Abdullayeva Sadoqat. Mikrobiologiya va virusologiya fani



Yüklə 34,96 Kb.
səhifə6/7
tarix19.03.2023
ölçüsü34,96 Kb.
#102815
1   2   3   4   5   6   7
1. mikrorganizm tarqalishi

4.Mikoriza
1881-yili polyak olimi F.M.Kamenskiy mikoriza hodisasini k&shf etadi. O'simliklar ildizi bilan zamburug'lar orasidagi simbioz mikoriza deb ataladi. Mikoriza ko'pchilik daraxtlar va g'alladoshlar oilasining vakillari orasida uchraydi. Mikorizada zamburug' giilari o'simlikning ildizlari orasiga o'sib kiradi. Mikorizani zamburug'-lardan fikomitsetlar, askomitsetlar va bazidiali zamburug'lar hosil qiladi. Bu tabiatda keng tarqalgan hodisa bo'lib, ektotrof va endotrof formalari bor.
Ektotrof mikorizada zamburug' giflari o'simlik ildizini hamma tomondan o'rab oladi, buning natijasida o'simlikning fldiz tukcha-lari nobud bo'ladi. Endotrof mikorizada zamburug' giflarining faqat bir qismigina ildizning yuza qismida bo'lib, asosiy qismi ildizning parenxima hujayralari orasiga o'sib kiradi, ildiz tukchalari tirik bo'ladi.
Zamburug' giflari o'simlik ildizining shimish yuzasini oshiradi, shu bilan birga o'simlik o'zlashtira olmagan anorganik va organik birikmalami eritadi. O'sirnlikni azot bilan ta'minlaydi, ya'ni organik qoldiqlarni parchalab, ammiakli birikmalarga aylantiradi. Bundan tashqari, mikoriza zamburug'lari tuproqdan fosforli birikmalami olishda ham o'simlikka yordam beradi. Buning hisobiga o'simlik zamburug'ni glukoza bilan ta'minlaydi. Glukoza molekulasida bo'l­gan energiya hisobiga zamburug' qiyin eriydigan fosforli birikmalar va torflarni o'zlashtirish imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Ayniqsa o'simliklardan orxideyalarda mikoriza hodisasi keng tarqalgan. Orxideyalarning urug'i juda qiyin unib chiqadi, chunki unga vitaminlardan: nikotin kislota (PP), В vitamin va boshqalar yetishmaydi, kam sintezlanadi. Ularni esa zamburug'lar hosil qiladi, buning natijasida esa urug' tez unib chiqadi. Mikoriza hodisasi daraxt-lardan archa, qayin, qarag'ay va boshqa o'simliklarda keng tarqalgan. Mikioorganizmlar fiziologik aktiv moddalar, vitaminlar, fer-mentlar, auksinlar, gibberelhnlar, antibiotiklar, ba'zi bir amino-kislotalarni sintezlash xususiyatiga ega. Bunday moddalarni bak-teriyalar, zamburug'lar, achitqilar, aktinomitsetlar, suvo'tlar sintez-laydilar. Nitrifikatorlar, azotobakteriyalar, tuganak bakteriyalari va boshqa vakillari o'sish uchun zarur bo'lgan barcha moddalarni sintezlash xususiyatiga ega.

Yüklə 34,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə