Abdurashid to xtaboyev



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

Avtoritar uslub 
moddiy taqchillik holatida va eng yuqori ehtiyojlar 
rivojlanmagan guruhda hamda ekstremal holatlarda o‘zini oqlaydi. Ushbu 
uslubda rahbar qo‘l ostidagilarining faoliyati uchun javobgarlikni o‘z 
zimmasiga to‘liq oladi. Hamma mavjud axborotlami o‘zi orqali o‘tkazishga 
harakat qiladi. Jamoa a ’zolarining bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab 
qo‘yadi. Tanqidni ko‘tara olmaydi, lekin o‘zi tanqid qilishni yaxshi ko'radi. 
Bunday rahbar odatda ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘ysunuvchilari 
bilan muomalada bo‘lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi sezilib 
turadi.
Demokratikuslubnixodimlamingnatijagaerishishga,tashabbuskorlikka 
va mas’uliyatni his etishga manfaatdor bo‘lgan hollarda qo‘llash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday rahbarlik turida rahbar o‘z faoliyatini 
guruhidagi jamoa a’zolariga tayangan holda olib boradi. Faoliyat uchun 
javobgarlik bo‘ysunuvchilar orasida taqsimlanadi. Jamoa a’zolarining 
bir-biri bilan bevosita munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda 
rahbar bo‘ysunuvchilaming bildirgan fikrlariga quloq soladi, ular bilan 
maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi, ilg‘orlarni mukofotlaydi. 
Bunday uslub bo‘ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusi, ijodiy faoliyatini 
rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi. Bu faqat 
jamoadagi sharoitga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki uning ish natijalariga 
ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
24


Liberal uslubning qo‘llanilishi guruh oldiga qo‘yilgan maqsadlar 
aniqlanmaganidan va uning boshqaruv jarayonida tutgan o‘mi noaniqligidan 
darak beradi. Bunda rahbar faollik ko‘rsatmaydi, u faqat axborot manbai 
bo‘lib xizmat qiladi yoki uni o‘zi yig‘adi, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
masalalarini muhokama qilish rasmiy xarakterga ega bo‘ladi, ishda o‘zini- 
o‘zi tanqid qilish holati yuz bermaydi. Bunday rahbarlar tashqaridan 
ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. Bunda u 
yoki bu masalalami bajarish ayrim bo‘ysunuvchilaming xohishiga bog‘liq 
JjoMadi.

Rahbarlikning samarali uslubi quyidagi omillarni hisobga olgan holda 
ianiqlanadi:
• 
rahbaming shaxsiy psixologik xususiyatlari;
• 
bo‘ysunuvchi!aming ehtiyojlari va manfaatlari;
• 
xodimlaming malaka darajalari va javobgarlik hissi;
• 
ma’muriyat faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar.
Hozirgi zamon rahbaridan yuqoridagi rahbarlik uslublarini maqsadga
muvofiq qoMlay olish talab etiladi. Rahbarlik uslublarini takomillashtirish 
bo‘yicha quyidagi tavsiyalami berish mumkin:
1. Qadr-qimmatlami belgilab berish va shaxsiy maqsadlami ishlab 
chiqish.
2. Shaxsiy rivojlanish bosqichlari va joriy faoliyatni rejalashtirish.
3. Erishilgan natijalarni muntazam tahlil qilish.
4. Kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish: eshitish, o‘qish, gapirish
yozish.
5. Kishilami tushunishni o‘rganish va kuzatuvchanlikni rivojlantirish.
6. Har kuni fikrlashga vaqt topish, fikrlami muntazam yozib borish.
7. Boshqa soha kishilari bilan muloqotni kengaytirish.
8. Bosh masalaga e’tibor qaratishni o‘rganish.
9. Dadil, sabotli va matonatli bo‘lish.
10. Muntazam imkoniyatlami izlash va tashabbus ko‘rsatish.
1. R ah b ar (menejer) qanday bo‘lishi kerak?
Fidoyi, jonkuyar, halol va ma’naviy-ahloqiy jihatdan pokiza.
Malakali, har jihatdan ma’lumotli, o‘z sohasining bilimdoni, tadbirkor 
va o‘z ishining ustasi.
0 ‘ta mas’uliyatli, talabchan, qat’iyatli, e’tiborli va kechirimli.
Tavakkal qiluvchi, tashabbuskor, yangilikka intiluvchi va uni his eta 
oluvchi.
Sezgir va harakatchan.
Yuqori ish qobiliyatiga ega va sog‘lom bo‘lish.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə