Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi


VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə16/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   235
2- курс мажмуа лотин

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • Ma’ruzalar;

  • Interfaol keys-stadilar;

  • Seminarlar (mantiqiy fikrlash va tezkor savol javoblar)

  • Guruhlarda ishlash;

  • Taqdimotlarni qilish;

  • Individual loyixalar;

  • Jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyixalar.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Klinik restavratsion stomatologiya moduli bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:

  • joriy nazorat (JN);

  • oraliq nazorat (ON);

  • yakuniy nazorat (YAN).

Modulga ajratilgan 8 kreditni talaba JN davomida yig‘adi.



Baholash turi

Kredit soni

1.

Joriy nazorat

8,0

2.

Oraliq nazorat

0,0

3.

YAkuniy nazorat

0,0




JAMI

8,0


JORIY NAZORAT (JN)
JNda talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Klinik restavratsion stomatologiya moduli bo‘yicha JN og‘zaki, o‘rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, mulyaj va fantom (volonter, bemor)larda ishlash ma’lumotlarini o‘rganish, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o‘tish bali 55 ball.
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism (50:50).
Joriy nazorat uchun 8 kredit ajratiladi:
Uchinchi semestr – 4,0 kredit; To‘rtinchi semestr – 4,0 kredit;
Uchinchi semestr yakunida talabalar to‘liq ajratilgan kreditni yig‘ishlari shart va ONdan o‘tadilar, o‘tish balidan (55) ko‘p yiqqan holda 4 semestrga o‘tadilar. To‘rtinchi semestr yakunida talabalar to‘liq ajratilgan kreditni yig‘ishlari shart va shundagina yakuniy nazoratga kiritiladilar.
Joriy nazoratda saralash (o‘tish) ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo‘yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan kursdan kursga qoldiriladi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə