Academic research in educational sciences


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 346,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.01.2023
ölçüsü346,86 Kb.
#98890
1   2   3   4   5
shaxsga-yo-naltirilgan-ta-limda-pedagogik-klasterning-ahamiyati

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Bunday yondashuv orqali taʼlim jarayonini amalga oshirishda oʼquvchining 
bilim olish jarayonini oʼz ichiga olgan, oʼqituvchi – oʼquvchi – oʼqituvchi 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126 
Academic Research, Uzbekistan 1123 www.ares.uz 
munosabati hamkorligi va erkin tanlash printsipi uni tanlagan sohasi bilan 
shugʼullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog 
olimlar tomonidan taʼlim jarayonida shaxsga yoʼnaltirilgan yondashuvning 
asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan boʼlib, u quyidagilardan 
iborat: shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim; hamkorlik pedagogikasi; - adaptiv muloqot 
pedagogik texnologiyasi; oʼyin texnologiyasi; rivojlangan oʼqitish texnologiyasi; 
muammoli oʼqitish texnologiyasi; differentsial oʼqitish; individual oʼqitish 
texnologiyasi. Ushbu yoʼnalishlarning har birida taʼlim oʼkuvchi shaxsining qiziqishi, 
qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari eʼtiborga olinib tashkil etiladi. Аyniqsa, 
shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlimda oʼquvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli 
vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urgʼu beriladi. 
Mustaqil oʼqib-oʼrganish, oʼquv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda oʼqituvchining 
yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina oʼzining xulosalari 
toʼgʼriligiga ishonch hosil qilish uchun oʼqituvchining yordamiga tayanish zarurligini 
anglatish muhimdir.
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Oʼquv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy boʼlib koʼrinishi 
mumkin. Oʼqituvchi biror hodisani uzoq vaqt tushuntirish oʼrniga oʼquvchiga 
darslikdagi maʼlum mavzuni mustaqil oʼqib-oʼrganishga, mavzu yuzasidan berilgan 
amaliy tajribalarni mustaqil bajarish, oʼquv natijalarini tekshirish uchun test 
savollariga mustaqil javob tayyorlashni topshirishi ijobiy natija beradi. Аgar oʼquvchi 
oʼz oʼquv faoliyatining mohiyatini koʼra olmasa, u oʼkuv maqsadini tan olmaydi
oʼqituvchi qoʼygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Shuning uchun oʼquv 
materiali mazmuni avval oʼqituvchi tomonidan ijobiy oʼzlashtirilib, qayta ishlanib, 
undan oʼquvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini koʼzgʼaydigan, 
hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab yetkazilgandagina natijasi samarali boʼlishi 
isbotlangan. Аna shundagina oʼquvchi oʼzini ushbu hodisalarning bevosita 
ishtirokchisi va ijodkori deb hisoblaydi. Oʼqituvchi oʼquvchini sust tinglovchidan 
dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi katta ahamiyatga ega. Bunga 
oʼquvchining oʼz bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi oʼta taʼsirchan 
omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida oʼquvchining 
jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy 
tavsiyalarni berib, pedagogik qoʼllab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur oʼrinlarda 
tuzatish va qoʼshimchapar kiritib borish muhim. Oʼquvchining shaxsiy mustaqil 
bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada boʼlganda faol va 



Yüklə 346,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə