Academic Research in Educational Sciences Volume 4


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 313,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü313,28 Kb.
#112166
1   2   3   4   5   6
o-zbekistonda-bankni-rivojlantirishda-innovatsion-xizmat-turlarini-joriy-etish-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 1 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
6
 
January, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Ushbu vazifaning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda bank tizimining 
jozibadorligini oshirish, yaʼni mijozlariga yaratilgan imtiyozlar, qulayliklar va eng 
asosiysi ularning ishonchini qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning 
barcha bo„g„inlarida shu o„rinda bank tizimida ham zanjirsimon ketma-ketlik 
uzluksiz tarzda faoliyat yuritishi lozim. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bank 
tizimida 
ketma-ketlikning 
uzilishi 
kutilayotgan 
daromadning 
kelmasligiga, bu esa barqarorlik va likvidlilik darajalarining pasayishiga olib keladi. 
Bugungi kunda banklarimizda amalga oshirilayotgan operatsiyalar kesimini tahlil 
qilsak, aktiv operatsiyalar tarkibida faqatgina kredit va lizing operatsiyalarida 15,02 
foizga o„sish kuzatilgan, bu, albatta, ijobiy holat, biroq boshqa daromad keltiradigan 
aktiv operatsiyalar tarkibida faqat pasayish kuzatilgan bularga: oldi-sotdi amaliyotlari 
bo„yicha mablag„lar, yaʼni qimmatli qog„ozlar va investitsiyalar bo„lib, bu 
banklarimiz kredit berish bilangina cheklanib qolayotgani, diversifikatsiya 
siyosatining mavjud emasligidan dalolat beradi.
Bunday holatni passiv operatsiyalarda ham ko„rish mumkin. Talab qilib 
olinguncha depozitlar salmog„i 60 foizdan ziyodni, muddatli depozitlar esa 20 
foizdan ziyodni va jamg„arma depozitlari 10 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Ushbu 
holat bugungi kunda banklarimizdagi depozitlar tarkibida balans yo„qligini, bu o„z-
o„zidan depozitlar salmog„ida yuridik shaxslarning moliyaviy mablag„lari asosida 
shakllantirilganidan va yuqori risk asosida faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
Bir omilning ikkinchi omilga bog„liqligini hisobga olsak, ushbu muammolarni 
hal etishda, bank tizimidagi tub o„zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vazifa 
sifatida moliyaviy xizmatlarning salmog„ini oshirish, ularni innovatsion tarzda 
boshqarish, bank infratuzilmasini takomillashtirish va daromad olishiga taʼsir etuvchi 
salbiy omillarni bartaraf etish talab etiladi. Chunki xorij amaliyotida banklar 300 dan 
ortiq operatsiyalarni amalga oshirishini ko„rishimiz mumkin. Mamlakatimizdagi 
tijorat banklari faqatgina kredit berish va depozitlarni qabul qilish bilangina 
chegaralanib qolmoqda. Shuning uchun moliyaviy xizmat turlarini ko„paytirish, 
bankning daromad manbalarini kengaytirish asoslarini shakllantirish muhim 
vazifalardan biridir. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda banklarda taklif etilayotgan moliyaviy 
xizmat turlarining ommaboplik darajasini o„rganish lozim. Chunki taqdim etilayotgan 
xizmat, yaʼni bank mahsuloti o„z xaridoriga egami, talablarga 
javob beradimi, mijozning ushbu xizmat turidan foydalanish 
bilimi mavjudmi, o„zlashtirish ko„rsatkichlari qay darajada va



Yüklə 313,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə