Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/15
tarix08.04.2018
ölçüsü1,47 Mb.
#36737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: “GULDURSUN” VA “QAYTAR DUNYO” AFSONALARI.
REJA:

  1. Afsonalar haqiqatning siniq parchalaridir.

  2. “Guldursun” afsonasi.

  3. “Qaytar dunyo” afsonasi.

  4. Dostondagi hulosa fikrlar.

Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

YAKKA SAVOLLAR.


  1. Xalq og’zaki ijdi nima?

  2. Ilk yozma yodgorliklarimiz qaysilar?

  3. Dostonchilik an’anasini kim boshlab bergan?

  4. Adabiyotning sehrli kuchi haqida nima deya olasiz?

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Mif, asotir, roviy, epos, istilo, ma'mur.

Ajdodlarimizning bidiiy ijodi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Dastlabki ijod ogzaki shaklda bo’lib og’izdan-og’izga kuchib yurgan. Bizgacha еtib kеlgan rivoyat, mif-asotirlar va afsonalar shular jumlasidandir. Afsonalarda asosan osmoniy xodisalar emas, balki yarim xayotiy ,yarim xayoliy vokеalar tasvirlanadi. Bular muayyan vokеa xodisa xakidagi ayrim ma'lumotlarni bеrish bilan kifoyalanadi. Afsonalarning mavzu doirasi xam uziga xosdir. Ular asosan diniy,muayyan joy bilan boglik xamda tarixiy kaxramonlik mavzusida bulishi mumkin.

Mavzudoirasiga kura, xilma xil bulishiga karamay,afsonalarxalkning utmishdagi vokеalarinigina ifodalashga buysundirilgan. Ular xakikatan xam sodir bulgan ayrim vokеa xodisalarga xamda tarixiy shaxslarga alokador bulsada, uzining butun tafsilotlari bilan tarixiy xakikatni aks ettirishi shart emas. Afsonalar adabiy janrlar singari rеallikni badiiy obrazlar orkali ifodalaydi. Obrazlarda kupincha badiiy xayolot, fantastika еtakchi urin tutadi.

Bizga yaxshi tanish, Tumaris va Shirok afsonalari tarixiy vokеalar bilan boglik.Mavzusiga kura kaxramonlik eposi xisoblangan bu afsonalarda qadimgi ajdodlarimizning chеt-el boskinchilariga karshi mardonavor kurashlari uz aksini topgan. Yukorida eslatib utganimizdеk ,ba'zi afsonalar muayyan joy nomi bilanya'ni ayrim shaxar ,kishlok ,daryo va boshka narsalar xakida xam bulishi mumkin.Chingizxon istilosi bilan boglik vokеalarni uzida aks ettirgan Guldursun afsonasi bunga yakkol misoldir. Qadimda Guliston dеgan shaxar bo’lib, uzining obod ,ma'murligi bilan mashxur ekan. Dushman shaxarni uzok muddat kamal kilibdi.

Shaxar podshosi okil ,donishmand kishi ekan. U shaxar axolisini mudofaaga safarbar kilibdi. Ammo kun utgan sari axvol ogirlasha bеribdi. Shaxar axolisining xam ,kamal kilganlarning xam axvoli kundan-kun ogirlasha bеribdi ,ozik-ovkatlar tugay boshlabdi. Shunda shaxar axolisi oxirgi donlarini bir nеcha sigirga еdirib, ularni shaxar darvozasidan tashkariga xaydab yuborishibdi. Ochlik azobini tortayotgan yov sigirlarni suyib, ularni don bilan bokilayotganidan xayratga tushibdi. Agar sigirlarga xam don bеrishayotgan bulsa, shaxara ichidagilarni xali bеri еngib bulmasa kеrak, dеgan xulosaga kеlishibdi. Sung kеtish taradudini kurisha boshlashibdi. Ammo bu xiylani podshoni еngiltak kizi Guldursun fosh kilib kuyibdi. U yov lashkarboshisiga yashirincha maktub chikarib, xakikiy axvolni oshkor etibdi. Shaxarda ozik-ovkat tugagan, yana bir kun sabr kilsangiz, shaxar taslim buladi, - dеb yozibdi u. Guldursunni lashkarboshi xuzuriga olib borishibdi. Ammo u uz yurtdoshlariga vafo kilmagan odamda sadokat bulmaydi dеgan uy bilan Guldursunni otning dumiga boglatib sudratib uldirtiribdi.

Shaxar еr bilan yakson bo’libdi. Bularning barchasiga sabab bulganligi uchun xarobaning nomini Guldursun dеb nomlashibdi. Kurinib turibdiki afsonada chеt el boskinchilariga karshi kurash istilochilar va vatan xoinlariga nisbatan chеksiz nafrat va gazab uz ifodasini topadi. Barcha afsonalarda vatanga muxabbat tuygusi birinchi urinda turadi. Ularning tarixiy-ma'rifiy axamiyati xam shundadir. Zеro biz ayni shu rivoyat va afsonalar tufayli ajdodlarimiz kursatgan buyuk kaxramonliklar xakidagi xakikatni bilib olamiz. Bu esa uz navbatida kungilda iftixor tuygusini uygotadi. Xakikatdan xam afsonalar xakikatning sinik parchalaridir.



5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o’qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.


  1. Afsonalar haqiqatning siniq parchalaridir tushunchasini ifodalab berng.

  2. “Guldursun“ afsonasi to’g’risida ma’lumotlar bering

  3. “Qaytar dunyo afsonasi” haqida gapirib bering

  4. Dostondagi hulosa fikrlar togrisida tushunchangiz

  5. Afsona nima ? Uni kim yaratadi?

  6. Nima uchun afsonalar haqiqatning siniq parchalari?

  7. Guldursunga ta’rif bering?

  8. Afsona nima uchun “Qaytar dunyo” deb no’llanadi?

  9. Afsonalar haqida fikringiz?

6.Dars yakuni:
O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.

6. Uyga vazifa:
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:

1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».



1. MAVZU: “O’RXUN-ENASOY” OBIDALARINING ADABIY BADIIY

QIYMATI

2. Dars turi: _________________________

3.Dars vaqti: ____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.
5.Darsda qo’llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, muz yorar,
6.Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- og’zaki, yozma.
7.Dars maqsadlari:
A) Ta’limiv maqsadi:
Talabalarga shu mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.


  1. Tarbiyaviv maqsad:




  • milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

  • mutaxassislikka qiziqishni, ma’suliyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.


V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



VIII. Darsni o’tkazish joyi: №__________________



9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.


  • Tarix,

  • Shaxs va jamiyat


10. Kerakli bilimlar doirasi:


  1. Qadimgi yodgorliklar tariximizdanni.

  2. Urhun –Enasoy yodgorliklarining sirini.

  3. To’nyuquq va Qultegin bitiglarida erk va ozodlik tarannumini.

  4. Yodgorliklarda qahramonlik, ozodlik xalq mustaqilligi g’oyalarining ifodalanishini.


11. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorganligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: “O’RXUN-ENASOY” OBIDALARINING ADABIY BADIIY

QIYMATI.

REJA:

  1. Qadimgi yodgorliklar tariximizdan so’zlaydi.

  2. Urhun –Enasoy yodgorliklarining siri.

  3. Tuyuquq va Qultegin bitiglarida erk va ozodlik tarannumi.

  4. Yodgorliklarda qahramonlik, ozodlik, xalq mustaqilligi g’oyalarining ifodalanishi.

Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

YAKKA SAVOLLAR.
1.Afsona nima?

2.Guldursunning tashqi qiyofasini tasvirlang?

3.Nima uchun qaytar dunyo deymiz?

4. Hiyonatning oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkin.

5.Farzand va ota munosabatlarini qanday izohlaysiz?

4.Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Run yozuvi, Turk tеrmini, Kuk samo, etnik, sugd, bitik, irk. bundaxshin.

O’rta Osiyo qadimdan ma’rifat-madaniyat o’choqlaridan biri sifatida shuhrat qozonganini siz tarixdan, adabiyotdan yaxshi bilasiz. O’tmishning ko’plab madaniy yodgorliklari yozma va og’zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. O’rxun-Enasoy yodgorliklari shunday qadriyatlardan hisoblanib, u VI—VIII asr hayotini o’zida aks ettirgan. Mazkur obidalar o’rxun, Enasoy daryolari qirg’oqlaridan topilgani uchun «O’rxun-Enasoy yodgorliklari» nomi bilan mashxur bolgan. Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgani bois «tosh bitiklar» deb ham yuritiladi.

Bilga xoqon, Qultegin, To’nyuquq va boshqa yodnoma tosh bitiklar qadimiy yozma adabiyot namunalari bo’lib, ularda tarixiy voqealar, hayot haqiqati o’sha davr nuqtayi nazari bilan aks ettirilgan. Ularda turkiy elatlarning mamlakat mustaqilligi, el-yurt ozodligi uchun chet bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashganliklari, turk xoqonligining paydo bolishi, turkiy qavmlarning urf-odatlari, rasm-rusumlari, kasb-korlari haqida qiziqarli hamda qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Masalan: Turk xoqonligi tarixi haqida Qultegin bitiktoshida shunday deyiladi: «Yuqorida ko’k osmon, ostida qora yer bilganda ikkisining o’rtasida inson bolalari yaratilgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon va Istamin xoqon o’rnashganlar. O’rnashib, turk xalqining davlatini, qonun va qoidalarini boshqarganlar”.

Mazkur fikr mag’zida tarixiy haqiqat mavjud bo’lib, kuchli va jasur urug’boshisi Ashinning o’g’li Bumin turk xoqonligiga asos solgan. Qultegin bitigi muallifi Yomlug’ tegin bu fikrni asoslab, Bumin va Istamin turk davlatining asoschilari, ular taxtga o’tirgach, to’rt tarafdagi xalqni birlashtirib qudratli davlat barpo etganlar, deydi. Keyinchalik turkiy xalqlarning qatiyatsizligi bois Turk xoqonligi Tabg’ach (Xitoy) davlatiga bo’ysundirilgan, yigitlar qul qilingan. To’nyuquq ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi, sarkardasi bo’lgan. Bitiktosh uning sharafiga yozilgan. To’nyuquq bitigi uning hayotligida 712-716 yillarda uning o’zi tomonidan toshga o’yib yozdirilgan.

Bitiktoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, To’nyuquqning bu kurashlarda ko’rsatgan qahramonliklari hikoya qilinadi. Toshbitik To’nyuquqning Tabg’ach elida tarbiya topganligi, turkiylarning tabg’achlarga qaram ekanligini hikoya qilish bilan boshlanadi. «Bilga(dono) To’nyuquq — men o’zim, Tabg’ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg’ach davlatiga bo’ysunar edi...» To’nyuquqning bu xabari haqida N. Rahmonovning «Turk xoqonligi» risolasida shunday tarixiy voqea keltiriladi: «To’nyuquq turk zodagonlarining Tabg’ach imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan o’g’illaridan biri edi. Bundaylarga ular xitoycha nom berar, xitoycha o’qitar va xitoyparastlik ruhida tarbiya qilar edilar. To’nyuquqning xitoycha no’li Yuanchjen ham xitoyparastlik sabab qo’yilgan edi. Yuanchjen «To’nyuquq» so’zining aynan tarjimasi bo’lib «to’ng’ich javhar» degan ma’noni bildiradi.

To’nyuquq Xitoyda tutqinlikda, zindonlarda yotadi, keyinchalik imperator saroyida ishonch qozonadi. U Xitoy imperiyasiga qarshi bosh ko’targan Qutlug’ tomonga o’tib uning maslahatchisiga aylanadi.

To’nyuquq bitiktoshida Vatan tushunchasi, vatanparvarlik va erk g’oyalari asosiy o’rin tutadi. To’nyuquq xalqning, vatanning haqiqiy, asl o’g’loni sifatida gavdalanadi. U turk xalqini tabg’achlar asoratidan qutqarish uchun astoydil kurashadi.

Xalq o’z erkini himoya qilmasa, u og’ir fojialarga, hatto yo’qlikka yuz tutishi mumkinligi yodnomada shunday tasvirlanadi: «Xoningni qo’yib taslim bo’lding. Shuning uchun tangri «o’l!» degan shekilli, turk xalqi o’ldi, tugadi, yo’q boldi. O’z xonini qo’yib tabg’ach xoqoniga sajda qilgani tangriga ham xush kelmadi. Ularni har to’longa tarqatib yubordi. Turk xalqi yerida biror ulug’ qolmadi. Chakalak orasida qolgani yetti yuz nafar bo’ldi.»

To’nyuquq turk xalqi fojiasi, alam-qayg’ularini ko’rar ekan, ota-bobolari asos solgan turk xoqonligini tiklash bilangina erkinlikka erishish mumkin deb hisoblaydi va yetti yuz sonli askar bilan ko’p sonli dushmanga qarshi kurashadi. Xalqni nihoyatda og’ir vaziyatdan olib chiqadi. To’nyuquq — mard, dovyurak sarkarda va dono maslahatchi, kerak bo’lganda xalqni birlashtira oladigan jasoratli boshliq sifatida namoyon bo’ladi va «Shad» (Turk xoqonligida oliy darajadagi unvon) unvonini oladi. To’nyuquqda tushkunlik, qo’rqoqlik mutlaqo yo’q. Unda o’ziga, xalqiga mustahkam ishonch bor. Shiming uchun u doimo g’alabaga erishadi.

Bitiktoshlar badiiy jihatdan ham qimmatli. Unda xalq og’zaki ijodining hikmat, maqol, o’gitlari ko’plab keltiriladi. Masalan, «Yupqa yig’in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig’in uzishga oson emish», «Yupqa qalin bo’lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish» yoki «Gam o’z uyingda» kabi maqollar, «Vatan mustaqilligi uchun jon kuydirish hammaning burchi, beparvolik yomon oqibatlarga olib keladi» singari o’gitlar bitikni o’qishli va ta’sirchan etgan.

Bitiktoshlar Shimoliy Mo’g’ulistondan topilgan bo’lib, hozir ham o’sha yerda saqlanadi.

Hurmatli o’quvchi! Biz sizga bu bitiklardan keltirilgan namunalarning, afsuski, mazmunini o’rganishga taqdim etmoqdamiz.

Mana shu mazmunni yaxshilab uqib olish sizda o’zlikning shakillanishiga, miliiy iftixor hissi, farzandlik g’ururi, o’zbeklik faxri tuyg’ularining kurtak otishiga ko’maklashadi, deb umid qilamiz. Siz ham bu bitiklarga shunday niyat bilan yondashing. O’zbek millati alohida Sizlardan tashkil topishini unutmang. Bilasizki, odamning shakllanishi oson kechadigan jarayon emas. Qiyinchilik bilan, mashaqqatli mehnat bilan o’zlashtirilgan bilim insonga yuqadi, ko’nglida iz qoldiradi. Bu iz shaxs shakllanishida, albatta, o’z ta’sirini ko’rsatadi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə