Abdurashid to xtaboyev


IST IQ L O L IY FAZILATLAR



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

9


IST IQ L O L IY FAZILATLAR
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin o‘tgan davr mobaynida 
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda tub o ‘zgarish!arga erishildi. 0 ‘zbe- 
kiston o‘z taraqqiyot yo‘lida yangi ufqlar va maqsadlarga erishayotgan bir 
paytda, jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, 
eng avvalo, rahbar kadrlaming o‘z vazifasini halol va malakali bajarishiga, 
qolaversa, fidoyiligiga bog‘liq bo‘lmoqda. 0 ‘zbekistonda boshqarish 
tizimini, jumladan, rahbar kadrlami tanlash, tarbiyalash, ularni joy-joyiga 
qo‘yish va yangilash sohasini isloh qilish va rivojlantirishning nazariy 
asoslari va amaliy yo‘llari Prezident l.A . Karimovning asarlari, nutq va 
ma’ruzalarida atroflicha yoritib berilgan.
Ularda boshqaruv kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularning 
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga xizmat qiladigan mukammal 
tizimni shakllantirishga katta e ’tibor qaratilgan. Buning boisi shundaki, 
boshqaruv kadrlari ommaning yetakchisi sifatida jamiyatni harakatga 
keltiradi, xalqning ijodiy kuchlarini, uning tashabbus va intilishini 
uyg‘otadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotini jonlantiradi. 
Qachonki rahbar har jihatdan mukammal va namuna bo‘lsa, odamlarni 
ishontira olsa, ularning boshini biriktirib, o‘z ortidan ergashtira olsa
rivojlanish yanada jadallashadi.
Darhaqiqat, insoniyat sivilizasiyasining barcha davrlarida va har qanday 
tuzumda boshqaruv kadrlari ommaning yetakchisi hisoblangan. Uning 
bilimsizligi mafkuraviy qotib qolishga olib kelgan, xalqni qaramlikka 
solgan, uning taraqqiyoti esa xalq hayotini taraqqiy ettirgan. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz oldimizga 
qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, 
gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadr-larga borib taqalaveradi». 
Oldimizdaturgan buyuk vazifalar,strategikmaqsadlar,mavjudmuammolami 
hal etish masalalari kadrlar salohiyatiga, ulaming bilimi, tajribasi, ko‘nikma 
va malakasiga bevosita bog‘liqdir.
Bugun ta’lim-tarbiya masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
sifatida qaralmoqda. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul qilingan Milliy 
dasturning mazmun-mohiyati ham aynan ana shu maqsadga yo‘naltirilgan. 
Unda shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
bir-biri bilan uzviy hamkorligi, o ‘zaro aloqadorligi aks etgan.
Hozirgi kunga kelib davlat idoralari, biznes tarmoqlari va ijtimoiy 
sohalami boshqarish bo‘g‘inlarida zamon talabiga javob beradigan 
boshqaruv kadrlarini tayyorlash va tarbiyalash masalasi eng dolzarb 
vazifalardan biridir.
Bugungi kun, boshqaruv kadrlaridan zamonaviy rahbar (menejer) 
ga xos bo‘lmagan salbiy sifatlardan qutulishni, ijobiy fazilatlarni o‘zida
10


shakllantirishni talab etmoqda. Ammo shunisi achinarliki, ularning 
malakasini oshirish va qayta tayyoriashda hali-hanuz ayrim boshqaruv 
kadrlari zamonaviy menejment va marketing asoslari, biznesni baholash, 
ilg‘or xorijiy tajribalar, ilm-fan yutuqlarini muntazam kuzatib borish 
ko‘nikmalarini yetarli darajada egallay olmayaptilar. Jahon tajribasidan 
ma’lumki, rahbar (menejer)ning bilim saviyasi qanchalik past bo‘lsa, kas- 
biy mahorati ham shunchalik past bo‘ladi. Aksincha, rahbar (menejer)ning 
intellektual salohiyati qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ma’naviy-axloqiy 
jihatlari, tashkilotchilik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatlari ham 
yuqori bo‘ladi.
Mazkur sohada yana bir muhim va dolzarb masala - bu boshqarish 
faoliyatida qobiliyatli, iste’dodli va iqtidorli yoshlar bilan ishlash masalasidir. 
Xalqimiz bugun yoshlarga ishonmoqda, ularga umid ko‘zi bilan qarayapti. 
Yoshlar bugun o‘tmish va kelajak o ‘rtasidagi ishonchli va umidli ko‘prik 
vazifasini bajarishi kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatiga layoqati 
bor yoshlami izlab topish, ular bilan muntazam ishlash va kelajak uchun 
tayyorlash bugunning eng dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
Boshqaruv kadrlari bilan ishlashda quyidagi masalaga alohida e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun boshqaruv kadrlarining ikki 
toifasi mavjud: turli mulk shaklidagi biznes sohalari rahbar (menejer)lari 
hamda davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari. Davlat tashkiloti rahbarlari 
davlat va xalq o‘rtasida ko‘prik (bufer) vazifasini bajaradi. Ular davlatning 
ishongan vakilari hisoblanib, jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida 
faoliyat olib boradilar. Biznes sohalari boshqaruv kadrlari esa shaxsiy, jamoa 
va jamiyat manfaatlarining mutanosibligi, uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatadilar.
Mazkur faoliyatlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun boshqaruv 
kadrlaridan davlat siyosati, islohotlaming mazmun mohiyati, zamonaviy 
boshqaruv asoslari, bozor iqtisodiyoti ko‘nikmalarini chuqur egallab borishi 
talab etiladi. Buning uchun boshqaruv kadrlariga o‘z bilimlari, malaka va 
ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishlari uchun yetarli shart-sharoit 
yaratilishi lozim.
«Har qaysi inson buyuk kuch sohibidir. Faqat uni uyg‘ota bilish kerak», 
degan edi davlatimiz rahbari. Ana shu jihatdan bugungi rahbar (menejer)lik 
mas’uliyati ancha murakkab. Boshqalardagi kuch-g‘ayratni uyg'otish uchun, 
eng avvalo, rahbar (menejer)ning o‘zi kuchli, g‘ayratli, kerak bo‘lsa qudratli 
bo‘lishi shart. Rahbar (menejer)ning boshqalarga o ‘mak bo‘lishi muhim 
xususiyatlardan biri bo‘lsa, yana biri o ‘z atrofidafidoyi insonlarni birlashtira 
olishidir. Bugungi rahbar (menejer) izlanuvchan, tadbirkor, qat’iyatli, kerak 
bo‘lsa, qattiqqo‘l bo‘la olishi, davlat va xalq manfaati yo‘lida fidoyi bo‘lishi, 
boshqalami ham shunga safarbar qila olishi zarur. Shu bilan birga, u xalq 
ruhiyatida ertangi kunga ishonch hissini uyg‘ota bilishi lozim.
11


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2002 yil fevral 
oyida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashida 
so‘zlagan nutqi bugungi kun rahbarlarining professional lavozim talablariga 
asos bo‘ldi. Nutqda rahbar-yetakchilarga xos jonini ham fido qilish, xalqqa 
sidqidildan xizmat qilish, odamlami o‘ziga jalb eta olish, kechirimli bo‘lish, 
fayzli bo‘lish, odamlami birlashtirish, boshqarish, yuksak maqsadlar sari 
safarbar qilish, yonib yashash, uzoqni ko'ra bilish, yetakchi bo‘lish, xalq 
bilan til topa bilish, el-yurt tashvishi bilan yashash, yangilikka intilish, 
o‘z halovatidan voz kecha olish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, 
muammolarni vaqtida yechish haqida muttasil qayg‘urish, qat’iyatlilik, 
kerak joyda qattiqo‘llik, murosasizlik, ertangi kunga ishonch, odamlarni rozi 
qilish, ularga tarbiyachi, yetakchi bo'lish hamda g‘amxo‘rlik, mehribonlik 
qilish, talabchanlik, fidoyilik, xalqning dardini o‘z dardi deb bilish, nojo‘ya 
yo‘llardan, xatti-harakatlardan qaytarish, sog‘lom iqlim barpo etish kabi 
fazilatlar tilga olindi. Ayni vaqtda, oqsoqlik, mas’uliyatsizlik, beparvolik, 
suiiste’molchilik, rasmiyatchilik, xo‘jako‘rsinchilik, murosasozlik, jino- 
yatchilik, e ’tiborsizlik, talabchanlik vafidoyilikningyetishmasligi, boqiman- 
dalik, loqaydlik va boshqa shu singari salbiy illatlar ham izohlab berildi.
Yuqorida keltirilgan ijobiy va salbiy xislatlaming har biri hayotda 
mavjud bo‘lib bu xislatlar, o ‘zining aniq ta’rifiga va ko‘rsatkichlariga ega. 
Darhaqiqat, bu - davrimizning eng asosiy vazifalaridan biri. Hozirgi rahbar 
«o‘zi ham yonib, o ‘zgalami ham yondirib yashashi kerak». Davr bugungi 
kun rahbaridan, yangi davr rahbaridan aynan shuni talab qilmoqda. Davr 
odamlarni o‘zgartiradi, odamlarni saralaydi. Zero hamma ham rahbar bo‘lib 
tug‘ilavermaydi. Rahbarlik ilohiy fazilat, qolaversa, u tinimsiz izlanish, 
intilish, bilim va tajribaning mahsulidir.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə