Adabiyot fanidan mavzulshtirilgan



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə1/4
tarix29.04.2022
ölçüsü36,5 Kb.
#86159
  1   2   3   4
6- sinf 1- qism 2018




6 -SINF I-II-QISM

ADABIYOT FANIDAN

MAVZULSHTIRILGAN

SAVOLNOMA


6-sinf I qism. 2019

  1. “Adabiyot yashasa , millat yashaydi” ushbu fikrlar kimga tegishli?

  2. “Adabiyot – atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak” ushbu fikrlar qaysi ijodkorga tegishli?

  3. “ Mening o‘g‘rigina bolam” asari muallifi kim?

  4. “Bu asar adib umrining oxiriga qadar yanada sayqallanib, boyib bordi, o‘tgan asrning 60-yillariga kelib mukammal holiga keltirildi”. Yuqoridagi ta’riflar qaysi asarga nisbatan ishlatilgan?

  5. G‘afur G‘ulomning iste’dodli shogirdi kim?

  6. G‘afur G‘ulomning turmush o‘rtog‘ining ismi?

  7. “ Yo‘qotganlarim va topganlarim” nomli xotiralar kitobi qaysi adibga tegishli?

  8. G‘afur G‘ulomning frontda halok bo‘lgan o‘g‘lining ismini toping?

  9. G‘afur G‘ulom farzandi Jo‘raxonga bag‘ishlab qaysi she’rni yozgan?

  10. “ –Qizig‘i keldi. Antiqasi keldi. Agar ertaga yozsam bu gap kelardi, yo kelmasdi”, – deb adib qissadagi qaysi voqeaga nisbatan ta’rif bergan?

  11. “ – Ha, shunaqa, bolam. Ota-ona dunyoga mo‘rt keladi. Endi bitta ona topsang bo‘ldi. Ota oyog‘i bilan keladi”. Qissada ushbu fikrlar kimning tilidan aytilgan?

  12. Qissani stenografiya usulida yozib olgan shaxs?

  13. Qissada qaysi obrazga juda ko‘p detallar qo‘shiladi?

  14. Qaysi ijodkor o‘z qahramoniga akademik laureat, deputat deb ta’rif bergan?

  15. G‘afur G‘ulomning ko‘plab tillarga tarjima qilingan asari qaysi?

  16. “Shum bola” qissasida kalaslik katta boyning ismi nima edi?

  17. “Shum bola” qissasida Sariboy bo‘lisnikida birinchi kecha qanday ovqat ichadi?

  18. Shum bola Sariboy uyidagi uyqusini qayerda uxlaganidan ko‘ra yaxshiroq ekanini aytib o‘tadi?

  19. “Avrodchi” so‘zining ma’nosi?

  20. Shum bola Sariboy bilan qancha oylik maoshga kelishishadi?

  21. “Shum bola” qissasida Shum bola Sariboyning xizmatkoridan qanday maslahat oladi?

  22. Shum bola boyga qanday aybi borligni aytadi?

  23. “Shum bola” asarida qanday olma navlari keltiriladi?

  24. Sariboy bo‘lis kim bilan qimor o‘ynaydi va u qayerlik?

  25. O‘z uyiga qaytmay qo‘ygan boyni uyga qaytarish uchun kim boradi?

  26. Shum bola yolg‘onni nimadan boshlaydi?

  27. Boyning qaysi savoliga javob toppish kerak edi?

  28. Dandon sopli pichoq qanday qilib sinadi?

  29. To‘riq qashqaning o‘limiga nima sabab bo‘ladi?

  30. Shum bolaning qaysi gapidan keyin boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmaydi?

  31. “Shum bola” asarida xalq orasida qanday udum borligi aytib o‘tiladi?

  32. Shum bolaning qaysi gapidan boy ichib turgan piyolani boshiga urib chakkasini yoradi?

  33. Shum bolaning boyga olib kelgan xushxabari?

  34. Shum bola boyning uyida necha kun xizmat qilgan edi?

  35. Boyning uyidan haydalgan Shum bola qurt tushgan olmalarni bozorga olib borib qanchaga pullaydi?

  36. Shum bola qo‘y bozorida kimni uchratib qoladi?

  37. Do‘stini nimasidan taniydi?

  38. Shum bolaning do‘stining ismi?

  39. “Shum bola” asarida “ Karomati bordek ko‘ringan” obraz?

  40. “Shum bola” asarida samovarning jangillashiga quloq solib, mehmonlarning gapini tinglab o‘tirishini yaxshi ko‘ruvchi qahramon?

  41. It quvlagan tulkiday holdan to‘ygan obaz?

  42. It quvlagan tulkiday olazarak bo‘lgan obraz?

  43. “Sangob” so‘zining ma’osi nima?

  44. “ Bo‘ka” so‘zining ma’nosi?

  45. Shum bolaning yangi xo‘jayinining otameros mulki?

  46. “ Maslahatli to‘n tor kelmas” maqoli qissada kim tomonidan ishlatilgan?

  47. “Salloh” so‘zining ma’nosi?

  48. “ Muzd” so‘zining ma’nosi nima?

  49. Shum bola kimlarnikida yurib xiyla qo‘li egri bo‘lib qolgan edi?

  50. “Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r”, “Yo‘g‘on cho‘zilguncha ingichka uziladi” maqollari qaysi asar haqidagi ta’rifga mos?

  51. “Shum bola” qissasining bosh qahramoni necha yoshda bo‘lgan?

  52. Qissada Shum bolaning qayerlaridagi sarguzashtlari haqida yozilgan?

  53. Shum bola kimning avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlariga qatiq , suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘yadi?

  54. Shum bola qaysi ishi uchun sharmanda bo‘ladi?

  55. Kimning og‘ilxonasida o‘sallanib qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib rossa kaltak yeydi?

  56. Qissada yuzlab qalandarlarga yo‘lboshlovchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta xudoni tilga oladiga ikkiyuzlamachi obraz qaysi?

  57. “ Axir kissa- karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin” ushbu gaplarni Shum bolaga kim tomonidan aytilgan?

  58. Shahar chekkasidagi xaroba uyni nashavand- bangilar yig‘ladigan takyaxonaga aylantirgan obarz?

  59. Shum bola asarida kimga nisbatan “ikkiyuzlamachi”degan tarif ishlatiladi

  60. Shum bolani Sariboyni mot qilish usuli yana qaysi asarda uchraydi?

  61. Turob To‘la qayerda tavallud topgan?

  62. T. To‘la ijodiy faoliyatini necha yoshida boshlaydi?

  63. T. To‘laning dastlabki to‘plami?

  64. Shoirning ikkinchi jahon urushi yillarida e’lon qilingan to‘plamlari?

  65. T. To‘laning urushdan keying yillarda nashr etilga to‘plamlari?

  66. T. To‘laning adabiy portret va xotiralardan iborat kitoblari qaysilar?

  67. T. To‘laning “ Qanotlan qo‘shiqlarim” to‘plamidan o‘rin olgan she’rlari?

  68. T. To‘laning mashhur filmlari qaysilar?

  69. T. To‘laning qalamiga mansub “Qizbuloq”, “Nodirabegim”, “Momo yer” nomli asarlarini qanday janrda yozgan?

  70. T. To‘laning opera libretto janrida yozgan asari qaysi?

  71. T. To‘laning baleti libretto janrida yozgan asari?

  72. “ Qiyiq qizning quyilishi” asari muallifi kim ?

  73. Aksariyat yozuvchilar ijodini kichik hikoya yozishdan boshlaydi. Qaysi ijodkor o‘z ijodini birdaniga yirik qissa yozishdan boshlaydi?

  74. T.To`laning yosh bolalar uchun yozgan nasriy asari?

  75. “ O`ziga to`q, tinch oilada katta bo`lgan yolg`iz o`g`il” ushbu ta’rif qaysi obrazga tegishli?

  76. Qaysi ijodkor o`z davrida qalamga olish taqiqlangan mavzularni ham dadil olib kiradi, yosh do`stlarga milliy tariximizning shonli sahifalarini bildirib ketishdan cho`chimaydi?

  77. “ Yetti zog’ora qissasi” asarida uchrovchi “ diniy ma’ifatning ulug’ namoyondalari, xalqparvar siymolar” kimlar?

  78. “ Yetti zog`ora qissasi”da uchrovchi “Sharq adabiyotining vallamatlaridan biri butun Osiyoni aql bilan tebratgan” shaxs kim?

  79. Asarda ikki o`t orasida qolgan obraz?

  80. Qaysi asarda hayvonlarning nozik kechinmalarini Siz-u bizga yuqtirish degan maqsad yotadi?

  81. Mashhur o`zbek bolalar shoiri?

  82. Xudoyberdi To`xtaboyev qayerda tavallud topgan?

  83. X. To`xtaboyev kimlarning qo`lida tarbiya topgan?

  84. Jamiyatdagi illatlarni fos etuvchi 300dan ortiq felyetonlar yozgan ijodkor?

  85. X. To`xtaboyev nechanchi yillarda bolalar ijodiga o`tib ketadi?

  86. “ Bolalar va o`smirlar dunyosiga paqos o`tib ketdim” deb aytgan yozuvchi?

  87. Bola va o`smir ruhidagi go`zalliklarga e’tibor bergan ijodkor kim?

  88. X. To`xtaboyevning yozgan qissasi?

  89. X.To`xtaboyevning hujjatli qissasi?

  90. X. To`xtaboyev yurtimizda tashkil etilgan qaysi xalqaro xayriya jamg`armaning raisi sifatida faoliyat ko`rsatgan?

  91. “Sariq devni minib” asarining janri nima?

  92. “ Sariq devni minib” asari dunyoning nechta tiliga tarjima qilingan?

  93. “Sariq devni minib” asari kimni nazariga tushgan?

  94. “Sariq devni minib” asarining mantiqiy davomi qanday nomlanadi?

  95. “Sariq devni minib” romanining ikkinchi bobi qanday nomlanadi?

  96. Asarning bosh qahramoni kim?

  97. Hoshimjon qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?

  98. Asar qahramoni Hoshimjon qalpoqchani romanning nechanchi bobida topadi?

  99. Hoshimjonning singillarining ismi nima edi?

  100. “Soraxon folbinga ishonmanglar” deb kim aytadi?

  101. Soraxon folbin haqida xalq orasida qanday gap bore di

  102. Hoshimjonning do`stini ismi nima?

  103. Hoshimjon o`qiydigan maktab direktori kim?

  104. Asarda qaysi shaftoli navi keltiriladi?

  105. “ Baland bo`yli , yelkalari keng, gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldirabjaranglab eshitiladi…” ushbu ta’rif kim haqida?

  106. Janni Rodari qayerda tavallud topgan?

  107. J. Rodarining otasining ismi nima?

  108. J. rodari qanday oilada tavallud topgan?

  109. “Olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko`mir solingan qoplar orasida o`tdi”… ushbu ta’rif qaysi adibning bolaligi haqida?

  110. J. Rodari bolaligida qanday kasb egasi bo`lishni orzu qilgan?

  111. Mashhur ertakchining ilk to`plami?

  112. Adib qanday mukofotga saozovor bo`lgan?

  113. “ Hurushni eplolmagan kuchukcha” qaysi turkumdan olingan?

  114. “ Hurushni eplolmagan kuchukcha” ertagida kuchukchaning kuchuklar shohining qiziga uylanishi ertakning nechanchi tugashida ro`y beradi?

  115. “ U irgina ingichka oyoqchasida qad ko`tarib turarmish va o`lmas emish” ushbu ta’rif nimaga nisbatan ishlatilgan?

  116. Gunafshani ko`rgani birinchi bo`lib qaysi jonzot keladi?

  117. “ Doimo shunday xushbo`y hid taratib turish uchun uning muz tagida, qayerdadir hoynahoy, ombori bo`lsa kerak’… ushbu gapni gunafshaga nisbatan kim aytgan?

  118. “ Sahrodagi uy”, “ Rinaldoning sarguzashtlari” Rodarining qanday ertaklari hisoblanadi?

  119. J.Rodari qaysi ertagi orqali “odamzotga xos bo`lgan muhim va adabiy muammolar”dan biriga javob izlagan?

  120. J. Rodarining qaysi ertagi zamonaviy muammolarga dahldorligi bilan qiziqarli?

  121. “ Qo`shaloq qutb” firmasi Rodarining qaysi ertagida uchraydi?

  122. “Shahzoda Plombir” ertagining qahramoni nima uchun og`ir vaziyatga tushib qolga?

  123. Shahzoda Plombirning vatani qayer bo`lgan?

  124. Shahzoda Plombir o`z yurtdoshlari bilan qayerga yo`l olgan edi?

  125. “Har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go`zal fazilat bo`lib qolaveradi” ushbu xulosa J.Rodarining qaysi ertagi haqida?

  126. O`zbek demokratik adabiyotining yorqin vakili?

  127. Muqumiy hayotini o`rganishi qachondan boshlanadi?

  128. Muqumiyning vafotidan keyin chiqqan ilk devoni?

  129. 1910-yilda shoirning hajviy she’rlari qanday nom bilan nashr etiladi?

  130. G`afur g`ulom tomonidan tuzilgan Muqumiyning to`plami qanday nomlanadi?

  131. 1950-yilda shoirning qaysi to`plami rus tilida chop etiladi?

  132. Muqumiyshunos olimlar kimlar?

  133. Muqumiyning onasini ismi nima?

  134. 1876-yilda Qo`qonga qaytgan shoir dastlab qanday ishda ishlaydi?

  135. Muqumiy umrining oxirini qayerda o`tkazadi?

  136. Muqumiyning asosoy tirikchilik manbayi nima bo`lgan?

  137. Muqumiyning bizgacha yetib kelgan umumiy merosining hajmi qancha bo`lgan?

  138. “Tanobchilar” hajviy asaridagi tanobchilar kimlar?

  139. “Tanobchilar” hajviy asarida kimga “charog` yog`I” deb ta’rif berilgan?

  140. Mashhur avliyo Abduqodir G`iloniyning unvoni?

  141. Tanobchilar bizga bobo bo`ladi deb kimni aytishgan?

  142. Islomgacha bo`lgan davrdagi avliyo?

  143. “Otamlarga birodar erur” deb kimni aytishadi?

  144. Qur’onda nomi tilga olingan payg`ambar kim?

  145. Tanobchilar kimni xolamiz deb maqtanishadi?

  146. Hajviy asarlar mazmuni va shakliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

  147. “ Saylov”, “Dodhohim” asarlari kimning qalamiga mansub?

  148. Gogolning “Revozor” asari qanday janrda yozilgan?

  149. “Og’riq tishla asari muallifi kim?

  150. “Tuhmatchilar jazosi” kimning qalamiga mansub?

  151. A. Qahhorning hikoya janrda yozilgan hajviy asari?

  152. “Yelvizak” romanining muallifi kim?

  153. “Oltin buzoqcha’ning janri qanday?

  154. Zamonaviy adabiyotimizning hajvchi shoir vaadiblari kimlar?

  155. Men qaro bir kunda tug`uldim, Tug`uldim-u shu on bo`g`ildim - satrlari muallifi kim?

  156. A. Qahhor qayerda tavallud topgan?

  157. A. Qahhorning bolaligi to`g`risida batafsil ma’lumot beruvchi avtobiografik asari?

  158. A. Qahhor qanday taxallus bilan ijod qilgan?

  159. A. Qahhorning “Qo`shchinor” asari qanday mavzuda yaratilgan asar?

  160. A. Qahhor tanqidiy gaplar tufayli qaysiasarni qayta ishlashga majbur bo`lgan?

  161. Abdulla Qahhorning milliy teatr san’atimizning rivojiga katta hissa qo`shgan asarlari qaysilar?

  162. A. Qahhorning zamonaviy qissachilik rivojiga sezilarli ta’sir ko`rsatgan asarlari?

  163. A. Qahhorning tugallanmagan asari?

  164. A.Qahhorning qaysi asarlari asosida telespektakllar, video va badiiy filmlar suratga olingan?

  165. “Bemor” hikoyasining epigrafi?

  166. “Bemor” hikoyasida kimning xotini kasal bo`lib qoladi?

  167. Sotiboldining xo`jayini kim edi?

  168. “ Bemor” hikoyasida kim doktorxonaga bormay “Simga” ketgan edi?

  169. “Bemor” hikoyasida qanday maqol ishlatilgan?

  170. Doktorxona deganda Sotiboldining ko`r oldiga nima kelar edi?

  171. Sotiboldi bemorning ko`nglida armon qolmasin deb nima ish qiladi?

  172. A.Qahhorning qaysi asarida johillik quyuq bo`yoqlarda aks ettiriladi?

  173. “Millat tanasidan qon oldirgan bemor” ushbu ibora qaysi ijodkor qalamiga mansub?


Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə