Abdurashid to xtaboyev


«Menejment» fanlari majmuini o'rganishda foydalanish uchun mo'ljallangan



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

«Menejment» fanlari majmuini o'rganishda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Shuningdek, 
aspirantlar, boshqaruv san’atini 
o'zlashtiruvchilar hamda barcha
qiziquvchilarga tavsiya etiladi.
BBK65.290-2
ISBN 978-9943-336-21-6
© «A B U MATBUOT-KONSALT»
nashriyoti, 2008 yil.


K IRISH
Zamon talablariga javob beradigan fidoyi, izlanuvcluin, yangilikkn 
intiluvchan, tashabbuskor, kasbiy bilimlarga ega boshqaruv kadrlarini 
tayyorlash va ularning zaxirasini shakllantirish bugungi kunning dolzarb 
masalalaridandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: 
«Hozirgi zamon boshqaruv kadrlari, menejerlari yuqori kasbiy mahoratga 
ega bo‘libgina qolmay, balki har bir jihatdan ma’lumotli, o‘z sohalarining 
bilimdoni, tashabbuskor, topshirilgan ish uchun jon kuydiradigan, 
muammolarni hal qilishga ijodiy yondashadigan kishilar bo‘lishlari, eng 
muhimi esa, vatanimizning chinakam fidoyilari bo‘lishlari lozim».
Bozor munosabatlarini shakllantirish jarayoni korxona va tashkilotlarda 
zamonaviy menejment va marketing tizimlarini joriy etish, unga mos 
ravishda rahbarlik (menejerlik) sifatlari va ko‘nikmalarini shakllantirish 
hamda rivojlantirishni talab etmoqda.
Mazkur qo‘llanmada bugungi kun talablariga javob beradigan boshqaruv 
kadrlarini tayyorlash va ularda zamonaviy boshqarish ko‘nikmalarini hosil 
qilish maqsadida menejerlar, ishbilarmon doiralar vakillari va tadbirkorlar 
uchun zamonaviy menejer qanday bo‘lishi zarurligi, uning odamlarga ta’sir 
o‘tkaza bilish san’ati, rahbarlik va sardorlik sifatlari, ularga ta’sir etuvchi 
omillar,tashabbuskorlik,yangilikkaintiluvchanlikvatadbirkorlikxislatlarini 
takomillashtirish, vaqtni boshqara olish ko‘nikmalari, notiqlik qoidalari, 
ishbilarmonlikning umumiy etiketi hamda ulaming ayrim mamlakatlardagi 
milliy-madaniy xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. Ushbu mavzuga oid 
testlar va mashqlar ham o ‘rin olgan.
Hurmatli kitobxon, taqdim etilayotgan amaliy tavsiyalar va mashg‘ulotlar 
kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun qo‘llanmabo‘yicha 
bildiriladigan fikr va mulohazalar uchun muallif oldindan minnatdorchilik 
izhor etadi.
Qo‘llanmani tayyorlashda ba’zi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda 
bergan yordamlari uchun Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti katta 
o‘qituvchilari Alisher Eraliev va Baxtiyor Mamajonovga minnatdorchilik 
bildiraman.
Ushbu qo‘llanmani nashrga tayyorlash jarayonida o‘zlarining fikr- 
mulohazalari va amaliy takliflarini bergan, boshqaruvning turli jabhalarida 
katta tajribaga ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan 
iqtisodchi Abdurafiq Ahadov, yuridik fanlari doktori, professor Akmal 
Saidov va No‘monjon Ahmadjonov hamda iqtisod fanlari nomzodlari 
Akramjon Karimov va Shavkatjon Teshaevlarga o‘z tashakkurimni izhor 
etaman.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə