Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 346,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.01.2023
ölçüsü346,86 Kb.
#98890
1   2   3   4   5
shaxsga-yo-naltirilgan-ta-limda-pedagogik-klasterning-ahamiyati

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126 
Academic Research, Uzbekistan 1124 www.ares.uz 
samarali boʼladi. Bilish va ijodiy faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini 
oshirishning samarali vositasi — muammoli oʼqitish usuli hisoblanadi. 
Oʼquvchilarning qiziqishlariga qarab majburiy boʼlmagan darslar haqida gap 
ketganda, muammoli oʼqitish usuli maqsadga muvofiq ekanligi eʼtirozga oʼrin 
qoldirmaydi. Oddiy darslarda oʼqituvchi beradigan vazifa koʼpincha samarasiz
majbur etuvchi motivatsiya hisoblanadi. Oʼquvchilarning darslarda zerikishi bu — 
ularning dangasaligidan emas, balki oʼqituvchining ularni oʼtilayotgan mavzuga 
qiziqtira olmaganligidan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Koʼp darslar odatda 
"soʼrov-tushuntirish — olingan bilimlarni mustahkamlash - uyga vazifa" sxemasi 
asosida oʼtiladi. Oqibatda, ayrim oʼquvchilarning ongi va qoʼli boʼsh qoladi. 
Shuni alohida taʼkidlash joizki, taʼlim-tarbiya asosida shaxsning intensiv 
rivojlanishi, moddiy-maʼnaviy qadriyatlarni oʼzlashtirishi faqat uning shaxsiy 
faoliyati natijasida amalga oshadi. Oʼquvchi shaxsiga yoʼnaltirilgan taʼlimda quyidagi 
tavsiyalar muhim hisoblanadi: 1. Taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish
uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy, moddiy-texnik, pedagogik 
hamda psixologik imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash. 
2. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar, shuningdek, respublika taʼlim muassasalarida 
bolapar iqtidorini aniqlash va rivojlantirish borasida toʼplangan tajribaparni 
oʼrganish, milliy-mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni uzluksiz 
taʼlim tizimiga tatbiq etish. 3. Ilgʼor yondashuvlar asosida iqtidorli bolalarni 
oʼqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalari faoliyatining samaradorligini 
taʼminlovchi boshqaruv va pedagogik jarayon mazmuni hamda amaliy asoslarini 
ishlab chiqish. 
Oʼtgan davrlardagi taʼlim tizimi avtoritar taʼlim metodlariga asoslangan boʼlib, 
u oʼquvchini itoatkor, oʼzgalar fikriga boʼysinuvchan shaxs sifatida tarbiyalashga 
yoʼnaltirilgan edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng 
miqyosdagi taʼlim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan demokratik 
taʼlim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi bilan ahamiyatlidir. 
Demokratik taʼlim metodlari oʼqitish jarayonida oʼquvchi fikrining hurmat qilinishi, 
uning har bir tushunchani oʼzlashtirishda faol mushohada etishi, oʼqituvchi fikrini 
tahlil qilishi va oʼzi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga 
asoslanadi. Bu gʼoyalarni amalga oshirishdagi muammo respublikamizda haligacha 
avtoritar metodlardan demokratik taʼlim metodlari oʼtish mexanizmi ishlab 
chiqilmaganligi bilan izohlanadi. Toʼgʼri, bu borada joriy etilayotgan oʼquvchilar 
bilimini baholashning reyting tizimi, test nazoratlarining keng joriy etilishi, 
oʼquvchilarni kasb tanlashga yoʼllashdagi erkinliklarni Kadrlar tayyorlash milliy 



Yüklə 346,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə