu palla shunday bir dovonki, bu dovondan ularning butun bosib o’tgan yo’li, o’tmish va kelajagi yaqqol ko’rinadi. Voqealar sodir bo’lgan maskan shunday bir bekatki, bu bekatda xilma-xil odmlar to’qnash keladilar, bu yerda umr bo’yi davom etgan ziddiyat, mojarolar muayyan intihosiga yetadi, dillarda armon bo’lib yotgan dard-u hasratlar to’kib solinadi.sir-u asrorlar oshkor bo’ladi, umrlar sarhisob etiladi, muallif personajlarga qo’shilib, hayot jumboqlari ustida qizg’in bahslar olib boradi.

Romanga asos qilib olingan hodisa – umr bo’yi Sulton Mahmud G’aznaviyni xushlamagan, sulton ta’qibidan olislarda yurgan Ibn Sinoning pirovardida uning huzuriga kelishi, yigirma yil judolikdan so’ng G’aznad Beruniy bilan diydorlashuvi voqeasi hayotda bo’lgan-bo’lmagani ma’lum emas. Biroq yozuvchi fantaziyasining mahsuli bo’lmish bu hodisalar badiiy haqiqatning go’zal namunasi, noyob badiiy modeli darajasiga ko’tarilgan. Qarang, ulug’ alloma, bir tomoni zo’rlik, qolaversa, tabiblik buchi taqozosi bilan keksalik chog’ida, xasta holiday ne-ne mashaqqatlar bilan kecha-kunduz yo’l yurib, aziz va mag’rur boshini egib ma’naviy raqibi – mustabid hukmdor huzuriga uni davolash uchun keladi. Ammo bu yerda uning nafsoniyati oyoqosti qilinadi. Saroyd allaqachon Ibn Sino niqobi ostida soxta, firibgar hakim paydo bo’lgan va hiyla-nayranglar orqali hukmdor e’tiborini qozongan. Sulton shu darajaga tushib qolganki, chin Ibn Sino bilan soxta hakimni bir-biridan farqlay olmaydi, firibgarni boshga ko’tarib, chin hakim-u davronni tahqirlab saroydan haydaydi.

“Ko’hna dunyo”dagi bu sujet katta ramziy – umumlashma xususiyatga ega. Haqiqiqy iste’dod sohiblar, chin zahmatkash daholar bu yoqd qolib, xor-u zor bo’lib, soxta, firibgar “ijodkor”larning obro’ e’tibor qozonishi hamma davrlarga, ayniqsa, mustabit hukmronlar siyosatiga xos tarixning ajib bir sirli jumbog’idir. Roman ana shu sirli jumboq ustida istirob bilan o’ylashga, bahsga undaydi sizni.

Ro’y bergan adolatsizlik ikki buyuk allomada ikki xil taassurot qoldiradi. Charxi kajraftorining xilma-xil o’yinlarini, jabr-u sitamlarini ko’p ko’rgan Ibn Sino bu telba dunyoning mudhish nayranglariga go’yo beparvodek qaraydi. Beruniy esa g’azab, afsus nadomatlardan o’zini qo’yarga joy topolmaydi. Bu xildagi ziddiyatlar holat ham hodisaning dramasini yanada kekinlashtiradi, bahs ruhini kuchaytiradi.

Ibn Sino bilan ustoz Beruniyning G’aznadagi uchrashuvi, Beruniy xonadonidagi muloqotlar, ko’ngil rozlari, ilm-fan, tabiat, koinot va jamiyat haqidagi bahslar ifodasi romanning eng jozibali, huzurbaxsh sahifalarini tashkil etadi. Bir vaqtlar ustoz Beruniy bilan shogird Ibn Sino orasida jiddiy ilmiy tortishuvlar bo’lgan, ustoz shogirdning ayrim qarashlarini keskin tanqid ostiga olgan, bunda ba’zan adolatsizliklarga ham yo’l qo’ygan… mana endi o’sha bahslarga yakun yasash, oydinlik kiritish ko’ngildagi g’uborlarni ko’tarish, umuman ikki alloma hayotida tutgan yo’l, umr saboqlarini sarhisob etish, qarashlarni muvofiqlashtirish payti keladi. Shunisi muhimki, ikki alloma arasida qizg’in munozaralar, tanlangan yo’llarda, qarashlarda ayrim farqlar yuz bergan bo’lishiga qaramay ular aslida maslakdagi shaxs-siymonlardir. Asarni o’qiganda siz buni butun qalbingiz bilan his etib turasiz. Garchi g’aznadagi uchrashuv yozuvchi ijodi fantaziyasining samarasi bo’lsa-da, tarixiy haqiqatda mosdir, chunki ikki buyuk alloma ilmiy ijodiy merosining tarixiy taqdiri, ular orasidagi mushtarakliklar bu haqiqatni to’la tasdiqlaydi.

Beruniy taqdirining romandagi talqini ham g’oyat ibratli. Bu olim hayoti nisbatan osoyishtaroq kechgan. U uzoq vaqt G’aznaviylar saroyida muqim turib, ilm-fan bilan mashg’ul bo’lgan. Ilm manfaatini deb shaxsiy mayliga zid o’laroq, saltanat bilan murosaga brogan. Shunisi xarakterliki, adib nisbattan osoyishda kechgan bu alloma umrining ichki dramasi, fojiasini butun keskinligi bilan kitobxonaga yetkazadi. Avvalo, ulug’ maqsadni deb uzoq yillar shaxsiy maylga zid yo’l tutib yashashning o’zi ulkan fojia. Buyuk gumanist mustabid Sultonning ko’p adolatsizliklarini o’z ko’zi bilan ko’rib turadi, u shohning Hindiston yurishlarida qatnashgan, bu o’lkadagi mislsiz qirg’in, zulmlarning bevosita shohidi bo’lgan… Bularni eslaganda Beruniy adadsiz iztiroblar ichida qovriladi. Buning ustiga barcha Beruniy hukmdor bilan muayyan murosaga brogan bo’lsa-da, baribir har qadamda saltanatdan jabr ko’radi – uning eng oddiy so’rovlari ham saroyda javobsiz qoladi, yaqin kishilarini himoya etolmay qiynaladi, firibgar soxta hakimning obro’-e’tibor topishi, hakim-u davron Ibn Sinoning tahqirlanishi – bunday adolatsizlikning guvohi bo’lish Beruniy uchun cheksiz kulfat, alam-iztirob.

Romanda saroy muhiti, saltanat ichidagi ziddiyatlar bilan barobar sulton Mahmud G’aznaviy ruhiy dramasi ifodasi ham keng o’rin olgan. Romanda tarixga sinfiy yondashish talabi ustuvor bo’lgan, jahongir shoh-u sultonlar haqida ijobiy gap aytish man etilgan, jumladan, sulton Mahmud G’aznaviyga salbiy musosabat avj pallaga ko’tarilgan kezlarda dunyoga kelgani tufayli, bu obraz talqinida davr ruhi asoratlari ma’lum darajada o’z muhrini qoldirgan. Asar muallifi sulton Mahmud G’aznaviyni ko’proq mustabit hukumdor sifatida ko’rsatishga jazm etadi; sultonning ezgu ishlari qurgan qasrlari, yaratgan go’zallikda benazir bog’lari, barpo qilgan machit va madrasalari, ilm-fan kishilariga qilgan sahovatlarini, janglardagi shijoati, mardligi, tantiligini ham e’tirof etgan holda, uning ahyoti yo’l qo’ygan xatolari, adolatsizliklari, gunohlari uchun umr so’nggida chekkan ruhiy qiynoqlari ifodasiga kengroq o’rin beriladi.

Asarda G’aznavyning biz keskin ruhiy istiroblar iskanjasida uchratamiz. Sulton umrining oxirgi damlari, u og’ir, davosiz dardga mubtalo. Bir tomondan dardiga davo istaydi, ikkinchi tomondan, o’lim haq, foniy dunyodan ketish oldida umri davomida qilgan gunohlarini eslab eziladi, imkon qadar gunohlardan forig’ bo’lishga iltiladi, jabrdiydalar ko’nglini olloh payiga tushadi. Biroq sultonning bu ezgu niyat yo’lidagi xatti-harakatlari yangidan-yangi ko’ngilsizliklar, ruhiy istiroblar keltiradi, eng yomoni, sulton o’z qo’li bilan yaratgan hokimlik tartiboti oldida o’z ojiz qoladi, u xayrli ishlar qilmoqchi bo’lganida saroydagi, toj-taxt tevaragidagi muhit bunga imkon bermaydi.

“Ko’hna dunyo” milliy romanchiligimiz poetikasini muhit yangi xususiyatlari bilan boyitadi. Bu roman yuqorida aytilganidek, boshdan oyoq munozara-bahs ruhi bilan yo’g’rilgan. Avvalo, roman uchun tanlangan hayotiy material, badiiy sujet – vaziyatning o’zi jumboq xarakteriga ega, chin alloma Ibn Sino bu yoqda qolib soxta tabib, firibgarning obro’-e’tibor qozonishi, “taqdiri azalning bu ajib jumbog’i” kitobxonni bahs-munozaraga chirlaydi, bu hodisa esa, o’z navbatida, xilma-xil jumboqlarni keltirib chiqaraveradi, asardagi deyarli barcha personajlar xarakteri, qismati, ular bilan bog’liq epizodlar jumboq qusini oladi. Bu hol shunchaki hodisa va xarakterlarni qiziqarli, sirli-sehrli bo’lishi uchungina xizmat etmaydi. Yozuvchi asarda ayni o’sha jumboqlar sababini tahlil etish yo’lidan boradi. Ular ustida jiddiy va qizig’in bahs yuritadi, natijada o’sha sirli hodisalarning, xarakterlarning asl ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy mohiyati ko’z oldingizda namoyon bo’ladi.

“Ko’hna dunyo”dagi hodis va qahramonlarga xilma-xil tomondna yondashish xarakterli. Asarda qalamga olingan hodisa va xarakterlar jumboqli bo’lish bilan barobar ziddiyatlidir. Bu ziddiyatlarning ko’rinish turlari ham rang-barang. Bu hol romandagi bahslar olamini g’oyat kengaytiradi.

Roman personajlari hayotidagi mavqei, maslak-e’tiqodiga ko’ra ikki guruhga ajraladilar. Bir tomondan hukmdorlar, saltanatga xizmat etuvchi, o’z shaxsiy manfaati yo’lida hech narsadan qaytmaydigan xudbin, yovuz, munofiq, firibgarlar; ular har bob bilan ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga to’sqinlik qiladilar, haqiqatni oyoqosti etadilar, mehnatkash xalq vakillariga zug’um, zulm o’tkazadilar. Ayni paytda o’sha “maslaksoshlar” – sulton Mahmud, amir Ma’sud, Xatlibegim, Abdul Hasanak, Ali G’arib, Piri Bukriy, Ibn Shahvoniylar orasida murosasiz ziddiyat, olishuv to’qnashuvlar ketadi… Ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyot yo’lida turgan, saltanatdan jafo ko’rgan kishilarning saltanatga cheksiz nafratli, isyoni va unga qarshi goh pinhona, goh oshkora kurashi… Shu bilan birga muallif mana shu maslakdoshlar qarashlaridagi muayyan tafovutlarga ham e’tiborni tortadi. Chunonchi, ulug’ alloma Ibn Sino bilan Beruniy oralarida qizg’in munozaralar bo’lib o’tadi, el-yurt, adolat g’amida yurgan Ibn Sino adolat uchun kurashga otlangan Imom Ismoil maslagini qabul qila olmaydi.

Yozuvchining mahorati, ayniqsa personajlarning ruhiy olami, qalb bahsini bera olishda yorqin ko’rinadi. Asarlardagi deyarli har bir personaj qalbida keskin drama kechadi, ularning har biri o’zi bilan o’zi olishadi. Har bir qalbning dramasi, bahsi o’ziga xos, ifoda tarsi betakoror. Sulton Mahmudning biz vasvassa-yu tahlika, pushaymonlar iskanjasida ko’rsak, Piri Bukriyning hasad, alam-o’kinchlar olovida yonayotgan holatlarda uchratamiz; amir Ma’sud, Xatlibegim, Ibn Hasanak, Ali G’ariblarning ham alam iztiroblardan, hattoki goho firigar Ibn Shahvoniyning tavba-tazarrusidan ogoh bo’lamiz; Malikul Sharob, Nargizabonu, Bobo Xurmolarni qalb faryodi o’quvchini larzaga soladi, ulug’ allomalar – Ibn Sino bilan Beruniylarning dil rozilari, alamli o’ylari, qalb tug’yoni, isyoni romandagi tasvirning eng shiddatli, baland pardalrini tashkil etadi. “Ko’hna dunyo”da ham biz personajlarni birinchi galda qalb bahsi, nidosi, tug’yoni orqali to’laroq bilib olamiz. Personajlarning qalb bahsi, nidosi ayni paytda ularning hayot falsafasi, haqiqati, konsepsiyasi hamdir. Personajlar qalb dramasi orqali o’zlariga va hayotga baho beradilar. Shu tariqa romandagi har bir yetakchi personaj mustaqil, muayyan shaklga tushgan konseptual ohangdir; bu ovozlar esa rang-barangdir.

To’g’ri, muallif ayrim personajlar, masalan, Ibn Shahvoniy, Piri Bukriylarning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlarini ham batafsil ta’rif-tavsif etadi, xarakterlar orasidagi to’qnashuvlarni ham ancha keng yoritadi, lekin baribir romanda qahramonlarning qalb bahsi, dramasi nidosi – ohangi orqali namoyon etish yetakchilik qiladi.

Romanda personajlar ovozidan boshqa hikoyachi shaxs sadolari ham mavjud. Asar voqealari, asosan, ikki shaxs – muallif va Abu Ubayd al-Juzjoniy tilidan hikoya qilinadi. Ibn Sino bilan bog’liq voqealar ko’proq Juzjoniy xotiralari tarzida, qolgan voqealar muallif nigohi orqali beriladi. Bu ikki hikoyachi shaxsning ifoda usuli, ohangi bir-biridan farqlanadi; Juzjoniy bayonida xolis – obyektivlik hukmronlik qilsa, muallif ifodasida voqealarga faol munosabat, dadil aralashish ustun. Go’yo personajlar qalbida, ruhiyatida boshlangan bahs-munozara muallif qalbida davom etadi, aniqrog’i muallif personajlar qalbida kechgan bahslar bilan bahsga kirishadi, ularga o’z munosabatini tayin etadi, natijada mavjud bahslar dramasi yanada qizg’inroq, shiddatliroq tus oladi.

Shu tariqa Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo” romanida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasi, davrning ko’pqirrali ziddiyatlarini, o’tmish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvofiq bo’lgan.


Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar:
13-MAVZU: PIRIMQUL QODIROVNING

HAYOTI VA IJODI

Pirimqul Qodirov o’zbek adaboyotiga XX asrning o’rtalarida kirib kelgan yangi avlodning atoqli vakilidir. Bo’lajak adib 1928-yil 25-oktabrda tug’ilgan.

Halol cho’ponlikdan suruv-suruv qo’ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho’ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo’jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko’ldan O’zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog’iga badarg'a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko’z, sinchkov nazar bilan qarashga o’rgatdi.

Maktabda a’lo baholarga o’qidi. Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi. Moskva aspiranturasini tugatib, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqladi va fan nomzodi bo’ldi.

Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo’shib olib bordi. O’zbek realistik prozasidagi badiiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar e’lon qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va arbob sifatida Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas’ul lavozimlarda ishladi.

Badiiy tarjima Pirimqul Qodirov mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K.Fedinning “Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X.Deryayevning “Qismat” romanlarini o’zbek tiliga o’girdi. Adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq yozuvchisi” yuksak unvoniga sazovor bo’ldi.

P.Qodirov xassos, nozikta’b, o’ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyatlar so’zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg’unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jozibada ko’zga tashlanadi.

Yulduzli tunlar” romani. Asar nainki adib ijodi, balki, umuman, XX asr o’zbek adabiyoti tarixida muhim o’rin tutadi. Uning chop etilib, o’quvchilar qo’liga tegish tarixi ham o’ziga xosdir. Sho’ro zamonida o’zbek adabiyotidagi buyuk tarixiy siymolarga bag’ishlangan birorta asarning qismati oson kechmadi. Bunga “Abulfayzxon”, “Muqanna”, “Navoi”, “Mirzo Ulug’bek”, “Ko’hna dunyo” singari asarlar misoldir. “Yulduzli tunlar” ham bundan mustasno emas.

Sho’rolar bunday asarlar xalqning ko’zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug’ ota-bobolar orqali buyuk o’tmishga, ma’naviy qudrat an’analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo’rqdilar va yanglishmadilar. Bunday asarlar mohiyat e’tibori bilan o’zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin.

“Yulduzli tunlar” ham aslida shunday asar edi. Shu bois, roman bir necha yil davomida ne-ne azob-uqubatlar bilan yozilganiga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi (1981). Lekin ko’p o’tmay asar va yozuvchi boshiga ko’p og’ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ’ib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi.

Yangi zamon, mustaqillik adibni ham. Romanni ham xalqqa qaytardi.”Yulduzli tunlar” shoh, sarkarda, shoir-benazir inson Zahiriddin Muhammad Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to’laqonli va sermiqyos asardir badiiy asardir.

Bu asargacha yozuvchi, asosan, o’z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag’ishlangan asarlar yozdi. “Yulduzli tunlar”da esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O’rta Osiyo va Hindiston tarixida o’chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko’pdan ko’p xalqlarni qirg’inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko’rsatgan sarkarda, she’rlaridagi har bir satrda o’z ichki dunyosi, dono porloq qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so’zidan tarix nafasi keluvchi “Boburnoma” muallifi hamda dilbar tabiat siymosibu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilganroman shu vaqtgacha o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida yaratilmagan edi.

Jahon tarixi badiiy adabiyotida Bobur haqida to’g’ri fikrardan tashqaribir-biriga zid, ba’zan yanglish, xato, noxolis qarashlar yo’q emas edi. Boburning haqqoniy qiyofasini yaratish, badiiy haqiqat imtiyozlari bilan moziy adolatini tiklash tarix talabi, zamon ehtiyoji va yozuvchining muqaddas burchi edi.

Shu ma’noda “Yulduzli tunlar” yozuvchi burchini namoyon etgan yulduzli onlardir. Roman yuqorida e’tirof etilgan jihatlari va buyuk bir tarixiy siymoni qaytadan kashf etilishi bilan o’zbek adabiyotida mustahkam o’rin egalladi.

Adabiyotimizda buyuk shoh va shoir hayotining ayrim bosqichlariga bag’ishlangan Oybekning “Bobur”, E.Vohidovning “Kelajakka maktub”, B.Boyqobilovning “Kun va tun”, X.Sultonning “Boburnoma” singari turli janrdagi asarlari mavjud. “Yulduzli tunlar”da esa Boburning deyarli butun ongli hayoti yaxlit yaratilgan. Adib roman janrining yuksak talablariga amal qilish bilangina kifoyalanmay, janr tabiatini yanada boyitishga munosib hissa qo’shdi.

Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e’tiborli. Humoyun og’ir betob bo’lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi: “Sening betoqatligingga me toqat keltiray! Sening shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin….

…Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi-yu:

– e, parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo’lsa, umr-u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin-u, xudo Humoyunga shifo bersin!”

Manbalar bu voqea haqiqatan tarixda ro’y berganini tasdiqlaydi. Humoyun ko’p o’tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to’g’ri keladi. Roman ham ko’p o’tmay shu tasvirdan so’ng yakun topadi.

Yozuvchi bu singari tarixiy faktlarni e’tirof etish bilangina cheklanmaydi, albatta. Taxayyulni erkin qo’yib, ularga badiiylikning jonli suvini ichiradi. Butun asar davomida qahramonlarni, ularning oy-kechinmalarini, harakat qilayotgan shart-sharoitlarni, muhitni, tabiatni, hatto olinayotgan nafaslar haroratini, ayni lahzada pardalrdan ichkariga yoyilayotgan nur tarovati va hokazolarni shu qadar mahorat bilan badiiy go’zal tasvirlaydiki, kitobxon asar o’qiyotganini unutib, shu muhitda yashayotgandek his etadi o’zini.

Bobur Hindistonda saltanatni poshqarganda podsho bo’lishning shon-shavkati bilan bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, “xatolig’”-u, “yuzi qarolig’”larni boshidan kechirgan. Vatan sog’inchi bilan o’rtangan. Bu yo’nalishda uning ajoyib, dilbar she’rlari ham bor. Yozuvchi qahramoni tabiatiga doir ana shunday tarixiy gavhar dalillarni saralab, badiiy yaxlitlik bilan nurlantiradi. Natijada, yozuvchining mahoratidan nurlangan harorat badiiy jozibaga aylanadi va butun asar hujayralariga iliqlik baxsh etadi.

Shu ma’noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, xayollari, orzu-armonlarining yuksak mahorat bilan tasvirlanganini ta’kidlash zarur. Onasi Qutlug’ Nigorxonim bilan Boburning nafas olishdayoq bir-birlarini tushunishlari, inining Xonzodabegimni nainki so’z, balki yurak bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlardagi his-hayajonlar tasviri Pirmqul Qodirovning ruhiyat mazmunlarini ko’rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi. Yozuvchi Boburni ko’p hollarda ichki kolliziya, ichki dramatizm, azobli, iztirobli, vaziyatlarda ko’rsatadi. Qahramon o’z-o’zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan savollarga shu yo’sinda javob izlaydi va topadi. O’zga qahramonlar bilan ba’zan so’z orqali emas, ichdan, vujud tili orqali muloqotda bo’ladi. Bu esa qahramon ruhiyatini teran yoritish imkonini beradi.

Mana, Boburning podshoh, sarkarda, shoir, muarrix sifatida buyuk fazilatlaridan tashqari oddiy bir inson sifatidagina ko’rinishi. Zaharlangan Bobur ruhiyati shunday, chiziladi: “Boshidan o’tgan o’lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Uning joni shuncha vaqt qil uchida osilib turganini o’ylasa, beixtiyor vahmi kelardi. Shu qil uzilsa, o’lim deb ataladigan zulmat qa’riga qulab tushishini ikki kun davomida muttasil his qilish unda yashash istagini behad kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi, bir uchquni dunyoning barcha boyliklari-yu, toj-u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga endi astoyidil sezildi”.

Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o’z-o’zidan bo’ladigan ish emas. Buning uchun yozuvchi shunday his-tuyg’ularni o’z qalbidan o’tkaza olishi kerak. Pirimqul Qodirov o’zi aytganidek, adib “tarixiy shaxslarning ichki dunyosiga o’z ichki dunyosi orqali yo’l topadi”.

Mustaqillik davriga kelib, “Yulduzli tunlar”dek tarixiy asarning qadr-qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman, Vatan, millat, ulug’ ota-bobolarimizga mehr-muhabbatni yanada e’zozlashga undaydi.
Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar.
14-MAVZU: ERKIN VOHIDOV

O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’anlari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi “Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan “Oltin devor” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, “Eron taronalari” bilan “Faust” tarjimasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.

“Men ijodiy mehnatbi faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish – bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashash, ishlab o’rganganman”, - deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyotida director, “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir “Buyuk romani” unvoniga sazovor bo’ldi.

Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’lib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Unig o’spirirnlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonni tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehrva mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi. Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi “Tong nafasi” talabalik yillarida yaratildi.

Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko'chib keldi. Erkinjon avval o'rta maktabda, so'ng hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta'lim oladi. 1960-yilda o'qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.

Erkin Vohidov dastlabki she'rlarini maktabda o'qib yurgan paytidayoq e'lon qila boshlagan, birinchi she'riy to'plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o'quvchilarga tortiq etildi. Uning she'rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoiru she'ru shuur» nomli adabiy-falsafiy to'plami XX asr o'zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo'lib qo'shilgan. Erkin Vohidov dunyo she'riyatining yorqin vakillari S.Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko'plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Erkin Vohidov tomonidan ulug' nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o'zbek tiliga yuksak mahorat bilan o'girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniya-timiz tarixida ham muhim voqea bo'lib qoladi.

Erkin Vohidov she'riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho'ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini e'lon qilgan, undan joy olgan o'nlab go'zal g'azallari bilan bunday da'volarning puch ekanligini isbotlagan edi. U «O'zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan ijodkordir.

Darhaqiqat, Erkin Vohidov o'zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o'ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko'tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo'naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O'zbegim» qasidasi alohida e'tiborga molik.


Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o'zbegim,

Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.


So'ylasin Afrosiyob-u so'ylasin O'rxun xati,

Ko'hna tarix shodasida bitta marjon, o'zbegim.


Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,

Asli nasli balki O'zlik, balki Tarxon, o'zbegim.



Yüklə 104,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə