Abdurashid to xtaboyev


Q ISQ A C H A TARIX



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

3


Q ISQ A C H A TARIX
Boshqaruvning shakllanishi va rivojlanishi uzoq davom etib kelayotgan 
tarixiy jarayon hisoblansa-da, ammo u fan sifatida XIX asming ikkinchi 
yarmidan XX asrning 5 0-yil lari gacha bo‘lgan shakllanish davrini o‘z ichiga 
oladi. Boshqarish hozirga kelib inson bilimlarining o‘ziga xos nazariy va 
amaliy asoslaridan biriga aylandi. U fan sifatida shakllanmasdan ilgari ham 
odamlar boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanganlarvabudavrboshqarishning 
amaliyot davri deb ataladi. Zero tashkilotlar qay darajada qadimiy bo‘lsa, 
boshqarish amaliyoti ham shu darajada qadimiydir. Ma’lumki, insonlar 
guruhlami tashkil etib yashagan davrlardayoq boshqaruvga ehtiyoj bo‘lgan. 
Hozirgacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb 
egalari o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar rasmiy tarzda shakllanganligi va 
ular m a’Ium bir maqsad yo‘nalishida boshqarilganligidan dalolat beradi. 
Qadimda va ayniqsa o‘rta asrlarda shakllangan davlatlar va imperiyalar 
faoliyati murakkab tashkilotlami boshqarish amaliyotidan darak beradi.
Boshqarish fan sifatida shakllangunga qadar amalga oshirilgan rahbarlik 
faoliyati asosan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
- rahbarlar vorislik bo‘yicha tanlangan;
- boshqarish rahbarlar tomonidan buyruq va tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan 
amalga oshirilgan;
-tash k ilot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqarish qarorlarini 
qabul qiluvchi odamlar kam bo‘lgan;
- boshqarish faoliyatiga tegishli va tegishli bo‘lmagan ishlar orasida 
nisbatan aniq chegaralar bo‘lmagan;
- rahbarlar tashkilotlardan o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda, 
ko‘proq boylik orttirish yoki o‘zining siyosiy hukmronligini kuchaytirish 
maqsadida foydalanganlar.
Demak, o‘tmishda boshqarish faoliyatiga mehnatning alohida bir turi 
sifatida qaralmagan, mazkur faoliyatning usul va vositalari maxsus ishlab 
chiqilmagan.
Biroq, boshqarish fan sifatida shakllangunga qadar o‘tgan davrlarda 
ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan hamda 
amaliyotda qoMlagan, muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va 
nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar


boMganki, ular faoliyatini o‘rganish hozirgi zamon boshqarish fanining 
rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. Ana shunday sifatlarga 
ega shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temurdir. Ushbu o ‘rinda uning 
«Temur tuzuklari» asari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u orqali murakkab 
tashkiliy birikmalarni boshqarishning klassik (chiziqli) tizimini tahlil qilish 
mumkin. Sohibqironning boshqarish va rahbarlik fazilatlariga doir boy 
merosi tarixiy adabiyotlarda saqlanib qolgan. Masalan, Sohibqiron «Vazir 
tutish tuzugi»da quyidagilami vasiyat qilib o‘tgan. Unga ko‘ra vazirlar 
ushbu to ‘rt sifatga ega bo‘lishlari lozim: birinchisi - toza naslli; ikkinchisi -
aql-farosatli; uchinchisi -sipohu raiyat ahvolidan xabardor, ularga nisbatan 
xushmuomalada bo‘lish; to‘rtinchisi - sabr-toqatli va tinchliksevar. Kimki 
shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi 
deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat 
ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt 
imtiyoz: ishonch, e ’tibor, ixtiyorva iqtidor berilsin.
Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, 
mulkiy va moliyaviy ishlami to‘g ‘rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko‘rsatib, 
ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi. Ruxsat 
etuvchi va taqiqlovchi buyruqlarida uning asilligi va toza naslligi ko‘rinib 
tursin. Dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh raiyatdan 
bo‘lsin, har kimning nomini yaxshi so‘zlar bilan tilga oladi. Birovdan 
yomonlik axtarmaydi, aytsalar eshitmaydi. Agar birovdan yomonlik ko‘rgan 
bo‘lsa, unga nisbatan shunday muomala qiladiki, u shaxs yomonligidan 
qaytadi. 0 ‘ziga yomonlik qilgan odamga nisbatan shunday yaxshilik 
qiladiki, u oldiga bosh egib keladi.
Qaysi vazir g ‘iybat gaplami aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, 
jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan kishilami yo‘qotish payiga tushsa, 
uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasli-yu zoti yomon, hasadchi, gina-kek 
saqJovchi, qora ko‘ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. 
Buzuq, qora ko‘ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez 
orada qulaydi.
Sohibqironning fikricha qaysi vazir soflik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga 
kirishib, davlatning moliya, mulkiya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi 
buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazimi eng 
oliy martabalarga yetkazsinlar. Qaysi vazir buzuqlik qilib, yomonlik yoMi 
bilan mamlakat ishlarini yurgizar ekan, ko‘p o ‘tmay unday saltanatdan 
xayru barakat ko‘tariladi.
Dono vazir o‘z o‘miga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik 
bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p 
muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘p muloyimlik qilsa, 
dunyotalab,tamagirodamlaruniyutibyuboradilar.Agarortiqchaqattiqqo‘llik 
qilsa, undan qochadilar va unga boshqa murojaat qilmaydilar. Demak,
5


Tuzuklarda ta’kidlanishicha, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining 
ishlarini eng to‘g‘ri chorayu tadbirlar qoMIab, yaxshi anglagan holda amalga 
oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi. Saltanat ishlarini sabr-toqat, 
chidam bilan ado etadi. Saltanat muammolarini o ‘z o‘rnida qattiqqo‘llik, 
o ‘z o ‘mida muloyimlik bilan hal qiladi. Bu xildagi vazirni davlat sherigi deb 
bilsinlar, chunki davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar 
bilan tirikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi 
ahvolda, saranjom tutadi.
Amir Temur fikriga ko‘ra jami yaxshi xulqiar sohibi boMgan vazir aziyat 
yetganda ham hech kimga ko‘nglida gina-adovat saqlamaydi. Agar ginayu 
kek saqlab, dushmanlik qilarkan, bunday vazir munofiqdir. Unday vazirdan 
ehtiyot bo‘lish kerak, chunki davlat dushmanlari bilan til biriktirib, xazinani 
va lashkarni xarob qiladi. Aqlli vazir ulki, bir qo‘li bilan raiyatni, ikkinchi 
qo‘li bilan esa sipohni tutadi. Sergaklik va ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermaydi. 
To‘g‘rilik va rostlik bilan muomalada bo‘lib, har ishning oqibatini o‘ylab 
ish tutadi. Davlat foydasini ko‘zlagani uchun, birovga dushmanlik qilishni 
ko‘ngliga keltirmaydi.
Tajribali, ishbilannon va bilimdon vazir shunday bo‘ladiki, mamlakat 
obodonligi, raiyat va sipohning tinch-farovonligi, xazina boyligini doim 
ko‘zda tutadi. Davlat, saltanatga foyda keltiradigan ishlami bajarishga 
tirishib harakat qiladi. Saltanatga zarar yetkazadigan xatarli ishlami bartaraf 
qilishda molu jonini ayamaydi. Sipohu raiyatga tegishli muhim ishlami 
yaxshilik yo‘li bilan, to‘g‘ri tadbir ishlatib amalga oshiradi. Yaxshi xulqli 
vazir shulki, uning ezgu ishlari yomon fe’l-atvoridan ustunlik qiladi.
Aqlli, bilimdon va hushyor vazir shunday bo‘lurki, bir to‘g‘ri tadbir 
qo‘llab g‘anim qo‘shinini parokanda qilib yubora oladi, murosayu madora, 
xushmuomalalik bilan sipohni birlashtirib, dushman lashkarini o ‘ziga rom 
qiladi. Bunday vazir valine’matning soqchisi bo‘lib, podshosining boshiga 
tushgan muhim va mushkul ishlarini tadbirkorlik va uzoqni ko‘ra bilishi 
bilan osonlashtiradi. Agar saltanat ishlarida biror muammo tug‘ilsa, aqlu 
farosatini ishlatib, uni yechib yuboradi.
Yuqoridagilar hamda «Har bir voli o‘zining qamchisi kabi ahamiyatga 
ega bo‘lmasa, u to‘ralik mansabiga loyiq emas», «Har qanday odam mening 
adolat devonimda panoh topgan ekan, gunohi bo‘lsa, u holda gunohiga 
yarasha jazolansinlar», «Qaysi hokim hukmining ta’siri cho‘p va kaltaklash 
ta’siridan kamroq bo‘lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdir», 
iboralariAmirTemurning rahbarlik lavozimiga alohida ahamiyatberganligini 
ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, Konfusiy (e.a. 551-479 y.y.), Pan-Gen (VI1I-IX asr) 
hamda buyuk ajdodlarimizdan Xoja Samandar Baqo Termiziy, Alisher 
Navoiy, Abu Nasr Forobiy kabilaming merosini o‘rganish natijasida o‘sha 
davrlarda rahbarlik sohasida bugun ham dolzarb bo‘lib turgan muammolami 
hal etish yo‘llari ko‘rsatilganligining guvohi bo‘ldik.
6


Masalan, Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida hokim shu 
shahar aholisiga rahbarlik qiluvchi oqil kishi bo‘!ib, u tabiatan o ‘n ikkita 
fazilatni o ‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarurligini e’tirof etgan.
1. Fozillar shahri hokimi, avvalo, to‘rt muchasi sog‘ bo‘lib, o‘ziga 
yuklangan vazifalami bajarishida biror a’zosidagi nuqson xalal bermasligi 
lozim, aksincha, u sog‘-salomatligi tufayli bu vazifalami oson bajarishi 
lozim.
2. Bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo‘lib, suhbatdoshining 
so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol 
qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.
3. U anglagan, ko‘rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to‘la- 
to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlami unutmasligi zarur.
4. U zehni o ‘tkir, zukko bo‘lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas 
alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur.
5. U fikrini ravshan tushuntira olishi uchun chiroyli so‘zlar bilan ifodalay 
bilishi zarur.
6. U (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi, 
o‘qish, o‘rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan 
qochmaydigan bo‘lishi zarur.
7. Taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda o‘zini tiya 
oladigan bo‘lish, (qimor yoki boshqa) o ‘yinlardan zavq, huzur olishdan 
uzoq bo‘lishi zarur.
8. U xaq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlami sevadigan, yolg‘onni 
va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur.
9.U o‘zqadrinibiluvchivanomus-oriyatliodambo‘lishi,pastkashliklardan 
yuqori turuvchi, tug‘ma oliyhimmat boiishi, ulug‘, oliy ishlarga intilishi 
zarur.
10. Bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol- 
dunyo ketidan quvmaydigan) boMishi zarur.
11. Tabiatan adolatparvar bo'lib, odamlami sevadigan, istibdod vajabr- 
zulmni, mustabid va zolimlami yomon ko‘ruvchi, o ‘z odamlariga ham 
haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, jabrlanganlarga madad 
beruvchi, barchaga yaxshilikni va o‘zi suygan go‘zalliklarni ravo ko‘ruvchi 
bo‘lishi zarur. 0 ‘zi haq ish oldida o ‘jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har 
qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo‘lishi zarur.
12. 0 ‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlami amalga oshirishda 
qat’iyatli, sabotli, ju r’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l 
qo‘ymasligi zarur.
Avvalgi hokim o‘miga kelgan yangi rahbarda ham yuqorida aytilgan 
fazilatlar yoshlikdan shakllangan bo‘lishi zarur va yana oltita fazilat hosil 
qilinishi zarur:
1. Donishmandlik.
7


2. Avvalgi hokimlar o‘matgan qonunlar va tartiblami xotirada yaxshi 
saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo‘lish.
3. Agar avvalgi hokimlar davridan biror(yoki birqancha) sohagataalluqli 
qonun qolmagan bo‘lsa, bunday qonunni o‘ylab topish uchun ijod, ixtiro 
qilish quvvatiga ega bo‘lish.
4. Hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan, 
avvalgi hokimlar ko‘zda tutmagan voqealarni oldindan ko‘ra bilish uchun 
bashoratgo‘ylik xislatiga ega bo‘lish. Bu xislat unga xalq farovonligini 
yaxshilash yo‘lida kerak bo‘ladi.
5. Avvalgi hokimlar o‘matgan qonunlarga, shuningdek, avalgilardan ibrat 
olib, o ‘zi chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg‘in so‘zlash -
notiqlik xislatiga ega bo‘lish.
6. Zarur bo‘lganda harb ishlariga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli 
jismoniy quvvatga ega bo‘lish, ham jang qilish, ham sarkarda sifatida jangu 
jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.
Konfusiy g‘oyasiga binoan esa davlat o‘z hayotini piramida shaklida 
tashkil etishi lozim: jamiyatning toji-O sm on o‘g‘li-hukm dor, oraliqda esa 
martabali tabaqa, jamiyat asosida - xalq turadi. U davlat rahbarini Osmon 
o‘g ‘li deb belgilagan. Buning uchun u, shak-shubhasiz, zarur salohiyatlarga 
ega bo‘ lmog‘ i shart, deb bilgan. Konfusiy hukmron tabaqa va xalq o'rtasidagi 
munosabatni quyidagi badiiy timsollarda ifodalaydi: birinchisi - «shamol», 
ikkinchisi - «maysa». Shamol esganida maysalar tebranib chayqalganiday 
martabali tabaqa xalqni harakatga keltiradi.
Allomaning butun diqqat-e’tibori ana shu oraliqdagi ijrochi - martabali 
tabaqaga qaratilgan. Konfusiy ta’limoti markazida «himmatli zot» turadi. 
Bu zot hukmron tabaqaning ideal namoyandasi boiib, u mazkur ta’limot 
ko‘magida o‘zida jamiyat farovonligini ta ’minlay oladigan olijanob 
fazilatlami shakllantiradi.
Buyuk alloma «himmatli zot»larga xos beshta xislatni alohida qimmatli 
deb bilgan. Bu - burch, adolat, mardlik, taomil - odat va bilimdir.
Konfusiyning «Hikmatlar» asari o‘zida «himmatli zot»ning bunday 
fazilatlarini batafsil aks ettiradi. Ya’ni, unga ko‘ra «himmatli zot» oliy 
hukmdorga chuqur ehtiromli va xalqqa nisbatan muruvvatli, jamiyatdagi 
xizmati va burchini sidqidildan bajaruvchi, zamondoshlari o‘rtasida shon- 
shuhratga intiluvchi emas, balki kuch-qobiliyatini jamiyatdagi burchini 
oqlashga sarflash to‘g‘risida ko‘proq qayg‘uruvchi, urf-odat va an’analami 
ixlos bilan bajaruvchi shaxsdir. U ohista va xotirjam, chehrasi samimiy, 
tabiatiga dag‘allik va fahmsizlik begona, kiyinishi ozoda va o‘ziga munosib, 
axloqiy-ijtimoiy mezonlarni chuqur anglagan, boylik va martabani «taqdir 
in’omi» deb bilib, ularga atayin intilmaydigan, xayru saxovatli, lekin isrofgar 
emas, halollik yo‘lida murosasiz va duch kelgan guruhga qo‘shilib ketuvchi 
emas.
8


Konfusiy bunday xislatlar sohibi bo‘lgan shaxsni «go‘zal inson» deb 
bilgan. Jamiyatni shunday shaxslar boshqarsa, uning farovonligi ta’min- 
lanishini ta’kidlagan. Konfusiy «himmatli zot»ga «nobakor kimsa»ni zid 
qo‘ygan. Bunday kimsa yaramas xatti-harakatlari bilan ajralib turadi: u o‘z 
nafsining quli, burch nimaligini bilmaydi va oqibatda jamiyatda hukmron 
tartib-qoidalarni osonlik bilan buzadi. «Osmon idorasi»ni sezmaydi, marta- 
bali zotlar va donishmandlarga qalb ehtiromi yo‘q, o‘z qadr-qimmatini 
bilmaydi va tilanchilikdan o‘zini tiya olmaydi. Shunday qilib, Konfusiy 
ta’limotida shaxsiy-axloqiy xususiyatlar chuqur ijtimoiy mohiyatli 
me’yorlarga aylantirilgan.
Konfusiy ta’limoti davlat va jamiyat hayotini uyushtirish va boshqarish 
nuqtai nazaridan umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lib, shu boisdan falsafa 
tarixida «konfusiylik» va «neokonfusiylik» maktablarini vujudga keltirdi 
hamda hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Alloma o‘z ta’limotida «Himmatli zot»lar to‘qqiz narsani muhim 
deb bilishi lozimligini ko‘satib bergan: «qaraganingda - ko‘ra ol; ting- 
laganingda - eshita ol; chehrangda samimiyat, qiyofangda esa o‘zgalarga 
ehtirom boMsin; nutqingda - sadoqat, ishingda - shinavandalik bo‘lsin; 
shubhalansang - albatta so‘ra; tutaqqan payting - oqibatini o ‘yla; 
olayotganing - qarz ekanligini unutma».
Konfusiy «boshqaruvda beshta go‘zal usulga astoydil amal qilish va 
to'rtta yaramas usuldan o‘zini tiyish zarur»ligini isbotlab bergan. U beshta 
go‘zal boshqaruv usulida: himmatli zotning muravvatli boMishini, biroq 
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasligini; u ish paytida talabchan boMishini, 
biroq boshqalarda norozilik uyg‘otmasligini; istak-xohishda ochko‘zlikka 
berilmasligini; keng fe’Hi, ammo takabbur boMmasligini; ulug‘vor, ammo 
atrofdagilarga vajohat solmasligini ko‘rsatib bergan.
Boshqarishning to‘rt yaramas usulida esa: boshqalami qonunni chetlab 
o‘tib, o‘zboshimchalarcha o‘limga hukm etishni - shafqatsizlik; ishning 
natijasini ogohlantirmasdan talab etishni - zo‘ravonlik; ish bajarilib, yakun- 
lanishga yaqinlashib qolsa-da, shunga tegishli buyruqni hayallatib o‘tirishni
- qaroqchilik; mehnatga haq toMashda xasislik qilishni - pastkashlik deb 
e’tirof etgan.
Yuqoridagilardankelibchiqib,aytishjoizki,uzoqo‘tmishdahamkishilami 
samarali boshqarish uchun ularga ta ’sir qilishning bir qancha usullari mavjud 
boMgan. Lekin, bugun ham ayrim holatlarda turli xarakterdagi kishilaming 
xatti-harakatini bir maqsadga yo‘naltirishda rahbar - menejer o‘zini 
qanday tutishi kerak va ta’sir qilishning qanday usullaridan foydalanishi 
kerakligini belgilash boshqarish faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib 
qolmoqda.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə