Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”



Yüklə 179,95 Kb.
səhifə6/45
tarix28.03.2022
ölçüsü179,95 Kb.
#84782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”-hozir.org

Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi g’oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy g’oyalarining targ’ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Farobiy, shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi ma’lum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo’lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Farobiy o’rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni o’rganuvchi ilm sohalarini birinchi o’ringa qo’ydi.



Farobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, she’riyat, to’g’ri yozuv va b.ni o’z ichiga oladi); 2) mantiq (8 bo’limdan iborat bo’lib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va b.ni o’z ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va og’irlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).
Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o’rganishga qaratilgan edi. Farobiyga kura, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o’rganish va tasdiqlashdan, uni yolg’ondan farqlashdan iborat.

Yüklə 179,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə